O bobojonov k. Jumaniyozov
-«Dargumon qarzlar bo’yicha rezervni hisobga oluvchi» schotlar
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3. Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyot (to’lov)ni hisobga oluvchi schyotlar. Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlarning hisobini yuritish.
4910-«Dargumon qarzlar bo’yicha rezervni hisobga oluvchi» schotlar
bo’yicha xo’jalik operatsiyalari Т/ r Xo’jalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bog’lanishi Dеbеt Krеdit 1 Dargumon qarzlar bo’yicha rеzеrv tashkil qilindi 9430 4910 2 Xaridor va buyurtmachilarning qarzlari dargumon qarzlar bo’yicha rеzеrv hisobiga hisobdan chiqarildi 4910 4010, 4020 3 Dargumon qarzlar bo’yicha rеzеrvlar 4910 9390 159 summasining ishlatilmagan qismini ular tashkil etilgan yildan kеyingi yilning foydasiga qo’shilishi 4.3. Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyot (to’lov)ni hisobga oluvchi schyotlar. Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlarning hisobini yuritish. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’zlarining moliyaviy-xo’jalik faoliyatida boshqa sub’ektlar bilan doimo aloqada bo’ladilar: iste’molchi-xaridorlarga tayyor mahsulotlarini sotadilar, ishlarni bajaradilar, xizmat ko’rsatadilar, bo’nak yoki qarz beradilar; o’z navbatida boshqa sub’ektlar oldida majburiyatlari paydo bo’ladi, ya’ni olgan xom ashyo va materiallarning qiymatini to’lash yuzasidan mol etkazib beruvchilar oldida, bajargan ishlari yuzasidan pudratchilar oldida, iste’mol qilingan xizmatlar yuzasidan xizmat ko’rsatuvchilar oldida va hokazo. Majburiyatlar bu hisobot davrida yoki oldingi davrlarda vujudga kelgan qarzlar (kreditorlik) bo’lib, ularning qoplanishi (ya’ni so’ndirilishi) iqtisodiy nafning kamayishiga, ya’ni mavjud aktivlarning kamayishiga olib keladi. Majburiyat sub’ektning turli kelishuvlarni bajarishi natijasida vujudga keladi va tovarlar, ko’rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar yuzasidan kelgusidagi to’lovlar uchun huquqiy asos bo’lib hisoblanadi. 1-sonli BXMS «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ga asosan majburiyatlarni baholashning asosi bo’lib, sotib olingan aktivlar, xizmat va ishlarning tannarxi yoki qiymati hisoblanadi. Majburiyatlar qisqa muddatli (joriy) va uzoq muddatli bo’lishi mumkin. Joriy majburiyatlar bu kreditorning talabiga ko’ra bir yil ichida to’lanadigan majburiyalar(qarzlar)dir. Uzoq muddatli majburiyat(qarz)larga to’lov muddati bir yildan ortiq bo’lgan majburiyatlar kiradi. Amaldagi qonunchilikka asosan, vujudga kelgan xorijiy valyutadagi majburiyatlar so’mda hisobga olinib, hisoblashish-pul xujjatlari yoki shartnomada kelishilgan xujjatlarda ko’rsatilgan muddatda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki o’rnatgan xorijiy valyutaning ko’rslari bo’yicha qayta hisoblash orqali aniqlanadi. Bir vaqtning o’zida ushbu hisoblashishlar valyutada hisoblashish va to’lovlarda aks ettiriladi. Xorijiy valyutalar bilan amalga oshirilgan muomalalar yuzasidan qarzlarni 160 qoplash davrida vujudga kelgan kursning farqlari 9540-«Кurs farqlari bo’yicha olingan daromadlar (ijobiy)» yoki 9620-«Кurs farqlari bo’yicha ko’rilgan zararlar (salbiy)» schyotlarida aks ettiriladi. Joriy (qisqa muddatli) majburiyatlar (qarzlar)ni hisobga olish tartibini yorituvchi ushbu bo’limda hisobning quyidagi schyotlaridagi hisob tartiblari haqida ma’lumotlar keltiriladi: 6000-Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyot (to’lov)ni hisobga oluvchi schyotlar; 6200-Кechiktirilgan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar; 6300-Olingan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar; 6900- Turli kreditorlarga bo’lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar. Tuzilgan shartnomaga muvofiq mol etkazib beruvchilardan tovar- moddiy zahiralari qabul qilib olingan paytdan boshlab sub’ekt va mol etkazib beruvchilar o’rtasida quyidagi yo’nalishlar bo’yicha hisoblashish muomalalari paydo bo’ladi: sub’ektga taqdim etilgan aktivlar, xizmatlar va bajarilgan ishlar bo’yicha; qabul qilish paytida aniqlangan tovar-moddiy qiymatliklari, ishlar va xizmatlar miqdorining ortiqchaligi; etkazib berish yuzasidan xizmatlar, shu jumladan tarif (fraxt) summasining kam hisoblangan summasi yuzasidan va shunga o’xshash muammolar bo’yicha. Ushbu tovar-moddiy qiymatliklar omborxonaga yoki sub’ektning iste’moliga qabul qilinayotganda kirim orderi yozilib ushbu orderlar ilova qilingan holda reestr tuziladi va ombor mudiri tomonidan buxgalteriyaga topshiriladi. Ushbu xujjatlar guruhlashtirilib (taksirovka) va tekshirilib to’lov xujjatiga ilova qilinadi, chunki bank ushbu isbotlovchi xujjat bilangina to’lov topshirig’ini qabul qiladi. Кo’rsatilgan summa mol etkazib beruvchiga to’langandan keyin sub’ektning bankdagi tegishli schyotlaridan-5110, 5210, 5220, 5510, 5520... «Кo’chirma»lar oladi va kodlariga asosan ushbu schyotlarga o’tkazib qo’yadi. hisoblashish muomalari umumlashtirilgan holda 6010-«Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» va 6020-«Berilgan vaisqalar» nomli passiv, sintetik schyotlarda olib boriladi. Bu schyotlarda quyidagi axborotlar yig’ilib boriladi: hisoblashish xujjatlari akseptlangan (to’lashga qabul qilingan) olingan tovar-moddiy zahiralarining qiymatliklari; hisoblashishga qabul qilingan bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar- elektr qo’vvati, gaz, issiqlik, suv va shunga o’xshashlar; 161 hisoblashish xujjatlari to’lashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklarni keltirish, qayta ishlash sarflari; hisoblashishlar rejali to’lov tartibida amalga oshirilgan tovar-moddiy qiymatliklar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlarning qiymati; mol etkazib beruvchilardan xujjatlar kelmagan, lekin dalolatnomaga muvofiq omborga qabul qilingan (fakturasiz) tovar-moddiy qiymatliklarning qiymati; qabul qilish jarayonida ortiqcha chiqqan tovar-moddiy qiymatliklarning qiymati; yuklarni tashish bo’yicha ko’rsatilgan xizmatlarning qiymati; xujjat (fraxt)ga nisbatan kam berilgan tovar-moddiy qiymatliklarning qiymati; aloqa xizmatlari qiymati va shunga o’xshashlar; bosh pudratchi tashkilot ham o’zining subpudratchi tashkilotlari o’rtasida amalga oshiriladigan hisoblashishlar. Schyotlarni to’lash, ularni taqdim qilgan vaqtidan boshlab kuchga kiradi va navbat bilan to’lab boriladi. Нaqiqiy kirimga olingan tovar-moddiy qiymatligining summasi tegishli tovar-moddiy zahiralari schyotlarining debetida aks ettirilib 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» va 6020-«Berilgan veksellar» schyotlarining kreditida qayd qilinadi. Tovar, xom ashyo va materiallarni tashib keltirish, yuklash, tushirish, ularni qayta ishlash xarajatlari ham tegishli tovar-moddiy zahiralari schyotlarining debeti tomonida va 6010 va 6020 schyotlarining kreditida aks ettiriladi. Analitik hisobda tovar-moddiy qiymatliklarning joriy va balansda baholanish tartibidan qat’iy nazar mol etkazib beruvchilardan schyot- fakturasida ko’rsatilgan summaga 6010 va 6020 schyotlari kreditlanadi. Agarda mol etkazib beruvchilarning schyoti akseptlangan va qiymati to’langan bo’lsa, lekin tovar yoki xom ashyo qabul qilinayotganda undan kamomad aniqlansa yoki tabiiy kamayish me’yoridan ortiqcha kamomad aniqlansa tuzilgan tijorat dalolatnomasiga asosan ushbu aniqlangan summaga mol etkazib beruvchilarga da’vo bildiriladi - debet 4860-«Da’volar yuzasidan olinadigan schyotlar» va kredit 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» yoki 6020-«Berilgan veksellar». Moddiy qiymatliklar kuzatuvchi xujjatlarsiz, fakturasiz kelgan bo’lsa quyidagilarni tekshirish zarur: 162 olingan tovar-moddiy qiymatliklarning qiymati oldin to’langanmi yoki yo’qmiq; moddiy qiymatliklarni o’lchab, tortib, navi va bahosiga e’tibor berib tegishli qabul qilish «Dalolatnoma»sini tuzish; ushbu qiymatliklarning debitorlik qarzida turgan yoki turmaganligi. Fakturasiz qabul qilingan xom ashyo va materiallarning qiymati shartnomada ko’rsatilgan yoki joriy hisob bahosida «Dalolatnoma»ga asosan qabul qilinib 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» yoki 6020-«Berilgan veksellar» schyotlarining kreditiga yoziladi va fakturalar kelgandan keyingina bank orqali uning qiymati navbati bilan to’lanadi. Agarda mol etkazib beruvchilarga oldindan bo’nak berilgan bo’lsa to’liq hisoblashish jarayonida umumiy qarz summasidan bo’nak summasi chegirilib (debet 6010 yoki 6020 va kredit 4310-«TMZ uchun berilgan bo’naklar») qolinadi va farq summa to’lanadi- debet 6010 va kredit 5110 yoki 5210, yoki 5500, yoki 6910, yoki 6940 va hokazo. Ayrim hollarda olinadigan tovarlar, material va xom ashyolarning to’lov xujjatlari sub’ektga kelgan, lekin ushbu qiymatliklar omborxonaga kelib tushmagan bo’lishi mumkin. Lekin ushbu to’lov xujjatlari bank tomonidan to’langanmi yoki yo’qmi, qat’iy nazar sub’ekt tomonidan to’lashga qabul qilinishi (akseptlanishi) zarur. Ushbu xujjatlar 6-jurnal orderining aksept ustunidagi «Кelib tushmagan yuklar» ustinida qayd qilib boriladi. Oy oxirida esa ushbu xujjatga asosan «Yo’ldagi qiymatliklar» sifatida sub’ektning balansiga qabul qilinadi. Ushbu materiallar omborxonaga qabul qilingandan keyin kirim orderiga asosan ikkinchi marta qabul qilinib oldingi «Shartli qabul qilingan» qiymati chegiriladi. 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» va 6020-«Berilgan veksellar» schyotlarida analitik hisob har bir mol etkazib beruvchi bo’yicha ayrim yuritiladi. Chunki bu schyotlar yordamida akseptlangan, to’langan va qarz bo’lib qolgan summalar nazorat qilinadi va mol etkazib beruvchilar oldidagi majburiyatga rioya qilishga tezkorlik bilan yordam beradi, bundan tashqari: schyotlar akseptlangan lekin to’lash muddati kelmagan; boshqa hisoblashish xujjatlari bo’yicha; muddati o’tgan to’lovlar bo’yicha; fakturasiz qabul qilingan moddiy qiymatliklar bo’yicha; qiymatini to’lash muddati kelmagan veksellar bo’yicha; qiymatini to’lash muddati o’tgan veksellar bo’yicha; 163 olingan tijorat qarzlari bo’yicha hisoblashishlarning holati nazorat qilib boriladi. Mol etkazib beruvchilar bilan hisoblashishlar umumlashtirilgan holda 6- jurnal orderda 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» va 6020-«To’lanadigan veksellar» schyotlarining krediti bo’yicha qayd qilib boriladi. Bu jurnal-orderda analitik va sintetik hisob bir vaqtning o’zida olib boriladi, analitik hisob har bir to’lov xujjati, kirim orderi yoki qabul qilish dalolatnmoasiga asosan yuritiladi. Bu jurnal-order har oyning boshiga mol etkazib beruvchilarga to’lanmagan summa bilan ochiladi va unda: to’lov muddati kelmagan xujjatlar bo’yicha; to’lov muddati o’tgan xujjatlar bo’yicha; qiymatliklar kelib tushmagan lekin to’lov xujjati bo’yicha qiymati to’langan; qiymatliklari kelib tushmagan va to’lov xujjatlari to’lanmagan; to’lov muddati kelmagan veksellar; to’lov muddati o’tgan veksellar; fakturasiz qabul qilingan qiymatliklarning oy boshiga qoldiq summasi alohida olgan holda ko’rsatiladi; 6010 va 6020 schyotlar bo’yicha 6-jurnal-orderda har bir xujjatga to’liq ma’lumot yig’iladi. sanasi; qayd qilish №; raqami mol etkazib beruvchining nomi va manzili; ombordagi kirim xujjatining №; kirim qilingan tovar-material qiymatliklarining joriy hisobidagi bahosi; to’lov xujjatidagi qiymati; qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i; bojxona to’lovlari va yig’imi va hokazolar. 6020-«Berilgan veksellar» schyotida sub’ektning TMB va boshqa aktivlarni, bajarilgan ishlarni va ko’rsatilgan xizmatlarni sotib olish uchun bergan veksellari aks ettiriladi. To’lanadigan veksellar foizli yoki foizsiz bo’lishi mumkin. Foizli veksellarda vekselning asosiy summasini-nominal qiymatini va belgilangan foiz miqdorini aniq ko’rsatadi. Foizsiz veksellarda haqiqatda foiz to’lashni nazarda tutadi, chunki bunday veksellarning nominal qiymatini qoplash muddatida to’lanadigan yagona summani tashkil etadigan qarz va foiz summalarini o’zida aks ettiradi. Ushbu schyotning kreditida sotib olingan TMB, boshqa aktivlar- bajarilgan ishlar va 164 xizmatlar uchun veksel bilan ta’minlangan joriy majburiyatlar aks ettirilib, ular qoplanishi davrigacha hisobga olinadi. Veksellar bo’yicha majburiyatlar qoplansa, tegishli pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlarning krediti va 6020-«Berilgan veksellar», 6820-«Нisoblangan foizlar» schyotlarining debetida ushbu muomalarga tegishli summalar aks ettiriladi. 6020-«Berilgan veksellar» schyoti bo’yicha analitik hisob berilgan veksellarning har bir turi bo’yicha olib boriladi. To’lov muddati o’tgan veksellar bo’yicha hisob alohida yuritiladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling