O bobojonov k. Jumaniyozov


Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot 2-shakl


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot 2-shakl.
Ushbu shaklda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning asosiy, muomalaviy 
va moliyaviy faoliyati natijasida olgan foyda yoki ko’rgan zararlarining 
miqdori tegishli moddalar bo’yicha yoritiladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar "Mahsulot (ish, xizmat)ni sotishdan 
tushgan daromad" moddasida (010-satr) savdo ustamalari, xaridor va 
buyurtmachilar tomonidan to’lagan soliqlar bilan birgalikda, mahsulot, 
tovar, ish, xizmatlarni sotishdan tushgan jami daromad (qaytarilgan 
tovarlar, tayyor mahsulotlar qiymatining miqdori va sotish bahosidan 
xaridor hisobidan chegirib tashlangandan keyin) aks ettiriladi. Ayrim 
tovarlarning eksport qilinishi sababli xorijiy valyutada tushgan 
daromadning majburiy sotiladigan qismi, ya’ni Markaziy bank muassasasi 
tomonidan tasdiqlangan kursda 010-satrda aks ettiriladi.
020-satrni ("Qo’shilgan qiymat solig’i" moddasini) to’ldirganda 
ma’lumotlarning qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha byudjet bilan 
hisoblashish qismida "Soliq kodeksi"ning qo’shilgan qiymat solig’ini 
hisoblash va to’lash to’g’risidagi tartiblarga rioya qilishi lozim.
417


Aksiz solig’i to’lovchi sub’ektlar "Aksizlar" moddasida (030-satr) 
sotish schyotida hisobga olingan tushum tarkibidagi 9100-"Sotilgan 
mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxi" schyotining debeti va 
6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar" schyotlarining kreditida 
ko’rsatilgan miqdori aks ettiriladi. Aksiz soliqlarini hisoblash va ularning 
to’lanish qoidasi Soliq kodeksi bilan belgilangan.
040-satrda mahsulot (ish, xizmat)larning chetga chiqarish bilan bog’liq 
bo’lgan soliqlar, eksport bo’yicha bojxona to’lovlari va ko’zda 
tutilayotgan ajratmalar uchun to’lovlar yoziladi.
"Sotishdan olingan daromad" moddasida (050-satr) sub’ektning asosiy 
faoliyatida mahsulot, tovar, ish, xizmatlarni sotishdan, egri soliq va 
eksport bojxona to’lovlari chegirilgandan keyingi tushgan daromad, shu 
bilan birgalikda sub’ektning yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi 
bo’linmalaridagi mahsulotlarning boshqa sub’ektlarga sotilishidan tushgan 
daromad, xo’jalik hisobida turmagan tashkilotlarning daromadining 
xarajatidan oshiq qismi, xo’jalik va boshqa tijorat faoliyatidan olingan 
daromadlar ko’rsatiladi. Sotishdan olingan daromad 010-satr 
ko’rsatkichidan 020-030-040-satrlar ko’rsatkichlarini kamaytirilganiga 
tengdir.
Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq 2010-"Asosiy ishlab 
chiqarish", 2300-"Yordamchi ishlab chiqarish", 9450-"Xizmat 
ko’rsatuvchi xo’jaliklar" schyotlaridagi jami xarajatlarning yig’indisidan 
tugallanmagan ishlab chiqarish sarflari chegirilib qolgan summa mahsulot 
tannarxi hisoblanib, 060-satr "Sotilgan mahsulot, ish, xizmatlarning ishlab 
chiqarish tannarxi"da ko’rsatiladi. Bundan tashqari ushbu ma’lumotlar 
umumlashtirilgan holda 9110, 9120 va 9130 "Sotilgan mahsulotlar, 
tovarlar, ishlar va xizmatlarning tannarxi" schyotlarida yig’ilib boriladi. 
Savdo tashkilotlari mazkur satrda sotilgan tovarlarning sotib olish 
qiymatini aks ettiradilar. Tovarlarning aylanishi (tovarlarni kirim qilish va 
sotish)da qatnashmasdan, xizmat haqi sifatida daromad oladigan vositachi 
(diler) sub’ektlar bu satrni to’ldirmaydilar.
"Sotishdan tushgan yalpi moliyaviy natija" (070-satr) sotishdan olingan 
daromad va sotilgan mahsulot, ish, xizmatlarning ishlab chiqarish tannarxi 
o’rtasidagi farq bilan aniqlanadi (050-satr-060-satr).
9400-"Davr xarajatlari" schyotlarining turkumida jamlangan 
ma’lumotlar yordamida 080-"Sotish bo’yicha sarflar", 090-"Ma’muriy 
xarajatlar" va 100-"Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlarida sarflangan 
xarajatlar" satrlari to’ldiriladi. 100-satrning jamg’arilgan daromad qismi 
418


9300-"Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga oladigan 
schyot"larning ma’lumotlari yordamida to’ldiriladi.
Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasi ("Asosiy ishlab chiqarish 
faoliyatining moliyaviy natijasi (foyda yoki zarar)" moddasi, (110-satr)ni 
aniqlash uchun, sotishdan tushgan yalpi daromaddan (070-satr) sotilgan 
mahsulot, ish, xizmat va tovarlarning tannarxi, sotilgan asosiy vositalar va 
boshqa aktivlarning qiymatini chegirib chiqqan natijaga boshqa 
daromadlar (100-satr, 5-ustun)ni qo’shish bilan aniqlanadi.
Hisobotning 120-satr ("Uyushma va avlod korxonalaridan olingan 
dividendlar"), 125-("Boshqa olingan dividendlar"), 130-("Uyushma va 
avlod korxonalaridan olingan va berilgan qarzlar bo’yicha foizlar"), 135-
("Boshqa to’langan va olingan foizlar"), 140-("Xorij valyutasi kursining 
farqi"), 145-("Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa daromad va xarajatlar") 
satrlari 9500-"Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar" schyotlaridagi 
umumiy summadan 9600-"Moliyaviy faoliyat bo’yicha sarflarni hisobga 
oladigan schyot"larda yig’ilgan sarflar chegirilib qolgan summaga 
to’lg’aziladi.
"Umumxo’jalik faoliyatining moliyaviy natijasi (foyda yoki zarar)" 
(150-satr) sub’ektning asosiy faoliyatdan olingan daromadi summasiga 
moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar qo’shilib olingan summadan 
asosiy va moliyaviy faoliyat bo’yicha amalga oshirilgan sarflar chegirilib 
aniqlanadi. Ushbu summa 9900-"Yakuniy moliyaviy natija" schyotida 
ko’rsatiladi.
160-satr-("Favquloddagi foyda va zarar") 9710-"Favquloddagi foydalar" 
va 9720-"Favquloddagi zararlar" schyotlarining ma’lumotiga muvofiq 
to’ldiriladi.
170-satr ("Soliq to’langunga qadar umumiy moliyaviy natija (foyda yoki 
zarar)")da 150 va 160-satrlar yig’indisidan (Q- belgilarni hisobga olgan holda) 
iborat olingan natija ko’rsatiladi. Bundan tashqari ushbu ma’lumotlar 
8710-"Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)" 
schyotida yig’ilib boriladi.
Bu schyotning natijasi foyda solig’ini hisoblashda asosiy ko’rsatkichi 
bo’lib hisoblanadi.
180-satr "Foyda (daromad)dan soliq va yig’imlar"da 9810-"Foyda 
(daromad) solig’i bo’yicha sarflar" schyotining debetida hisobga olingan va 
yil boshidan buyon hisoblangan, ya’ni byudjetga o’tkazilishi kerak bo’lgan 
foyda (daromad) solig’ining miqdorlari hamda 9820-"Yig’imlar va boshqa 
majburiy ajratmalar" bo’yicha sarflar, 9890-"Boshqa ajratmalar bo’yicha 
sarflar" schyotlaridan ma’lumotlar olinadi.
419


Sub’ektlar 200-satr "Hisobot davridagi sof foyda (zarar)"da 170 va 180-
satrlarning farqi natijasida hisoblangan sof taqsimlanmagan foyda (yoki 
qoplanmagan zarar) miqdorini ko’rsatadilar.
"Byudjetga to’lanmalar to’g’risida ma’lumot"da, sub’ektlar o’z 
manbalari hisobiga quyidagi me’yoriy xujjatlarga asosan byudjet 
to’lovlarini ko’rsatadilar:
210-satr "Mulkdan olinadigan soliq" O’zbekiston Respublikasida 1998 
yil 1 yanvardan amal qilinayotgan "Soliq kodeksi"ga asosan.
220-satr "Foydadan olinadigan soliq" O’zbekiston Respublikasida 1998 
yil 1 yanvardan amal qilinayotgan "Soliq kodeksi"ga asosan.
230-satr "Daromaddan olinadigan soliq" O’zbekiston Respublikasida 
1998 yil 1 yanvardan amal qilinayotgan "Soliq kodeksi"ga asosan.
240-satr "Qo’shilgan qiymatdan olinadigan soliq" O’zbekiston 
Respublikasida 1998 yil 1 yanvardan amal qilinayotgan "Soliq kodeksi"ga 
asosan.
250-satr "Aksiz soliqlari" O’zbekiston Respublikasida Davlat soliq 
qo’mitasining 1995 yil 15 fevraldagi 18/16-sonli O’zbekiston 
Respublikasi hududiga kiritilayotgan alohida tovarlarga aksiz soliqlarini 
qo’llash uchun vaqtinchalik yo’riqnomasi, 1996 yil 21 avgustdagi 275-
sonli "O’zbekiston Respublikasidagi tamaki mahsulotlari va spirtli 
ichimliklariga qo’llaniladigan aksiz markalari to’g’risida"gi O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 304-sonli (3 ilova) "O’zdeu avto 
qo’shma korxonasida avtomashinalarni ishlab chiqarish, sotish va texnik 
xizmat ko’rsatish to’g’risida"gi Qaroriga, O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 23 sentyabrdagi 333-sonli Qarori, 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasining 
1996 yil 5 noyabridagi 71/96-89-sonli yo’riqnomalari va keyinchalik 
qabul qilingan "Soliq kodeksi"ga asosan.
260-satr "Eksport bo’yicha boj to’lovlari" O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 21 oktyabrdagi 485-sonli "eksport va 
import qilinayotgan alohida tovarlarga boj to’lovlarini hisoblash va olish 
tartibi to’g’risida"gi Qaroriga va keyingi kiritilgan o’zgartirishlarga 
asosan:
270-satr "Import bo’yicha boj to’lovlari" O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 20 martdagi 114-sonli Qaroriga, 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 304-sonli (4-ilova) 
"UzDEU" avto qo’shma korxonasida avtomashinalarni ishlab chiqarish, 
sotish va texnik xizmat ko’rsatish to’g’risidagi" Qarorlariga va keyingi 
kiritilgan o’zgartirishlarga asosan:
420


280-satr "Suvdan foydalanish to’lovlari" O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasining 05.05.95 yildagi 52/39-
sonli "Suvdan foydalanish haqi to’g’risida"gi xati va "Soliq kodeksi"ga 
asosan:
310-satr "Daromad solig’i" O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 15 
fevraldagi "O’zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolaridan 
va fuqaroligi bo’lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig’i 
to’g’risida"gi xati, 21.01.94 yildagi 9/84-sonli 24.02.95 yildagi 20/17-
sonli 10.03.95 yildagi 28/21-sonli o’zgarish va to’ldirishlar 1998 yil 1 
yanvardan boshlab "Soliq kodeksi"ga asosan:
320-satr "Boshqa soliqlar" O’zbekiston Respublikasining "Кorxonalar, 
birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliq to’g’risida"gi va 
O’zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va 
fuqaroligi bo’lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’g’risidagi 
Qarorlari va soliq kodeksi asosida belgilangan boshqa hamma turdagi 
soliqlar ko’rsatiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 29 
iyundagi 303-sonli Qaroriga muvofiq va 1998 yil 1 yanvardan boshlab 
"Soliq kodeksi"ga asosan tabiiy resurslardan foydalanish va atorof muhitni 
ifloslantiruvchi oqava suvlarni chiqarish bo’yicha to’lovlar miqdori 
hisoblanib, shu satrda aks ettiriladi. Shuni nazarda tutish lozimki, atrof 
muhitni ifloslantiruvchi oqava suvlarni chiqarish to’lovlari belgilangan 
me’yorlar tartibida bo’lsa. U holda bu to’lovlar ishlab chiqarish (muomala) 
xarajatlariga olib boriladi, belgilangan me’yorlardan oshiq to’lovlar 
sub’ekt ixtiyoriga qolayotgan foyda hisobiga qoplanadi.
330-satr "Soliq hisoblash va uni to’lash tartibining buzilishi tufayli 
belgilangan iqtisodiy jarimalar"da O’zbekiston Respublikasi Soliqchiligi 
asosida "O’zbekiston Respublikasining korxonalar, birlashmalar va 
tashkilotlardan olinadigan soliq to’g’risidagi va O’zbekiston Respublikasi 
fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolaridan va fuqaroligi bo’lmagan shaxslardan 
olinadigan daromad solig’i to’g’risidagi qarorlari, hamda O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Narxlarni erkinlashtirish 
to’g’risida"gi Qarori va boshqalar asosida) sub’ektlarning o’z ixtiyorida 
qoladigan foydalari hisobidan byudjetga o’tkazib berilgan iqtisodiy 
jarimalarning miqdorlari ko’rsatiladi.
340-satr "Mahalliy byudjetga to’lanmalar"da sof foyda hisobidan 
ajratmalar, ya’ni hududlarni tozalash yig’imi, ijara xaqidan ajratma va 
soliqlar kabi to’lovlar to’g’risidagi hokimning amaldagi qaroriga 
421


asoslangan holda, mahalliy byudjet uchun hisoblangan soliq va 
yig’imlarning miqdori aks ettiriladi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling