O bobojonov k. Jumaniyozov
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot 5-shakl
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot 5-shakl.
Ushbu hisobotda sub’ektning mulki hisoblangan va uning tasarrufida bo’lgan xususiy kapitalining - uzoq va qisqa muddatli aktivlarning yil boshiga va yilning oxiridagi holati aks ettiriladi. "Yil boshiga qoldiq" moddasida sub’ektlar hisobot yilining boshiga nisbatan xususiy mablag’larining yig’indisini ko’rsatadilar: 428 3-ustun - "Ustav kapitali"da 8510-"Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlardagi ma’lumotlarga asosan ta’sis xujjatlarida ko’rsatilgan Ustav kapitalining oddiy aksiyalar, imtiyozli aksiyalar, ulush va omonatlarning miqdori ko’rsatiladi; 4-ustun - "Qo’shilgan kapital"da 8520-"Qo’shilgan kapital"ni hisobga oluvchi schyotlardagi ma’lumotlarga asosan emissiya daromadi, xorij valyutasining kursidagi farqi va tekinga olingan mulklarning miqdori aks ettiriladi; 5-ustun - "Rеzеrv kapitali"da belgilangan qoidaga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan tashkil etilgan Rеzеrvdagi kapitalning miqdori, ya’ni asosiy vositalarni qayta baholashdagi farq summasi, Rеzеrv kapitali, hisobotni umumlashtirayotganda (yig’ma hisobot) sodir bo’lgan so’m kursidagi farqlarning miqdori aks ettiriladi; 6-ustun - "Taqsimlanmagan foyda"da 8710-"Taqsimlanmagan foyda" schyotining ma’lumotlariga asosan yil boshiga nisbatan taqsimlanmagan foyda miqdori ko’rsatiladi; 7-ustun - "Xususiy kapital bilan qoplanmagan zararlar"da sub’ektning balansidagi yil boshiga bo’lgan zararlarning miqdori ko’rsatiladi. "Xususiy (hissador) kapitalining o’sishi" moddasida (020-satr) Xususiy (hissador) kapitalining o’sishi aks ettiriladi. "Qimmatbaho qog’ozlar emissiyasi" moddasida (030-satr) birlamchi va ikkilamchi qimmatbaho qog’ozlar emissiyasining miqdori aks ettiriladi. "Asosiy vositalarning qayta baholanishi" moddasida (040-satr) belgilangan qonunchilik qoidalariga asosan o’tkazilgan asosiy vositalarning qayta baholangan qiymati aks ettiriladi. Sub’ektlar hisobotning "Rеzеrv uchun ajratma" moddasida (050-satr) ta’sis xujjatlari va qonunchilikda ko’zda tutilgan hollarda Rеzеrv jamg’armasini shakllantirish uchun ajratilgan mablag’larning miqdorini ko’rsatadilar. Shu bilan birga, hissadorlik jamiyatlari va xorijiy investisiya bilan tashkil etilgan sub’ektlar, qonunchilikka mos ravishda, byudjet bilan hisoblashgunga qadar mazkur jamg’armaga ajratmalar qilishlari mumkin. "Joriy yil foydasi/zarari/" moddasida (060-satr) hisobot davrida olingan taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) miqdori ko’rsatiladi. Sub’ektlar hisobotining "Dividendlar" moddasida (070-satr) hisobot davri boshidagi taqsimlanmagan foydadan boshqa yil uchun hisoblangan dividendning miqdorlarini ko’rsatadilar. Кorxonalar 8510-"Ustav kapitali" schyoti, 8520-"Qo’shilgan kapital" schyoti, 8530-"Rеzеrv kapitali" schyotining qoldiqlarini va 9900-"Yakuniy moliyaviy natija" schyoti bilan 6410-"Foyda (daromad) solig’i bo’yicha 429 byudjetga qarz" schyoti va 9800-"Soliqlar va yig’imlarni to’lash uchun foydaning ishlatilishi" schyotlarining o’rtasidagi farq, ya’ni taqsimlanmagan foyda qoldiqlarini "Hisobot davri oxiriga qoldiq" moddasining (080-satr) mos ustunlarida aks ettiradilar. Sub’ektlar "Hisobot davri oxirida ustav kapitaliga kiritilgan badallar" moddasida (090-satr) ta’sischi va hissadorlar tomonidan sub’ektning Ustav kapitaliga xaqiqatda kiritilgan mablag’larning yig’indisini aks ettiradilar. 100-122-satrlarni hissadorlik jamiyatlari to’ldiradilar. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling