O bobojonov k. Jumaniyozov


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

AV-7 namunaviy shakli 
Inventar kartochkalarning ro’yxati
Кartochkaning 
raqami
Inventar 
raqami
Ob’ektning 
nomi
981 va hokazo
2264
Tokar stanogi
Asosiy vositalarning har bir guruhi yoki turiga asosiy vositalarning 
harakatini hisobga oluvchi kartochka (AV-8 shakli) ochiladi. Har oyda 
asosiy vositalarning kelishi va chiqib ketishi to’g’risidagi yakuniy 
ma’lumotlar shu kartochkaga ko’chiriladi. Bu kartochka (jurnal) quyidagi 
ko’rinishga ega:
AV-8 namunaviy shakli
199


Asosiy vositalar harakati hisobining kartochkasi
Hisobot 
davri
Hisobot 
davrining 
1-kunida 
mavjud 
bo’lgan 
asosiy 
vositalar
Кeldi, 
ham-
masi
Кetdi, 
ham-
masi
Shu jum-
ladan eski-
rishi va 
ishdan 
chiqishi 
natijasida
Eskirish 
(yanvar 
oyidagi 
hammasi, 
keyingi 
oylar-dagi 
o’z-garish 
summalari
)
Tugalla
ngan 
kapital 
tuzatish
ga 
ketgan 
xara-
jatlar
Aprel
May
Iyun
135796
147247
162547
11450
18700
4500
3400
-
7000
-
2500
5500
6150
9500
10400
4050
3600
3250
Кvartalga 
jami va 
x.k.
X
34650 10400
8000
26050
10900
Bunday kartochkalar asosiy vositalar bo’yicha analitik hisobining 
ma’lumotlarini sintetik hisobi ma’lumotlari bilan solishtirib tekshirish 
uchun xizmat qiladi. Ular har yilning yanvaridan boshlab ochiladi. Dastlab 
ularda asosiy vositalarning turlari bo’yicha 1 yanvarga mavjud bo’lgan 
ob’ektlarning qiymati aks ettiriladi, so’ngra har oydagi sodir bo’lgan 
o’zgarishlar (oborotlar) aniqlanib, keyingi oyning boshiga mavjud bo’lgan 
asosiy vositalarning summasi yozib qo’yiladi. Uning ma’lumotlariga 
asosan asosiy vositalarning harakati to’g’risida jamlama qaydnomasi 
tuziladi va ularning yakunlari bosh daftarlarning yakunlari bilan 
solishtirilib, tekshirib chiqilgandan keyin asosiy vositalarning harakati 
to’g’risidagi hisobot tuziladi.
Buxgalteriyada asosiy vositalar 0100 - «Asosiy vositalar» deb atalgan 
invenatar schyotlarining guruhida dastlabki qiymatda hisobga olinadi. 
Dastlabki qiymat sub’ektning ta’sischilari tomonidan uning ustav 
kapitaliga o’zlarining badallari sifatida topshirilgan ob’ektlar bo’yicha har 
ikkala tomonning kelishuviga qarab, sub’ektning o’zida yoki boshqa 
tashkilotlar va shaxslardan sotib olingan ob’ektlar bo’yicha esa shu ob’-
ektlarni qurish yoki sotib olishga ketgan haqiqiy xarajatlar, shu jumladan 
ularni keltirish, montaj qilish va o’rnatish xarajatlarining yig’indisiga 
asosan baholanadi. Boshqa tashkilot va shaxslardan tekinga olingan hamda 
davlat organlaridan subsidiya sifatida olingan ob’ektlarning qiymati 
ekspert tomonidan yoki qabul qilish-topshirish xujjatlarining 
ma’lumotlariga qarab baholanadi.
200


Yuqorida eslatib o’tilgandek, asosiy vositalarni sotib olish manbalari 
asosan sub’ektning o’z mablag’lari, chetdan jalb qilingan mablag’lardan 
iborat bo’lib, ular ta’sischilar tomonidan sub’ektning ustav kapitaliga 
badallar sifatida va boshqa tashkilotlardan tekinga olinishi mumkin. O’z 
mablag’larining manbalariga asosiy vositalraning qayta tiklangan eskirish 
(amortizasiyasi) summasi, 1992 yilgacha qurilgan va keltirilgan ob’ektlar 
bo’yicha indeksasiyalashtirilgan amortizasiyasi miqdorida hosil qilingan 
Rеzеrv (rezerv), sub’ektning sof foydasi hisobidan yaratilgan 
jamg’armadan va boshqalardan iborat.
Chetdan jalb qilingan mablag’larning manbalari esa bank kreditlari, har 
xil yuridik va jismoniy shaxslardan olingan qarzlardan iborat bo’ladi.
0100-schyotlarning debetida sub’ektning mulki hisoblangan va lizing 
ijarasiga olgan asosiy vositalarining har oyning boshiga bo’lgan qoldig’i 
dastlabki qiymatda aks ettirilib, uning debetida tegishli schyotlar bilan 
korrespiondensiyalangan holda hisobot oyida sodir bo’lgan quyidagi 
xo’jalik muomalalari aks ettiriladi:
0810-schyotining krediti bilan – hisobot oyidagi kapital qo’yilmalar 
natijasida foydalanishga topshirilgan ob’ektlarning dastlabki qiymati;
4710-schyotining krediti bilan – ta’sischilar tomonidan sub’ektning 
ustav kapitaliga o’z badallari sifatida kelishilgan qiymatda topshirgan 
asosiy vositalarning qiymati; 
8523-schyotining krediti bilan – tekinga olingan asosiy vositalarning 
ekspert tomonidan belgilangan qiymati;
0820-schyotining kredit bilan – xususiylashtirilgan sub’ekt asosiy 
vositalarni kim oshdi savdosida sotib olib, kirimga olinishi;
8531-schyotining krediti bilan- ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarishdagi asosiy vositalarning balans qiymatining oshirilishi
/
qayta 
baholanganda
/
;
0210-schyotning krediti bilan – joriy ijara bo’yicha ijarachi 
tomonidan qaytarilgan asosiy vositalarga, ijarachining kapital 
qo’yilmalariga shu asosiy vositalar qiymatining oshirilishi va hokazolar;
0110-0190-schyotning krediti bilan asosiy vositalarning ichki 
harakati yoki joriy ijaradagi berilishi;
0310-schyotning krediti bilan – ijarachi sotib olganda;
0840-schyotning krediti bilan asosiy poda tashkil qilinganda;
0810-schyotining krediti bilan – vaqtinchalik foydalanish uchun 
qurilgan ob’ektlarni foydalanishga topshirishda.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling