Franshiz - boshqa firma maxsulotini sotish yuzasidan berilgan
xuquq.
Franshiza - sug’urta shartnomasi sharti bo’lib, ma’lum bir hajmdan
oshmagan zararlarni koplashdan sug’urtachini ozod qilishni ko’zda tutadi.
Fraxt - transportning turli ko’rinishlarida yuklarni tashish uchun
to’lov.
Fyucher kelishuvi - fond yoki tovar birjalaridagi kelishuv turi,
bo’lib shartnomada qo’rsatilgandek, kelishuv to’zilganidan keyin
belgilangan muddatda aksiyalarni berish yoki tovar uchun pul to’lov
summalarining berilishini nazarda tutadigan kelishuv turi hisoblanadi.
Xayring - mashina, asbob-uskuna, transport vositalari va
boshqalarning bir kundan bir necha oygacha bo’lgan qisqa muddatli
ijarasi, ekvivalenti - prokat.
Xarzver - hisoblash texnikalarining qismlarini ishlab chiqaruvchi
sanoat tarmog’i.
Xedj - tezkor kelishuv bo’lib, mumkin bo’lgan baho pasayishidan
sug’urtalash uchun kelishuv.
Xedjirlashtirish - valyuta xavfini sug’urtalashning turli usullarni
ifodalash uchun bank, birja va tijorat amaliyotida foydalaniladigan termin.
Xolding kompaniyasi - boshqa aksiyadorlik jamiyatlari ustidan
nazoratni olib borish maqsadida ular aksiyalarining nazorat paketlarini
sotib olish uchun o’z kapitallaridan foydalanuvchi aksiyadorlik
kompaniyasi.
Xususiylashtirish - davlat yoki munisipial mulkchilikni (korxona,
bank, transport, aloka, bino, aksiya va boshqalar) to’lov hisobiga yoki
bepul xususiy mulkchilikka berish.
Xo’jalik mablag’larini baholash - tabiiy qo’rsatkichlarni pul
ko’rinishiga aylantirish.
Xalk xujaligidagi hisob turlari - xalq xo’jaligidagi xo’jalik hisobi
tizimidir. Ular buxgalteriya hisobi, statistika va tezkor hisobdir.
Shaxmat yozuvi - xo’jalik jarayonlarini hisob registrlarida shunday
aks ettirishki, bu usulda bir marta yozilgan summa, tegishli schetlarning
debeti va kreditida aks ettirilgan bo’ladi.
Shartnoma - Ikki yoki bir nechta yuridik yoki jismoniy shaxslar
o’rtasida ma’lum bir munosabatlarni o’rnatish, o’zgartirish yoki tugatish
haqidagi kelishuv.
446
Do'stlaringiz bilan baham: |