O bobojonov k. Jumaniyozov
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
Masalan: agarda hisobotda foyda va zararlar to’g’risidagi ma’lumotlar
ma’lum davrni qamragan bo’lsa, faqat shu davrdagi daromadlar va sarflar to’liq yoritilishi lozim; shuning uchun tegishli davrdagi hisobga olish va qo’llanilgan baholar tartibi va usuli, ya’ni hisob siyosati taqdim qilinishi lozim; mazmunining shakldan ustunligini - ayrim vaqtlarda hisobotda keltirilgan ma’lumotlar va voqealar har xil tushuniladi. Ushbu voqealarni yuridik va iqtisodiy tomonidan ko’rish lozim. Lekin sub’ektlarning hisobot ma’lumotlarida muomala va voqealar asosan iqtisodiy mazmuniga asoslanib bayon qilinishi lozim. xolislik - foydalanuvchilarning qanday bo’lishidan qat’iy nazar axborotlar ob’ektiv (xolisona) bo’lishi zarur. Buxgalteriya hisobotida foydalanuvchilarning u yoki bu qarorni qabul qilishga yordam beruvchi ma’lumotlar keltirishidan qat’iy nazar undagi ma’lumotlar xolis bo’lishi shart; extiyotkorlik (konservatizm) - hisobot ma’lumotlarining ishonchlilik darajasini baholayotganda uning noma’lumlik omilini ham e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. Bu ma’lumotlar o’tgan yilda sodir bo’lgan voqealarni o’zida aks ettirishiga qaramay bu voqealarning kelgusi davrga 393 ta’sir qilishi nuqtai nazarida o’rganish natijasida ularning mohiyati ochiladi. Shuning uchun ham hisobot tuzayotganda va ushbu natijalarni baholayotganda ehtiyot bo’lish zarur; tekshirish mumkinligi - ayrim hollarda u yoki bu muomala yoki voqealarga ishonchsizlik bilan qaralsa mustaqil va malakali auditorlar tomonidan hisobotdagi ma’lumotlar qisman yoki to’liq tekshirilishi mumkin; ma’lumotlarning taqqoslanishi - hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilar sub’ektning hisobotiga asosan uning dinamikasini va tuzilishini tahlil qilishi mumkin. Hisobotlarni taqqoslovchi bahoda yoki birlikda tuzish shu davr ichida ushbu sub’ekt yoki bir nechta turdosh sub’ektlarning kommersiya, ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatlarini o’rganish imkoniyatini beradi. O’zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to’g’riisda"gi Qonuniga asosan sub’ektlarning yillik hisobot ma’lumotlari banklar, birjalar, investorlar, iste’molchilar, ta’sischilar, mol etkazib beruvchilar va boshqa tashqi foydalanuvchilar uchun ochiq hisoblanadi va ushbu ma’lumotlar tegishli tartib va muddatda gazeta va jurnallarda chop qilinishi lozim. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling