O bobojonov k. Jumaniyozov
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
Davrlar
Boshlang’ic h qiymati Yillik amortizasiya summasi Jamlangan amortizasiya summasi Balans qiymati Xarid sanasi 10 - - 10 1 yil oxiri 10 (40%x10)=4 4 6 2 yil oxiri 10 (40%x6)=2.4 6.4 3.6 3 yil oxiri 10 (40%x3.6)=1.4 4 7.84 2.16 4 yil oxiri 10 (40%x2.16)=0. 864 8.704 1.296 5 yil oxiri 10 0.296 9.0 1.0 Jadvaldan ko’rinib turganidek, amortizasiyaning qat’iy me’yori doimo oldingi yilning balans qiymatiga nisbatan ishlatilgan. Amortizasiya summasi (eng kattasi birinchi yilda) yildan-yilga kamayadi va nihoyat, oxirgi yildagi amortizasiya summasi balans qiymatining qoldiq qiymatigacha kamaytirish uchun zarur bo’lgan summa bilan cheklangan. 223 1996 yil 31 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 469-sonli qaroriga binoan Respublika Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi tomonidan «Asosiy vositalarning guruhlari bo’yicha amortizasiyaning yagona me’yorlari to’g’risida»gi yangi tartibi ishlab chiqildi. Bu qarorga binoan, amortizasiya ajratmalarini hisoblashni soddalashtirish maqsadida 1997 yil 1 yanvardan boshlab barcha asosiy vositalar bir yillik amortizasiya me’yorlari bo’yicha quyidagi besh guruhga bo’lingan: 1. Imoratlar, inshootlar va qurilishlar – 5 foiz. 2. Engil avtomobil, taksi, yo’llarda ishlatiladigan avtotraktor texnikasi, maxsus uskunalar va jihozlar. Кompyuterlar, uning yonlaridagi jihozlari va ma’lumotlarni ishlash bo’yicha asboblar – 20 foiz. 3. Avtotransportning harakatdagi tarkibi /sostavi/: yuk tashuvchi avtomobillar, avtobuslar, maxsus avtomobillar va avtotirkovlar. Sanoatning barcha tarmoqlari, tikuv ishlab chiqarish uchun mashina va asbob-uskunalar, temirchi-presslash asbob-uskunalari, qurilish asbob- uskunalari, qishloq xo’jalik mashinalari va asbob-uskunalar, ofis uchun mebellar – 15 foiz. 4. Boshqa guruhlarga kiritilmagan amortizasiyalanadigan aktivlar – 10 foiz. 5. Temir yo’l, dengiz, daryo va havo transporti vositalari. Кuchlantiruvchi mashinalar va asbob-uskunalar, issiqlik-texnikaviy asbob- uskunalar, turbina asbob-uskunalari, elektr dvigatellari va dizel generator- lar. Elektr o’tkazgich va aloqa qurilmalari. Turuboprovodlar – 8 foiz. Bu yangi qarorda korxonalarga, kerak bo’lsa, amortizasiya me’yorlarni tasdiqlangan me’yorlarga qaraganda kamaytirish yoki tezlashtirilgan amortizasiya hisoblash usulidan foydalanishga ruxsat etilgan. Tezlashtirilgan amortizasiyadan foydalanilganda qo’llanilgan koeffisient "Nizom" bilan belgilangan me’yordan 2 barobardan oshmasligi va tasdiqlangan me’yorlardan ortiq bo’lgan summani foyda-daromadga solinadigan soliq bo’yicha soliqqa tortiladigan bazaga qo’shilishi kerakligi ta’kidlangan. Yangi tartibga asosan amortizasiya quyidagi asosiy vositalar bo’yicha hisoblanmaydi: mahsuldor hayvonlar, qo’tos va ho’kizlar; kutubxona fondlari; hokimiyatlarga va umumiy foydalanishdagi avtombil yo’llariga qarashli shahar obodonchiligi inshootlari: 224 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan konservasiyaga o’tkazilgan asosiy vositalar; To’la amortizasiyalangan asosiy vositalar. Qurilayotgan korxonaning sotib olingan asosiy vositalari hamda tugallanmagan qurilishdagi ob’ektlar bo’yicha amortizasiya kuruvchi tashkilot tomonidan asosiy fondlarning qiymati to’g’risidagi ma’lumot- nomaga asoslangan holda sub’ekt tomonidan belgilangan me’yorlar asosida hisoblanadi. Shunday qilib «Amortizasiyaning me’yorlari to’g’risida»gi nizomda amortizasiya me’yorlarining ancha qisqartirilganidan tashqari qo’shimcha ravishda qo’llash uchun tavsiya etiladigan koeffisientlar ham chiqarib tashlangan. Shubhasiz, bu yangilik amortizasiya ajratmalarini hisobga olishni ancha osonlashtiradi va ishlatilayotgan asosiy vositalarning qiymatini va ulardan foydalanish muddatini aniqlashni soddalashtiradi. Ilgari mavjud bo’lgan amortizasiya ajratmalarini tiklab olish, hisoblash va ularni ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxiga adolatli kiritish imkonini beradi, lekin bu aniqlik va ob’ektivlikka putur etkazishi mumkin. Ma’lumki, shu vaqtgacha qo’llanib kelinayotgan amortizasiya me’yorlari mukammal, asoslangan hisob-kitoblar bilan hisoblangan bo’lib, ularning katta-kichikligi asosiy vositalarning bir guruhi ichida ham katta farq qiladi. Masalan, faqat engil sanoatdagi mashina va asbob- uskunalarining guruhini olsak ayrim ob’ektlar bo’yicha amortizasiya me’yorlari 4,3 dan 14,3 foizgacha belgilangan bo’lsa, qurilish materiallari sanoatida ular 5 dan 25 foizgacha farqlanadi va hokazo. Buning uchun, masalan, korxona yanvar oyida ishga tushiriladigan bo’lsa, ushbu korxonadagi barcha asosiy vositalarning ob’ektlari joylashgan joylari va belgilangan yagona amortizasiya ajratmalarining me’yorlariga ko’ra turlari (shifrlari) bo’yicha guruhlanib chiqiladi. Buning uchun ma’lumotlar har bir asosiy vositaning ob’ekti uchun ochiladigan analitik kartochkalardan olinadi. Har oydagi amortizasiya ajratmalarni hisoblash uchun buxgalteriyada qo’llaniladigan maxsus 6-sonli ishlov jadvalidan, avtotransport bo’yicha esa 9-sonli ishlov jadvalidagi shaklidan foydalaniladi. Bu jadval shunday tuzilganki, uning ma’lumotlari asosida har bir navbatdagi hisobot oyining amortizasiya ajratmalari summasini o’tgan oydagi hisoblab topilgan amortizasiya summalari asosida osonlik bilan topish mumkin. Masalan, bizning misolimizdagi sub’ekt bo’yicha yanvar oyida ishga tushirilgan fevral oyining amortizasiya ajratmalari summasini 225 topish uchun ishlov jadvalida yanvar oyining amortizasiya summasiga shu yanvar oyida ishlatilgan va topshirilgan asosiy vositalar ob’ektining har biri bo’yicha bir oylik amortizasiya ajratmalarining summalari qo’shilib, o’sha oyda foydalanishdan chiqib ketgan asosiy vositalarning ob’ektlari bo’yicha bir oylik amortizasiya ajratmalarining summasi chegirib (olib) tashlanadi. Agar yanvar oyidagi asosiy vositalar tarkibida hech qanday o’zgarishlar bo’lmasa, unda fevral oyidagi amortizasiya summasi yanvar oyidagi amortizasiya summasiga teng bo’ladi. Shunday qilib, ishlov jadvalining ma’lumotlari har oydagi amortizasiya ajratmalarining summasini tegishli sex va uchastkalarning xarajatlarida aks ettirish, ya’ni debetlanuvchi 2010, 2300, 2510, 2610, 9410, 9420, 9450 va boshqa schyotlarning debetiga «Asosiy vositalarning eskirishi» summasini yozish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling