O bobojonov k. Jumaniyozov
Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni
hisobga oluvchi schyotlar 8710 Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) 8720 Jamqarilgan foyda (qoplanmagan zarar) Jamg’arilgan foyda - faoliyat ko’rsatish davridan boshlab mulk egalarining qaroriga asosan xususiy kapitaliga reinvestisiya qilingan va jami olingan foyda summasidan har xil zararlar, dividendlar va sarflarning 375 chegirilishi natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyoriga qolgan sof foyda summasidir. 8710-" Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyotining kreditiga 9910-"Yakuniy moliyaviy natijalar" schyotining debetidan qoplanmagan zararlar summasi esa 8710-" Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyotining debetiga va 9910-"Yakuniy moliyaviy natijalar" schyotining kreditidan hisobdan chiqariladi. Dividendlar hisoblangandan keyin hisobot davridagi taqsimlanmagan foydaning qolgan summasi 8710-" Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyotidan 8720-"Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)lar" schyotiga o’tkaziladi. Agarda olingan foyda summasidan ko’rilgan zararlar va to’langan daromadlar (dividendlar) summasi kup bo’lsa, 8710-"Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyotining debet tomonida qoldiq (saldo) summasi vujudga keladi. Ushbu zararlar summasi 8720-"Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)" schyotining debet tomoniga 8710-"Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyotining kreditidan o’tkaziladi va jamg’arilgan foyda hajmi ushbu summaga kamayadi. Taqsimlanmagan foyda summasining bir qismi dividend (daromad)larni to’lash uchun yo’naltirilsa, ushbu yo’nalitrilgan summa 8710-" Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyotining debeti va 6610-"To’lanadigan dividendlar" schyotining kreditida aks ettiriladi, agarda dividendlar aksiya ko’rinishida to’lansa (o’rtacha bozor bahosida) bu muomala 8710-"Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyotining debeti va 4610-"Ustav kapitaliga badali bo’yicha ta’sisichlarning qarzi" schyotining kreditida aks ettiriladi. Taqsimlanmagan foyda summalaridan qonunchilikda belgilangan tartibda Rеzеrv kapitallarini shakllantirish uchun foydalanish mumkin, ushbu muomalalar 8710-"Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyotining debeti va 8520-" Rеzеrv kapitali (fondi) (O’zR AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MV Buyrug’i taxriridagi satr)" schyotining kreditida qayd qilinadi. Taqsimlanmagan foyda va qoplanmagan zararlar bo’yicha analitik hisob taqsimlanmagan foydalar, qoplanmagan zararlar va jamg’arilgan foydalar bo’yicha ayrim olgan holda yuritiladi. 376 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling