O bobojonov k. Jumaniyozov
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Akkreditiv ( lat. accredo - ishonaman )
- Aksept (lat. acckeptuk - qabul qilingan)
GLOSSARIY
Aktiv - buxgalteriya balansining bir qismi bo’lib, ma’lum bir muddatga sub’ekt mablag’larining tarkibi va joylanishini pul ko’rinishida aks ettiradi. Bundan tashqari balansning passiv qismi ham mavjud bo’lib, aktiv va passiv tomonlar bo’lim va moddalardan iborat. Aktiv tomonining jami summasi passiv tomoni summasi bilan teng bo’lishi lozim. Buni shunday tushuntirish mumkin, ya’ni aktiv tomonidagi mablag’larning manbalari, balansning passiv tomonida joylashgan. Akkreditiv (lat. accredo - ishonaman) - nakd pulsiz hisob-kitob turlaridan biri. Ma’lum bir tovar va xizmatlar uchun belgilangan muddatda mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar uchun ajratilgan pul mablag’idir. Akkreditiv qo’yidagi xollarda qo’llaniladi: xaridor va mol etkazib beruvchi o’rtasidagi shartnomaga asosan, xaridor va mol etkazib beruvchi o’rtasidagi xo’jalik munosabati doimiylikka ega bo’lmasa, xaridor tovarni mol etkazib beruvchi manzilida qabul qilib olsa, xokimiyat qo’rsatmasi va yuriknomasiga qo’ra, tovar etkazib berishning aloxida ma’lum bir sharoitlarida bank muassasasi talabi bilan kreditlash va hisob- kitobning ma’lum usuliga o’tgan korxonalar munosabatida, tovar moddiy boyliklarining me’yoridan yuqori zahiralariga ega bo’lgan korxonalar munosabatida. Aksept (lat. acckeptuk - qabul qilingan) - belgilangan sharoit bo’yicha shartnoma to’zishga rozilik berish. Nakd pulsiz hisob-kitobda aksept xaridorning mol etkazib beruvchi takdim qilgan hisobini to’lashga rozilik bildiradi. Aksept oldingi va keyingi bo’lishi mumkin. Oldindan akseptlashda xaridor bankka hisob kelib tushgandan so’ng 3 kun ichida, hisob-kitobda qatnashayotgan korxonalar bir shaxarda joylashgan bo’lsa, 3 ish kuni, boshqa shaxarlarda bo’lsa, 5 kun mobaynida bankka norozilik bildirilmasa, mol etkazib beruvchi korxonaning hisobi akseptlangan hisoblanadi. Aksiz - bilvosita solik turi bo’lib, yalpi iste’mol tovarlari (masalan, tamaki, alkogol ichimligi maxsulotlari) ga belgilanadi: davlatga yalpi iste’moldagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar tomonidan to’lanadi. Aksiz summasi tovar bahosiga yoki xizmatlar tariflariga kushiladi. Aksiya - aksiyadorlik jamiyati kapitaliga ma’lum bir ulushning kushilganligiga guvox beruvchi va dividend ko’rinishida foydaning bir qismini olishga xuquq beruvchi qimmatbaho qog’oz. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling