O bobojonov k. Jumaniyozov


Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot 4-shakl


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot 4-shakl.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot O’zbekiston Respublikasining 
"Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi Qonuniga muvofiq hisobotliklarga 
kiritilgan bo’lib, mazkur moliyaviy hisobot xujjatida pul mablag’larining 
harakati nuqtai nazaridan sub’ektning mulki bo’lgan moliyaviy 
resurslarining o’zgarishi aks ettiriladi. Bu hisobot yordamida inflyasiya 
sharoitida, boshqa moliyaviy hisobot shakllarini to’ldirishda hisoblash 
usulidan foydalanishni e’tiborga olgan holda, sub’ektning likvidligini 
ob’ektiv baholash imkoni yaratiladi.
Sub’ektning joriy xo’jalik, investision va moliyaviy faoliyatining 
ta’sirida barcha pul mablag’larining o’zgarishi va pul mablag’lari va unga 
tenglashtirilgan mablag’larning qoldiqlari o’rtasidagi bog’liqlikni hisobot 
davrining boshi va oxiriga nisbatan o’rnatish imkonini beradi.
Ushbu 4-shakl "Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot" beshta bo’limdan 
tashkil topgan:
1. Xo’jalik faoliyatida pul mablag’larining harakati.
2. Investisiya foydasi va moliyaviy xizmat ko’rsatishdan olingan va 
to’langan mablag’lar.
3. Soliqni to’lash uchun sarflangan mablag’lar.
4. Investisiya faoliyati uchun sarflangan va olingan mablag’lar
5. Moliyaviy faoliyat bo’yicha sarflangan va olingan mablag’lar.
Bundan tashqari ayrim bo’limda xorij valyutasining harakati to’g’risida 
ma’lumot keltirilgan moddalarda aks ettirilmasdan, ulardan mos ravishda 
040 va 041-satrlarda aks ettiriladi.
Sub’ektlar "Xodimlarga va xodimlar nomidan to’langan pul 
mablag’lari" moddasida (012-satr) xodimlarga mehnat haqi va mukofot 
ko’rinishida), hamda pensiya jamg’armasiga, bandlik jamg’armasiga, 
shaxsiy sug’urta uchun davlat va nodavlat sug’urta jamg’armalariga, 
daromad solig’i uchun byudjetga, kasaba uyushmalariga, alimentga, uy-joy 
jamg’armasiga, xodimlarga berilgan bank kreditlari uchun, xodimlarga 
ko’rsatilgan xizmatlar uchun va boshqa xarajatlar uchun g’azna va bank 
schyotlaridan xodimlarga va ular nomidan to’langan pul va unga 
tenglashtirilgan mablag’larning miqdorini ko’rsatadilar.
"Boshqa pulli to’lovlar va tushumlar" moddasining "Кirim" ustunida 
(013 va 014-satrlar) har xil mukofotlar, komission va boshqa xil 
daromadlar, savdo va dilerlik maqsadida tuzilgan shartnomalarga tegishli 
komission mukofot uchun pul va unga tenglashtirilgan mablag’larning 
424


tushumi, "Chiqim" ustunida esa, mazkur maqsadlar uchun va milliy 
valyutani xorijiy valyutaga almashtirish uchun bankka to’langan 
to’lovlarning miqdorlari ko’rsatiladi.
"Jami. Xo’jalik faoliyatidan pul mablag’larining sof kirimi/chiqimi" 
moddasida, "Кirim" ustunidagi "
=
" va "Chiqim" ustunidagi "-" belgilar 
ta’sirini hisobga olgan "Кirim" 
=
010 satr va "Chiqim" esa 010
+
011
+
012
+
013
+
014 satrlar yig’indisining natijasi ko’rsatiladi.
Investisiya va moliyaviy xizmat ko’rsatish faoliyati bo’yicha "Olingan 
foizlar" (020-satr) va "To’langan foizlar" (021-satr) moddalariga mos 
ravishda bankdagi schyotlarga, kassaga kelib tushgan va to’lagan 
foizlarning miqdorlarini ko’rsatadilar. Olingan va to’langan foizlar 
yuzasidan ma’lumotlar 9530-"Foiz ko’rinishidagi daromadlar" va 
9620-"Foiz ko’rinishidagi sarflar" schyotlaridan olinadi.
"Olingan dividendlar" (022-satr) va "To’langan dividendlar" (023-satr) 
moddalarida pul va unga tenglashtirilgan mablag’lar ko’rinishida olingan 
va to’langan dividendlarning miqdorlari ko’rsatiladi.
Olingan va to’langan foizlar bo’yicha ma’lumotlar tegishli 
9420-"Dividend ko’rinishidagi daromadlar" va 6610-"To’lanadigan 
dividendlar" schyotlaridan olinadi.
"Chiqim" ustunidagi "-" belgilar ta’sirini hisobga olgan holda 020
+
022 
va 021
+
023 satrlar yig’indisining natijasi ko’rsatiladi.
Soliqni to’lash bo’limida:
"Daromad (foyda)dan to’langan soliq" moddasida (030-satr) foyda 
(daromad)dan to’langan soliqning miqdori ko’rsatiladi. Ushbu 
ma’lumotlar 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar" va 
4510-"Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlari" schyotlaridan olinadi.
"Boshqa to’langan soliqlar" moddasida (031-satr) daromad (foyda) 
solig’idan tashqari barcha to’langan soliqlar, bojlar va shularga 
tenglashtirilgan yig’im va ajratmalar ko’rsatiladi. Foyda (daromad)dan 
olinadigan soliqlar va daromad soliqlari bu moddada aks ettirilmaydi.
"Jami. To’langan soliqlar" moddasida (032-satr) 030 va 031-satrlarning 
yig’indisi aks ettiriladi.
Investisiya faoliyati bo’limi.
"Nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish" moddasining (040-satr) 
"Chiqim" ustunida nomoddiy aktivlarga egalik qilish uchun mol etkazib 
beruvchilar va pudarchilarga to’langan (shu jumladan, oldindan to’langan 
bo’naklar ham) pul mablag’lari va unga tenglashtirilgan mablag’larning 
miqdori ko’rsatiladi. "Кirim" ustunida esa, nomoddiy aktivlarni sotishdan 
425


tushgan daromadlar (egri soliqlar bilan birga) ko’rsatiladi, agar bunday 
sotishlar sub’ekt uchun boshqa aktivlarning sotilishi hisoblansa.
Sub’ektlar "Uzoq muddatli moddiy aktivlarni sotib olish va sotish" 
moddasining (041-satr) "Chiqim" ustunida uzoq muddatli moddiy 
aktivlarni ya’ni, ko’chmas mulk, bino, jihoz va boshqa asosiy vositalarni 
sotib olish uchun mol etkazib beruvchilarga to’lagan (shu jumladan, 
oldindan to’langan bo’naklar ham) pul mablag’lari va unga 
tenglashtirilgan mablag’larning miqdorini ko’rsatadilar. Uzoq muddatli 
moddiy aktivlarni sotishdan tushgan daromad (egri soliqlar bilan birga) 
"Кirim" ustunida ko’rsatiladi, agar bunday sotishlar sub’ekt uchun boshqa 
aktivlarning sotilishi hisoblansa.
Sub’ektlar "xarid qilingan uzoq va qisqa muddatli qo’yilmalar" 
moddasining (042-satr) "Chiqim" ustunida vositachilarga komission 
to’lovlar va birjada to’langan foizlarni hisobga olmagan holda, 
qimmatbaho qog’ozlarni sotib olish uchun to’lagan pul mablag’larini 
ko’rsatadilar. "Кirim" ustunida o’ziniki bo’lmagan qimmatbaho 
qog’ozlarni, shu bilan birga bank va boshqa yuridik shaxslarning qisqa va 
uzoq muddatli krediti va qarzlarini sotishdan tushgan tushum ko’rsatiladi.
Mazkur moddada kapitalizasiya qilinadigan tajriba konstruktorlik 
ishlariga to’lovlar ham ko’rsatiladi.
"Jami. Investisiya faoliyatidagi sof pul oqimlarining kirimi/chiqimi 
moddasida 043-satr), "Кirim" ustunidagi "
+
" va "Chiqim" ustunidagi "-" 
belgilar ta’sirini hisobga olgan holda, 040-041-042 satrlar yig’indisining 
natijasi ko’rsatiladi.
"Jami. Pul mablag’larini sof kirimi/chiqimi (moliyalashtirgunga 
qadar)" moddasida (044-satr), "Кirim" ustunidagi "
+
" va "Chiqim" 
ustunidagi "-" belgilar ta’sirini hisobga olgan holda, 014-024-032-043-
satrlar yig’indisining natijasi ko’rsatiladi.
Moliyaviy faoliyat bo’yicha bo’limida.
"Aksiya chiqarishdan kapitalga kelib tushgan daromad" moddasida 
(050-satr) hissadorlarining hisobot davrida aksiya chiqarishdan kelib 
tushgan pul mablag’larining miqdori aks ettiriladi.
"Uzoq va qisqa muddatli qarzlarning kelib tushishi" moddasining (051-
satr) "Кirim" ustunida, sub’ektlar hisobot davrida kelib tushgan kreditga va 
qarzga olgan pul mablag’larini, "Chiqim" ustunida kredit va qarzlarning 
qaytarilishini aks ettiradilar.
Sub’ektlar "Ijara majburiyatlari bo’yicha tushum va to’lovlar" 
moddasining (052-satr) "Chiqim" ustunida ijaraga beruvchiga to’langan, 
426


"Кirim" ustunida ijarachidan kelib tushgan ijara haqi, ya’ni pul va unga 
tenglashtirilgan mablag’larni ko’rsatadilar.
"Jami. Moliyaviy faoliyat bo’yicha sof kirim/chiqim" moddasida (053-
satr) 050-051-052-satrlar yig’indisining natijasi ko’rsatiladi.
"Sof o’sish (kamayish) (pul va unga tenglashtirilgan mablag’lar uchun)" 
moddasida (060-satr) sub’ekt uchun mablag’larning kirim yoki chiqim 
bo’lgan miqdor, ya’ni (
+
/- belgilar ta’sirini hisobga olgan holda) 044 va 
053-satrlarning yig’indisi ko’rsatiladi.
Sub’ektlar "Pul mablag’lari va unga tenglashtirilgan mablag’larning 
hisobot yili boshiga holati" moddasida (070-satr) hisobot yilining 31 
dekabr holatiga pul mablag’lari schyotlaridagi (5000, 5100, 5200, 5500, 
5600, 5700, 5800) g’oldiq va balansning 62-3-"Berilgan veksellar" 
schyotida hisobga olinadigan qisqa muddatli qimmatbaho qog’ozlarning 
miqdorlarini ko’rsatadilar.
"Pul va unga tenglashtirilgan mablag’larning hisobot davri oxiriga 
holati" moddasida (080-satr) hisobot davrining oxirgi kalendar kuniga pul 
mablag’lari schyotlaridagi (5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700, 5800) 
qoldiq va balansning 4020-"Berilgan veksellar" schyotida hisobga 
olinadigan qisqa muddatli qimmatbaho qog’ozlarning miqdorlari 
ko’rsatiladi.
"Xorij valyutasidagi mablag’larning harakati to’g’risidagi ma’lumot" 
bo’limida sub’ektning hisobot yilidagi valyuta mablag’larining harakati 
ko’rsatiladi.
"Yil boshiga qoldiq" moddasida (90-satr) sub’ektning 5200 xorij 
valyutasini hisobga oluvchi schyotlari va 5020 g’aznasidagi xorij 
valyutasidagi mablag’lari ko’rsatiladi.
Sub’ektlar "Jami kirim moddasida (100-satr) yil boshidan buyon xorij 
valyutasidagi mablag’larining umumiy kirimini, "Shu jumladan" 
moddasida esa. Кirim qilingan mablag’larining manbalarini ko’rsatadilar:
101-satr- a) "Sotishdan tushum" - yil boshidan buyon sub’ektga tushgan 
pul mablag’lari va unga tenglashtirilgan mablag’larning tushumi;
102-satr- b) "Xorijiy valyutaga almashtirilgan" - valyuta birjasidan sotib 
olingan valyutalarning miqdori;
103-satr- v) "Olingan kredit" - xorijiy valyutada olingan kreditning 
miqdori;
104-satr- g) "Olingan qarz" - xorijiy valyutada olingan qarzlarning 
miqdori;
427


105-satr- d) "Boshqa manbalar" - 101-103-satrlarda keltirilmagan 
manbalarga ko’ra, sub’ektning xorijiy valyuta schyoti va g’aznasiga kelib 
tushgan boshqa valyuta mablag’larining yig’indisi.
"Jami sarflangan" moddasida (110-satr) sub’ekt tomonidan turli 
maqsadlarda sarflanilgan umumiy xorij valyutasidagi mablag’lari aks 
ettiriladi. Xorij valyutasidagi mablag’larining sarflanishi "Shu jumladan" 
moddasining 111-116-satrlarida yoritiladi:
111-satr- "Ishlab chiqarish (muomala) sarflariga qo’shiladigan xarajatlar" 
- mahsulotning tannarxi va davr xarajatlariga qo’shilgan xorij valyutasidagi 
mablag’lari sarflarining yig’indisi ko’rsatiladi. Masalan, bank xizmati 
uchun to’lovlar;
112-satr- "Ishlab chiqarishni rivojlantirish harajatlari" - asosiy 
vositalarni, jihozlarni sotib olish va boshqa kapitallashtirish xususiyatidagi 
xarajatlar uchun sarflangan xorij valyutasidagi mablag’larining yig’indisi 
ko’rsatiladi;
113-satr- "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lovlar" - xom-
ashyo, material, tovar va boshqa oborot mablag’larini sotib olishga uzoq 
muddatli aktivlarni yaratishga sarflangan xorij valyutasidagi 
mablag’larining yig’indisi ko’rsatiladi;
114-satr- "Кredit uchun to’lovlar, shu jumladan foizlar uchun ham" - 
kredit va uning foizlarini uzishga sarflangan xorij valyutasidagi 
mablag’larining yig’indisi ko’rsatiladi;
115-satr-"Qarz uchun to’lovlar, shu jumladan foizlar uchun ham qarz va 
uning foizlarini uzish uchun sarflangan xorij valyutasidagi mablag’larining 
yig’indisi" ko’rsatiladi;
116-satr-"Boshqa maqsadlar uchun" - boshqa maqsadlar uchun (111-
115-satrlarda keltirilgan maqsadlardan tashqari) sarflangan xorij 
valyutasidagi mablag’larining miqdori ko’rsatiladi.
Sub’ektlar "Hisobot davri oxiriga qoldiq" moddasida (120-satr) hisobot 
davri oxiriga xorij valyutasidagi schyotlari (5200) va g’aznasidagi (5020) 
xorij valyutasidagi mablag’larining qoldiq miqdorini aks ettiradilar. Bu 
miqdor, 90-100-110-satrlar yig’indisining natijasiga teng bo’ladi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling