O bobojonov k. Jumaniyozov
Ayrboshlashdan olingan foydani tan olmaslik quyidagicha qayd
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qaytarilmaslik sharti bilan berish yo’li orqali asosiy vositalarning chiqib ketishi.
Ayrboshlashdan olingan foydani tan olmaslik quyidagicha qayd
qilinadi: Agarda bir toifadagi uskunalar ayrboshlansa asosiy vositalarni ayrboshlashdan olingan foyda hisobda aks ettirilmaydi. Bunday hollarda ob’ektning boshlang’ich qiymati vujudga keladigan foyda summasiga kamaytiriladi. boshlang’ich qiymat eski uskunaning balans qiymatiga to’langan pul mablag’lari summasini qo’shish yo’li bilan hisoblanadi. Ushbu tartibda chegirma tan olinmaydi. Eski uskunaning balans qiymati ............... 1.850.000 To’langan pul mablag’lari ......................... 9.000.000 Yangi uskunaning hisobdagi qiymati ......... 10.850.000 Agarda, avvalgi ko’rib chiqilgan misolning ma’lumotlaridan foydalanilsa, buxgalteriya yozuvi quyidagicha ko’rinishda bo’ladi: 30 sentyabr 20xx y. Uskuna (yangi) ...... (0130) ......................... 10.850.000 Jamlangan amortizasiya ...(0230)................. 4.685.000 Uskuna (eski) ....................(0130)............... 6.500.000 Pul mablag’lari .................(5110)................ 9.000.000 Bu tartib, ya’ni foydaning ko’rsatilmasligi haqiqatda uning muddatining uzaytirilishini anglatadi. Masalan, yuqorida keltirilgan holda, ma’lum sharoitlarda yangi dastgohning sotish natijasida hisobdan chiqarilishida, uning balans qiymati 12.000.000 so’m o’rniga, 10.850.000 so’m bo’ladi, ammo amortizasiya 10.850.000 so’m qiymatidan hisoblangani uchun, ko’rsatilmagan foyda, har yillik amortizasiya chegirmalarida ifodalanadi (1.150.000 so’m). Qaytarilmaslik sharti bilan berish yo’li orqali asosiy vositalarning chiqib ketishi. Кorporasiyalar vaqti-vaqti bilan aktivlarni boshqa tashkilotlarga xayriya sifatida beradilar. Masalan, kompyuter ishlab chiqaruvchilar ko’pincha kompyuter uskunalarini universitetlarga beradilar. Aktivlarni bergan shaxs, bu holda berilgan aktivlarning bozor qiymatiga teng bo’lgan xarajatlarni hisoblaydilar. Bozor qiymati berib yuborilgan aktivlarning balans qiymatiga emas, balkim, to’g’rirog’i beruvchi kompaniyaning olinmagan iqtisodiy samaradan ko’rgan yo’qotishlariga tengdir. 209 Balans va bozor qiymatining ayirmasiga teng bo’lgan foyda yoki zarar, qaytarilmaslik sharti bilan (tekinga) berib yuborilgan aktiv sifatida hisobga olinadi. Faqatgina qaytarilmaslik sharti bilan berilishi bo’yicha so’zsiz majburiyat bo’lgandagina xarajatlar moddasi bo’yicha hisoblash amalga oshiriladi. Foydalanishdan chiqib ketgan asosiy vositalarni qayta turkumlashtirish. Xizmat muddati tugagunga qadar sub’ektning foydalanishdan chiqib ketgan asosiy vositalari buxgalteriyada tegishli schyotlaridan hisobdan chiqariladi. Amortizasiya aktivlarni qayta turkumlashtirish vaqtiga- momentiga hisobga olinadi, so’ngra, amortizasiya summasi ortib borish yakuni bilan va aktivlarning schyotidan yangi «Boshqa aktivlar» schyotiga hisobdan chiqariladi. Bundan tashqari, agarda aktivlarning bozor qiymati ularning balans qiymatidan past bo’lsa, zarar hisoblanadi va «Boshqa aktivlar» bozor qiymati bo’yicha debetlanadi va aksincha, agarda bozor qiymati balans qiymatidan ortiq bo’lsa, «Boshqa aktivlar» balans qiymati bo’yicha debetlanadi, lekin foyda hisobga olinmaydi va amortizasiya summasi sifatida kelgusida qo’shimcha daromad olishga yordam beradi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling