O bobojonov k. Jumaniyozov
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
Debitorlik qarzlari - boshqa korxona, tashkilot va muassasa yoki
shaxslarning shu korxonaga to’lashi lozim bo’lgan qarzlari. Bu korxona va shaxslar debetorlar deb ataladi. Debitorlar (lat. debitor - qarzdor) - ushbu sub’ektga qarzdor bo’lgan boshqa korxona, tashkilot, muassasa yoki shaxslar bo’lib, ular debetorlik qarzlarini to’lashlari lozim. Deponent (lat. depono - yigaman) -korxona, tashkilot, muassasa yoki jismoniy shaxsning korxona, tashkilot, muassasada vaqtincha saqlayotgan mablag’i. Deflyasiya - xukumatning inflyasiya sur’atini pasaytirish maqsadida pul massasini muomuladan sun’iy ravishda olishi. Dividend - aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismi bo’lib, aksiyadorlar o’rtasida soliqlarni, ishlab chiqarishni kengaytirishga ajratmalarni, zahiralarni tashqil etish, obligasiyalar bo’yicha foizlarni va boshqa to’lovlarni amalga oshirilganidan so’nggina taksimlanadi. Diskont - 1) veksel hisobi; 2) hisob foizi - veksel hisobida banklarga to’lanadigan foiz; 3) birja va valyuta ishlarida - tovar kotiral bahosidan ustama (masalan, agar tovar sifati standartdan past bo’lsa) valyuta. 438 Ijara (polyak. - arenda va lat. arrendare - qarzga foydalanishga berish) - Shartnoma asosida buyumlarning vaqtinchalik foydalanishga belgilangan ijara haqi to’lovi asosida berilishi. Ijarachi - biror narsani ijaraga olgan korxona, tashkilot va muassasa yoki jismoniy shaxs. Ijtimoiy sug’urta - vaqtinchalik mehnatga yaroqsiz shaxslar, nogironlar, boquvchisini yo’qotganlarni moddiy ta’minlash, shuningdek sog’lomlashtirish tadbirlari (dam olish uylari, sixatgoxlar, davolash, oziq- ovqat bilan ta’minlash va xokazo)ni ta’minlash tizimi. Investisiya - so’zi nemischa inveêtition, lotincha inveêtio so’zlaridan olingan bo’lib, u kapitalni o’zoq muddatli qo’yilmalar tariqasida sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va boshqa tarmoklarga sarf etiladigan xarajatlar summasidir. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling