Inkasso (lat. incakko) - to’lov xujjatlarini qo’rsatib pul olish.
Inkassator- sub’ektlardan pulni xujjatlar asosida qabul qilib, bankka
topshiruvchi shaxs.
Imtiyoz - ma’lum bir majburiyatlarni bajarishdan qisman ozod etish.
Import - davlatning ichki bozoriga xorijdan, texnologiya va
kapitallarni sotish va ulardan foydalanish uchun tovarlarning keltirilishi,
shuningdek, xorijiy hamkorlardan ishlab chiqarish yoki iste’mol
xarakteridagi xizmatlarning bepul olinishi.
Ipoteka - qarzdorning kuchmas mulki bilan ta’minlangan, qarz
majburiyatini aks ettiruvchi qimmatbaho qog’oz.
Ipoteka ssudasi - kuchmas mulk garov asosida berilgan o’zoq
muddatli ssuda.
Ishlab chiqarish xarajatlari - korxonaning maxsulot ishlab
chiqarish bilan bog’liq xarajatlari (mehnat haqi, xom ashyo, material,
yoqilgi, asosiy vositalarning eskirishi va xokazolar).
Ishonch qog’ozi - ma’lum bir shaxsga tovar moddiy boyligi, pul
mablag’i yoki xujjatni olish, shuningdek, ma’lum bir xarakatni bajarish
xuquqini beruvchi xujjat.
Кalkulyasiya (lat. calculatio - hisoblash) - bajarilgan ish,
tayyorlangan maxsulot, qabul qilingan moddiy boyliklar qiymatini
aniqlash, xarajatlarini guruhlash usuli.
Кassa kitobi - korxona kassiri kassa jarayonlari hisobini
yurgizishiga muljallangan hisob registrlari.
Кassa limiti - korxona kassasida doim bo’lishi mumkin bo’lgan pul
mablag’larining summasi.
Кassaning orderlari - korxona kassasiga pul kirimi va chiqimining
qonuniyligini va belgilangan maqsad bo’yicha amalga oshirilganligini
asoslovchi xujjatlar.
Кassirning hisoboti - Кassir tomonidan korxona buxgalteriyasiga
topshiriladigan hisobot.
Кassir - kassa pulni qabul qilish, saqlash va berish majburiyati
yuklatilgan javobgar shaxs.
Кvota - ishlab chiqarishda, savdoda, maxsulot eksporti yoki
importida qatnashish ulushi bo’lib, kartelga kiruvchi korxona yoki
kompaniya uchun belgilanadi.
440
Do'stlaringiz bilan baham: |