O bobojonov k. Jumaniyozov


 Moliyaviy hisobotni tuzish bo’yicha tashkiliy–tayyorgarlik


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

10.6. Moliyaviy hisobotni tuzish bo’yicha tashkiliy–tayyorgarlik 
ishlari.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda kvartal va yillik hisobotlarni o’z 
vaqtida tuzish va topshirish maqsadida buxgalteriya apparatining 
bajaradigan ishlari va bajarish vaqti ko’rsatilgan umumiy ish grafigi 
tuziladi. Ushbu tasliqlangan grafikka asosan buxgalteriya xodimlari 
quyidagi ishlarni bajaradilar:
jurnal-orderlardagi summalarni jamlaydilar;
zaruriyat tug’ilganda summalarni bir registrdan ikkinchi registrga 
yozadilar;
schyotlar korresopndensiyasidagi summalarni o’zaro taqqoslaydilar.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida muomala summalarini 
o’tkazish va hisob registrlarini yopish tartibi quyidagicha:
rasshifrovka varaqlaridagi debet va kredit tomoni bo’yicha jamlanma 
summalari jurnal-order va qaydnomalarga o’tkaziladi va yanglishib 
ketmaslik maqsadida ushbu summalarga belgi qo’yib boriladi: masalan, 1-
qaydnomadagi 5000-"Кassadagi pul mablag’lari" va 2-qaydnomadagi 
5110-"Hisob-kitob schyotining" debetidagi jamlanma summalar 3, 10/1, 
13 va boshqa tegishli jurnal-orderlariga o’tkaziladi;
401


7,12,14,15,16,17 analitik hisob qaydnomalari va boshqa tegishli 
qaydnomalarning summalari jamlanadi va ushbu summalar tegishli jurnal-
orderlarga o’tkaziladi;
tegishli jurnal-orderlardagi schyotlarning kreditidagi summalar 
jamlanadi.
Agarda jurnal-orderda schyotlar bo’yicha analitik ma’lumotlar bo’lsa 
summalar hisoblanib kelgusi oyga qoldiq aniqlanadi va aloqada bo’lgan 
registrlardagi jamlangan summalar taqqoslanadi.
Misol: 1-jurnal-orderdagi 5110 schyotning debeti va 5110 schyotning 
krediti o’zaro aloqa qiladigan ustundagi summalarning jami ushbu 
summalarni ko’rsatadigan 2-qaydnomadagi schyotlarning summasi bilan 
taqqoslanadi. Shunga o’xshash taqqoslashlar hamma jurnal-orderlar 
bo’yicha o’tkazilib bo’lgandan keyingina ushbu summalar bosh daftarga 
ko’chiriladi va ushbu summalar bosh daftarga o’tkazilgandan keyin jurnal-
orderlarga belgi qo’yib chiqiladi. 
O’zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi 
qonuniga" asosan va 1997 yil 15 fevraldagi Moliya vazirligining 5-son 
buyrug’iga muvofiq xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rnatilgan muddatlarda 
va tegishli adreslarga quyidagi shakl va hajmda chorak va yillik moliyaviy 
hisobotlar topshiradilar. Chet el investisiyasi ishtirokida tashkil qilingan 
qo’shma korxonalar faqat yillik hisobot topshiradilar:
a) yillik hisobot quyidagi shakllarning majmuasidan tashkil topadi:
buxgalteriya balansi - 1 shakl;
moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot - 2 shakl;
debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida ma’lumotnoma - 2a 
shakl;
asosiy vositalarning harakati to’g’risida hisobot - 3 shakl;
pul oqimlari to’g’risida hisobot - 4 shakl;
xususiy kapital to’g’risida hisobot - 5 shakl;
tushintirish xati.
v) yarim yillik hisobot quyidagi hisobot shakllarini o’z ichiga qamrab 
oladi:
buxgalteriya balansi - 1 shakl;
moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot - 2 shakl;
pul oqimlari to’g’risida hisobot - 4 shakl;
debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotnoma - 2a 
shakl.
s) choraklik (uch oylik) hisobot quyidagi shakllardan tashkil topadi:
buxgalteriya balansi - 1 shakl;
402


moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot - 2 shakl;
debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida ma’lumotnoma - 2a 
shakl.
Yillik moliyaviy hisobotga, sub’ekt faoliyatining hisobot yilidagi yakuniy 
natijalariga ta’sir etuvchi asosiy omillar, sub’ektning yillik moliyaviy hisoboti 
va sof foydani taqsimlash bo’yicha qabul qilingan aksiyadorlar yig’ilishining 
qarorlari, moliyaviy hisobotning tekshirilganligi to’g’risidagi auditorlik 
xulosalari ilova qilinadi.
Agar kirish balansi yil boshiga o’zgartirilgan bo’lsa, u holda hisobotga 
ilova qilingan tushuntirish xatida o’zgartirish sabablari tushuntiriladi. 
Shuningdek, unda qabul qilingan va keyingi yilga qabul qilinishi kerak 
bo’lgan hisob siyosati (agar u hisobot yilidagi qabul qilingandan farq qilsa) 
keltiriladi.
Moliyaviy hisobot shakllaridagi ko’zda tutilgan hamma ko’rsatkichlar 
keltiriladi. U yoki bu modda (satr, ustun) to’ldirilmagan hollarda, ya’ni 
sub’ektning kerakli aktivlari, passivlari, jarayonlari bo’lmaganda, o’sha 
moddalar (satrlar, ustunlar) chizib qo’yiladi.
Shaklning muqova qismi quyidagi tartibda to’ldiriladi.
Zaruriy qism "Xo’jalik yurituvchi sub’ekt"da - korxonaning 
(belgilangan tartibda ro’yxatga olingan ta’sis xujjatlariga binoan) to’liq 
nomi va uning kodi OКPOga muvofiq ko’rsatiladi.
Zaruriy qism "Tarmoq (faoliyat turi)"da - tarmoq (faoliyat turi) va uning 
kodi OКONXga muvofiq ko’rsatiladi.
Zaruriy qism "Davlat mulkini boshqarish organi"da- davlat yoki 
hududiy (agar shunday sub’ekt mavjud bo’lsa) sub’ekt ustidan boshqaruv 
huquqiga ega bo’lgan va moliyaviy hisobot yuboriladigan organning nomi 
ko’rsatiladi.
Zaruriy qism "Manzili"da - sub’ektning aloqa uchun to’liq manzili 
ko’rsatiladi.
Zaruriy qism "Nazoratdagi miqdor" - sub’ekt tomonidan 
to’lg’azilmaydi.
Yil (chorak)lik hisobot tuzishda sub’ektning egasi va davlatning 
manfaatlariga rioya etish, investorlar, kreditorlar, aksiyadorlar, soliq 
nozirliklari, ta’sischilar, bank muassasalari, xalqaro standartlarning 
talablarini hisobga olish va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
amaldagi Farmonlaridan, O’zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya 
hisobi to’g’risidagi" Qonunidan, Vazirlar Mahkamasining tegishli 
qarorlaridan, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1995 yil 4 
apreldagi 17-02/28-sonli xatidan, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
403


Кodeksidan, hamda buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishga 
taalluqli barcha amaldagi yo’riqnomalardan foydalanish zarur.
Кorxona, ishlab chiqarish birlashmasi va tashkilot o’zining barcha 
bulinmalarining moliyaviy-xo’jalik faoliyatining ko’rsatkichlarini hisobot 
shakllarining ma’lumotlariga kiritishi shart.
Moliyaviy hisobot tuzishda hisobot davrining eng oxirgi kalendar kuni 
hisobot tuzish kuni hisoblanadi.
Tugatilgan yoki qayta tashkil qilingan, mulkchilikning davlat shaklini 
jamoa shakliga o’zgartirgan sub’ekt hisobot davrida yil boshlanganidan to 
tugatilgan (qayta tashkil qilingan) davrigacha hisobot berishning amaldagi 
shakllari bo’yicha hisobot topshiradi.
Yangidan tashkil etilgan sub’ektlar o’z mablag’lari va ularning 
manbalarini (sotib olish, qabul qilish qiymatida) hisobotda, ularni 
belgilangan tartibda ro’yxatga olingan oyning 1 kunidan boshlab hisobot 
yilining 31 dekabriga, hisobot yilining 1 oktyabrdan keyin tashkil qilingan 
sub’ektlar esa, davlat tomonidan ro’yxatga olingan kunidan boshlab 
hisobot yilidan keyingi yilning 31 dekabriga ko’rsatadilar.
Sub’ekt balansining moddalari to’liq o’tkazilgan aktivlar va passivlar 
inventarizasiya (yo’qlama)sining ma’lumotlariga asoslangan bo’lishi 
kerak. Buning uchun, yillik hisobotni taqdim etishga qadar, amaldagi 
doimiy inventarizasiya komissiyasining a’zolari tomonidan inventarizasiya 
natijasida aniqlangan moddiy boyliklarning haqiqiy miqdori bilan 
buxgalteriya hisobi ma’lumotlari o’rtasidagi farqlar to’g’rilanishi lozim. 
Shuningdek, debitor va kreditor qarzlari ham taqqoslash dalolatnomasi 
o’zaro tasdiqlangan hisoblashish jarayonidagi qoldiqlari rasmiylashtirilgan 
xatlar asosida inventarizasiya o’tkazilgan bo’lishi kerak. Yillik hisobotga 
ilova qilinadigan tushuntirish xatida, o’tkazilgan inventarizasiyalarning 
soni va natijalari shuningdek, inventarizasiya muddati o’tkazilgan 
inventarizasiyalarning soni va natijalari shuningdek, inventarizasiya 
o’tkazilmagan bo’lsa, uning sabablari aks ettirilishi shart.
Balans moddalarining miqdori moliya, soliq organlari va bank 
muassasalarining hisoblari bilan taqqoslangan va aynan bir xil bo’lishi 
shart. Ushbu hisoblashishlar bo’yicha noaniq miqdorlarni balansda 
qoldirishga yo’l qo’yilmaydi.
Moliyaviy hisobotning tegishli shakllarida birorta o’chirish yoki chizib 
to’g’rilash bo’lmasligi kerak. Agar shunday hollarga yo’l qo’yilsa, xato 
tuzatilgan sana ko’rsatilgan holda hisobotning ushbu shakllariga mas’ul 
shaxslar imzo chekib tasdiqlangan va ushbu shaxslarning tegishli izohlari 
bo’lishi shart.
404


Joriy yil hisoboti (u tasdiqlangandan so’ng) ma’lumotlarining ham, joriy 
hisobot ma’lumotlarining ham noto’g’riligi e’tirof etilsa, bu narsa joriy 
hisobotda (xatoga qaysi davrda yo’l qo’yilgan bo’lsa o’sha davr hisobiga, 
chorak, yil boshidan) to’g’rilanadi.
Yillik moliyaviy hisobotni tekshirish mobaynida ishlab chiqarish 
xarajatlariga, unga bog’liq bo’lmagan xarajatlarni qo’shish natijasida 
daromadning yashirilganligi yoki moliyaviy natijaning kamaytirilganligi 
aniqlangan hollarda, joriy yilgi buxgalteriya hisobi va hisobotiga 
o’zgartirish kiritilmasdan, balki hisobot davrida aniqlangan joriy yil 
foydasi ko’rinishida hisobotda aks ettiriladi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling