Eksport - tashqi bozorda sotish uchun tovar va xizmatlarni davlat
chegarasidan chiqarish (xorijga chiqarish).
Emissiya - banklar va xazina biletlarini, qog’oz pullarni va
qimmatbaho qog’ozlarni muomalaga chiqarish. Pul emissiyasi Markaziy
bank tomonidan amalga oshiriladi.
Extiyot qismlar - mehnat predmetlari (materiallari) bo’lib asosiy
vositani tiklashga, mashina, uskuna, transport vositalari va boshqalarning
eskirgan qismlarini almashtirishga muljallangandir.
Yuridik shaxs - tashkilot, korxona, birlashmalar bo’lib, qonunga asosan,
fuqarolik, jumladan xo’jalik xuquqi va burchlari sub’ekti sifatida faoliyat
yuritadi.
Yaroqsiz maxsulot - sifatsiz ishlab chiqarilgan, andoza talablariga
javob bermaydigan mahsulot.
Qarzlar - korxonaning jumxuriyat yoki xorijiy qarzga
beruvchilardan (bankdan tashqari) yoki boshqa jalb qilingan milliy yoki
xorijiy valyutada qarzga olgan mablag’laridir.
Hisob siyosati - xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy hisobotga
tayyorgarlik va uni to’zishda foydalaniladigan tamoyillar, konvensiya,
koida va amaliy yondashuvlar summasi.
Hisob-kitob hisobi - korxonalarning bankdagi hisobi bo’lib, pul
mablag’larini sotish va nakd pulsiz hisob-kitoblar uchun mo’ljallangan.
har bir korxona o’zining hisob-kitob schetiga ega bo’lishi lozim.
Hisob to’lov qaydnomasi (vedomosti) - korxona, tashkilot va
muassasa ishchi xodimlariga mehnat haqi bo’yicha hisob-kitobni aks
ettiruvchi yig’ma xujjat.
Xujjat (lat. documentum - guvoxnoma) - yozma tasdiqlovchi,
guvoxnoma. Buxgalteriya hisobidagi yozuvlar xujjatga asoslanadi.
Buxgalteriya xujjatlari xo’jalik muomalalarining sodir bo’lganligi yoki
ruxsat etilganligi, uning qonuniy va iqtisodiy jixatdan maqsadli ekanligini
tasdiqlaydi.
Xujjatlarning aylanishi - xujjatlarning hisob jarayonida
to’zilishidan to arxivga berilgunga qadar harakatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |