O bobojonov k. Jumaniyozov


Balansga ilova - Debitorlik (olinadigan schyotlar) va kreditorlik


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Balansga ilova - Debitorlik (olinadigan schyotlar) va kreditorlik 
(majburiyatlar bo’yicha) qarzlari haqidagi ma’lumotnoma (2a-shakl).
1. "Debitorlik va kreditorlik qarzi bo’lgan Vazirlik, konsern va boshqa 
sub’ektlarning nomlari" ustunida hisobot davrining oxirgi kuniga qarzlari 
bo’lgan debitor va kreditorlik qarzlari bo’lgan huquqiy va jismoniy 
shaxslarning ro’yxati keltiriladi. Ushbu ma’lumotlar debitor qarzlar 
(olinadigan schyotlar) bo’yicha ayrim olgan holda tegishli olinadigan 
schyotlar guruhidagi 4000-"Olinadigan schyotlarning joriy qismi", 
4100-"Bo’linmalardan olinadigan schyotlar", 4200-"Da’volar bo’yicha 
olinadigan schyotlar", 4300-"Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga 
berilgan bo’naklar", 4400-"Xodimlarga berilgan bo’naklar", 
4500-"Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha bo’nak to’lovlari", 
4600-"Boshqa muomalalar bo’yicha ta’sischilarning qarzi" va 4800-"Har 
xil debitorlarning qarzi" schyotlaridan olinadi.
Кreditor qarzlar (joriy majburiyatlar) bo’yicha ma’lumotlar esa 
6000-"Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarning schyotini to’lash", 
6100-"Ayrim balansga ajratilgan bo’linmalarning schyotini to’lash", 
6200-"Muddati uzaytirilgan majburiyatlarning joriy qismi", 6300-"Olingan 
bo’naklarning joriy qismi", 6400-"Byudjet to’lovlari bo’yicha qarz", 
6500-"Sug’urta va byudjetdan tashqari to’lovlar bo’yicha qarzlar", 
6600-"Ta’sischilarga bo’lgan qarzlar", 6700-"Mehnat haqi bo’yicha 
xodimlar bilan hisoblashish", 6800-"Har xil kreditorlarga va boshqa 
hisoblangan majburiyatlar bo’yicha qarzlar", 6900-"Qisqa muddatli bank 
kreditlari va olingan qarzlar"ni hisobga oladigan schyotlardan va 7000-
7900-"Uzoq muddatli majburiyatlar" guruhi schyotlaridan olinadi.
Bundan tashqari, ko’p debitor va kreditorlar bilan muomalada bo’lgan 
sub’ektlar 2A shaklini har bir debitor va kreditorlar bo’yicha ochilgan 
analitik ma’lumotlari bo’yicha ayrim olgan tashkilotlar - Vazirlik
birlashma va konsernlar bo’yicha debitor qarzlarni alohida va kreditor 
qarzlarni alohida jamlash yo’li bilan to’ldirishi ham mumkin.
430


Agar debitor (kreditor)lar o’zidan yuqori turuvchi Vazirligiga 
(idorasiga) ega bo’lmagan hollarda, bunday huquqiy shaxslarning qarzi 
alohida yozilib kiritiladigan "Boshqa sub’ektlar" moddasida ko’rsatiladi.
Mazkur debitor va kreditor qarzlarini aks ettirish tartibi, O’zbekiston 
Respublikasidan tashqarida joylashgan debitor va kreditorlarga taalluqli 
emas. Ularning nomlarini to’liq yoki umumiy qabul qilingan qisqartirishlar 
bilan keltirish va shu bilan birga qavslar ichida davlatlarning nomi 
ko’rsatilishi maqsadga muvofiqdir.
2a-shakldagi satrlarning soni ko’rsatilayotgan debitor va kreditorlarning 
soniga bog’liq.
2.
"Umumiy qarzlar" ustunida qarzlarning miqdori har bir debitor va 
kreditor uchun alohida ko’rsatiladi. Agar, bir huquqiy shaxsning ham 
debitorlik, ham kreditorlik qarzi bo’lib, sub’ekt ularni har xil schyotlarda 
hisobga olsa va ayrim sabablarga ko’ra o’zaro hisoblashish (qoplash) 
o’tkazilmagan taqdirda, debitorlik qarzlarining miqdori alohida va 
kreditorlik qarzlarining miqdori alohida ko’rsatiladi.
3.
"Jumladan Respublikadan tashqaridagi" ustunida O’zbekiston 
Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan sub’ektlarning debitorlik va 
kreditorlik qarzlarining miqdori ko’rsatiladi.
4.
"Umumiy qarzlardan olish va to’lov muddati o’tgan qarzlar va 
solig’i" ustunida debitorlik va kreditorlik qarz to’lovlari O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1995 yil 12 may "Кorxona (tashkilot) 
rahbarlarining xalq xo’jaligida hisoblashishlarni o’z vaqtida o’tkazish 
mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi №UP-11584-sonli 
Qarorida keltirilgan muddatlarda uzilmagan qarzlarning miqdori 
ko’rsatiladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini o’zish muddatlarining kechikishi 
shartnmoada (masalan, qarz shartnomasida) ko’rsatilgan vaqtga asosan 
aniqlanishi lozim (mol etkazib berish, oldi-sotdi shartnomalari bunga 
kirmaydi).
5.
"Jumladan respublika hududidan tashqaridagi" ustunida O’zbekiston 
Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan debitor va kreditorlar 
qarzining muddati va soliq miqdori ko’rsatiladi (muddati va soliqlar 
bo’yicha qarzlar yuqorida ko’rsatilgan bo’limdagi kabi aniqlanadi).
6.
2a-shakl sub’ektning rahbari va bosh buxgalter tomonidan imzolanib, 
uning har bir varog’i muhr bilan tasdiqlanadi.
7.
Tushuntirish xati.
Moliyaviy hisobotga yozilgan tushuntirish xati, sub’ektning hisob siyosatini 
yoritishi, uning mulkiy va moliyaviy holatini haqqoniy baholash uchun zarur 
431


bo’lgan boshqa ma’lumotlar bilan ham hisobotdan foydalanuvchilarni 
ta’minlashi kerak.
Tushuntirish xatida sub’ektning moliyaviy hisoboti buxgalteriya 
hisobini yuritish qoidalaridan kelib chiqqan holda tuzilganligi ko’rsatilish 
kerak. Ayrim qoidadan chetga chiqish hollari sodir bo’lganda har bir 
qoidadan chiqishlarning sababi va natijasi tushutirish xatida ko’rsatilishi 
kerak.
Tushintirish xatida quyidagi qo’shimcha ma’lumotlar yoritilishi kerak:
sub’ektlarning huquqiy manzili;
sub’ektning asosiy faoliyatining turi;
hisobot davrida ishlovchilarning o’rtacha yillik soni, shu jumladan 
asosiy toifadagilarning ham;
sub’ektning ijro va nazorat organlari tarkibining a’zolari (ismi, sharifi 
va mansabi);
sub’ektning ijro va nazorat organlari a’zolariga hisobot davrida 
to’langan mukofotlarning umumiy miqdori, va shu bilan birgalikda sub’ekt 
tomonidan to’langan soliq imtiyozlari;
ayrim turdagi nomoddiy aktivlarning eskirishini ko’rsatgan holda, 
ularning hisobot davrining boshi va oxiriga nisbatan miqdori va hisobot 
davridagi harakati to’g’risida ma’lumot;
ayrim turdagi moliyaviy qo’yilmalarning hisobot davrining boshi va 
oxiriga nisbatan miqdori va hisobot davridagi harakati to’g’risida 
ma’lumot;
debitor va kreditor qarzlarining hisobot davrining boshi va oxiriga 
nisbatan miqdori to’g’risida ma’lumot;
faoliyatining turi va jug’rofiy savdo hududlari bo’yicha mahsulot, 
tovar, ish, xizmatlarning sotilish hajmi to’g’risida ma’lumot;
ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi to’g’risida ma’lumot;
davr xarajatlarining tarkibi to’g’risida ma’lumot;
har qanday ta’minlangan majburiyatlarning berilishi va olinishi, 
sub’ektning to’lovlari to’g’risida ma’lumot.
432



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling