O bobojonov k. Jumaniyozov


Eksport - tashqi bozorda sotish uchun tovar va xizmatlarni davlat  chegarasidan chiqarish (xorijga chiqarish). Emissiya


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Eksport - tashqi bozorda sotish uchun tovar va xizmatlarni davlat 
chegarasidan chiqarish (xorijga chiqarish).
Emissiya - banklar va xazina biletlarini, qog’oz pullarni va 
qimmatbaho qog’ozlarni muomalaga chiqarish. Pul emissiyasi Markaziy 
bank tomonidan amalga oshiriladi.
Extiyot qismlar - mehnat predmetlari (materiallari) bo’lib asosiy 
vositani tiklashga, mashina, uskuna, transport vositalari va boshqalarning 
eskirgan qismlarini almashtirishga muljallangandir.
Yuridik shaxs - tashkilot, korxona, birlashmalar bo’lib, qonunga asosan, 
fuqarolik, jumladan xo’jalik xuquqi va burchlari sub’ekti sifatida faoliyat 
yuritadi. 
Yaroqsiz maxsulot - sifatsiz ishlab chiqarilgan, andoza talablariga 
javob bermaydigan mahsulot. 
Qarzlar - korxonaning jumxuriyat yoki xorijiy qarzga 
beruvchilardan (bankdan tashqari) yoki boshqa jalb qilingan milliy yoki 
xorijiy valyutada qarzga olgan mablag’laridir.
Hisob siyosati - xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy hisobotga 
tayyorgarlik va uni to’zishda foydalaniladigan tamoyillar, konvensiya
koida va amaliy yondashuvlar summasi.
Hisob-kitob hisobi - korxonalarning bankdagi hisobi bo’lib, pul 
mablag’larini sotish va nakd pulsiz hisob-kitoblar uchun mo’ljallangan. 
har bir korxona o’zining hisob-kitob schetiga ega bo’lishi lozim. 
Hisob to’lov qaydnomasi (vedomosti) - korxona, tashkilot va 
muassasa ishchi xodimlariga mehnat haqi bo’yicha hisob-kitobni aks 
ettiruvchi yig’ma xujjat. 
Xujjat (lat. documentum - guvoxnoma) - yozma tasdiqlovchi, 
guvoxnoma. Buxgalteriya hisobidagi yozuvlar xujjatga asoslanadi. 
Buxgalteriya xujjatlari xo’jalik muomalalarining sodir bo’lganligi yoki 
ruxsat etilganligi, uning qonuniy va iqtisodiy jixatdan maqsadli ekanligini 
tasdiqlaydi. 
Xujjatlarning aylanishi - xujjatlarning hisob jarayonida 
to’zilishidan to arxivga berilgunga qadar harakatidir. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling