O bobojonov k. Jumaniyozov
Markazlashgan buxgalteriya
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Menejer
- Mehnat haqi
- Nominal
- Ssuda
Markazlashgan buxgalteriya - buxgalteriya hisobini markazlashti-
rishning yuqori shakli bo’lib, unda bir xil faoliyat yuritayotgan bir birlashmaga qarashli korxonalar xo’jalik va moliyaviy faoliyatining buxgalter hisobi markazlashtirilgan holda buxgalteriya idorasida olib boriladi. Ma’lumki, bunda, buxgalteriya hisobi mexanizasiyalashadi. Menejment - ishlab chiqarishning samaradorligini va foydasini oshirish maqsadida, uni boshqarishning strategiya, falsafa, prinsip, usul va shakllarining summasidir. 442 Menejer - (inglizchada boshqarish) kompaniyalar, banklar, moliyaviy muassasalarni, hamda ularning ichki bo’limlarini boshqaruvchi tarkib. Mehnat birjasi - mehnat bozorida vositachilik jarayonlarini bajaradi. Mehnat birjasi yo’llanmasi bo’yicha kelgan xodimni tadbirkor ishga olmaslik xuquqiga ega. Mehnat haqi - ishchi xizmatchilar shaxsiy iste’moli uchun mo’ljallangan milliy daromadning bir qismidir. Monopoliya - ishlab chiqarish, savdo, xunarmandchilik va boshqalar yuzasidan istisnoli xuquq bo’lib, bir shaxsga, ma’lum bir shaxslar guruhiga yoki davlatga tegishli bo’lishi mumkin. Nominal - qimmatbaho qog’ozning blankada (sertifikatda) qayd etilgan boshlang’ich qiymati. Nou-Xau”(inglizchadan - “bilaman qandayligini”) ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun zaruriy ilmiy- texnikaviy, tijorat, tashqiliy bilimlar. Sertifikat - kredit muassasini pul mablag’larining deponentlash- tirilganligi haqidagi yozma guvoxnomasi bo’lib, jamg’aruvchiga deponent muddati tugagach pul mablag’ini va unga belgilangan foizni olish xuquqini tasdiklovchi xujjat hisoblanadi. Ssuda - Mulkdan bepul foydalanish shartnomasi. Foiz to’lovi bilan kreditga beriladigan pul mablag’i. Tezkor hisob - xo’jalik hisobi usullaridan biri. Tezkor hisob ma’lum bir xo’jalik jarayonini bevosita sodir bo’layotgan joyda va vaqtda ro’yxatga olish tizimidir. Tezkor hisob ma’lum bir bo’lim, sex, xo’jalik faoliyatida rejaning bajarilishi haqida ma’lumotga ega bo’lishi maqsadida o’tkaziladi. Tender - tovarni etkazishga buyurtma berishning yoki ma’lum bir ishni bajarishga pudrat tuzishning maxsus shakli bo’lib, savdo tashkilotchilari kelishuvini samarali tijorat yoki boshqa shartlarini ta’minlash maqsadida bir necha mol etkazib beruvchi yoki pudratchilarni jalb etishni ko’zda tutadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling