O bobojonov k. Jumaniyozov
Asosiy vositalarning harkati to’g’risidagi hisobot 3-shakl
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
Asosiy vositalarning harkati to’g’risidagi hisobot 3-shakl.
Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobotda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan asosiy vositalarning tasniflagichi bo’yicha sub’ekt egalik qilayotgan va uning mulki hisoblangan barcha asosiy vositalarning turlari bo’yicha holati va harakati ko’rsatiladi. 3 va 6-ustunlarda sub’ekt egalik qilayotgan va uning mulki hisoblangan, ya’ni uning balansida turgan barcha asosiy vositalarning qiymati (mos ravishda hisobot davrining boshidagi va oxiridagi holati), shu bilan birgalikda boshqa xil asosiy vositalar: ijaraga berilgan, bepul olingan yoki vaqtincha foydalanilmayotgan (konservasiyadagi, Rеzеrvdagi va x.k.) asosiy vositalarning qiymati ham aks ettiriladi. Ma’lumotlar boshlang’ich qiymatda keltiriladi. 4-ustunda hisobot yilidagi asosiy vositalarning turli manbalari bo’yicha kirimining umumiy holati aks ettiriladi. Bunga asosiy vosita bahosining oshishi, oldin hisobga olinmagan asosiy vositalar, sotib olingan asosiy vositalar, aylanma mablag’lar guruhidan asosiy vositalar guruhiga o’tkazilgan vositalar, boshqa korxona va tashkilotlardan tushgan vositalar (agar kirish balansi o’zgartirilgan bo’lsa), shu bilan birgalikda hamma moliyaviy manbalar, bank kreditlari va qarzlar hisobiga hisobot yilida foydalanishga qabul qilingan yangi asosiy vositalar ham qo’shilgan holda aks ettiriladi. 5-ustunda hisobot yilidagi asosiy vositalarning hisobdan chiqarilgan umumiy summasi aks ettiriladi. Bunga asosiy vositalar qiymatining kamayishi, ortiqcha va foydalanilmayotgan sub’ekt mol-mulkining sotilishi, asosiy vositalarning aylanma mablag’lar guruhiga o’tkazilishi, boshqa korxona va tashkilotlarga tekinga berilishi, shu bilan birga hisobot yilida foydalanishga yaroqsizligi, eskirgani, tabiiy ofat, halokat, qayta tiklash, yangicha qurish va boshqa xil sabablar oqibatida asosiy vositalarning to’liq qiymatda (eskirish summasi chegirilmasdan) tugatilishi ham kiradi. 7 va 10-ustunlarda hisobot davrining boshi va oxiriga hisoblangan va asosiy vositalarning turlari bo’yicha yig’ilgan eskirish summasining miqdorlari aks ettiriladi. 8-ustunda har xil manbalar hisobiga kirim qilingan asosiy vositalarning hisobot davri uchun hisoblangan eskirish summasining miqdorlari aks ettiriladi. Bunga asosiy vositalar qiymatining oshishi tufayli qo’shimcha hisoblanadigan eskirish summasining miqdorlari, oldin hisobga olinmagan 422 eskirish miqdorlari va foydalanishdagi asosiy vositalarning eskirish summalarining miqdorlari ham kiradi. 9-ustunda asosiy vositalarning tugatilishi, sotilishi va boshqa xil hisobdan chiqarilishi bo’yicha hisoblangan eskirish summasining miqdorlari aks ettiriladi. 11-ustunda 3 va 7-ustunda keltirilgan ma’lumotlar farqining natijasi, ya’ni yil boshiga bo’lgan asosiy vositalarning sof qoldiq qiymati aks ettiriladi. 12-ustunda 6 va 10-utunda keltirilgan ma’lumotlar farqining natijasi, ya’ni hisobot davri oxiriga bo’lgan asosiy vositalarning sof qoldiq qiymati aks ettiriladi. "Ja’mi" moddasida aloxida satrlar bo’yicha ishlab chiqarish va noishlab chiqarishdagi asosiy vositalarning harakati ko’rsatiladi. Ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qo’rilish, qishloq xo’jaligi, savdo, umumiy avqatlanish, transport, qishloq xo’jaligida mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash va boshqa xil moddiy ishlab chiqarish doirasi bilan bog’liq asosiy vositalar kiradi. Noishlab chiqarish uchun mo’ljallangan asosiy vositalarga uy-joy va kommunal xo’jaligi, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya, ijtimoiy ta’minot, xalq ta’limi, madaniyat va boshqa sohalar bilan bog’liq asosiy vositalar kiradi. "Tugallanmagan qurilish" moddasida sub’ektning ham pudrat, ham xo’jalik usulida ob’ektlarni qurish va shu bilan birga asosiy vositalarga egalik qilish xarajatlarining harakati ko’rsatiladi. 4-ustundagi yordamchi qismda sub’ekt tomonidan ob’ektlarni qurishga sarflangan (to’lashga qabul qilingan va pudratchi tashkilotlarga to’langan schyotlar) va asosiy vositalarga egalik qilish uchun sarflangan xarajatlari ko’rsatiladi. 5-ustundagi yordamchi qismda foydalanishga qabul qilingan qurilish ob’ektlari va egalik qilingan asosiy vositalarning qiymati, shu bilan birga asosiy vositalar qiymatini oshirmaydigan hisobdan chiqarilgan (hisoblangan) xarajatlar ko’rsatiladi. "Ma’lumot uchun" bo’limchasida quyidagilar ko’rsatiladi: Sub’ekt tomonidan yil davomida qaysi guruh manbalari hisobiga ob’ektlarning qurilishi va asosiy vositalarning egalik qilinishining moliyalashtirilishi ko’rsatiladi. Boshqa sub’ektlarga ijaraga berilgan ayrim asosiy vositalarning qiymati ko’rsatiladi. 423 Ayrim satrda ijaraga olingan asosiy vositalarning qiymati va ularning ijarachi sub’ektining hisobida turishi ko’rsatiladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling