O bobojonov k. Jumaniyozov
Asosiy vositalarga amortizasiya hisoblashning
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
5.7. Asosiy vositalarga amortizasiya hisoblashning
tartibi va usullari. Yuqorida ta’kidlanganidek, sub’ektlarning asosiy vositalari foydalanish jarayonida asta-sekin eskirib boradi. Bu eskirishning iqtisodiy mohiyati shundan iboratki, asosiy vositalar o’z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxiga o’tkazib, iste’mol qiymatini asta-sekin yo’qotib boradi. Sub’ektlarning mulki bo’lgan asosiy vositalarning eskirishi 0200-«Asosiy vositalarning eskirishi» passiv, sintetik schyotlarning guruhida hisobga olinadi. 217 Asosiy vositalarning eskirishi har oyda belgilangan va amaldagi me’yorlar bo’yicha to’la tiklash uchun ajratilgan amortizasiya summasi miqdorida aniqlanadi. 0200-«Asosiy vositalarning eskirishi» schyotlarining guruhi quyidagi schyotlardan tashkil topgan: 0200 ASOSIY VOSITALARNING ESKIRISHINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR 0211 Еrni obodonlashtirishning eskirishi 0212 Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi (O’zR AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MV Buyrug’itaxriridagi satr) 0220 Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi 0230 Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi 0240 Mеbеl va ofis jihozlarining eskirishi 0250 Kompyutеr jihozlari va hisoblash tеxnikasining eskirishi 0260 Transport vositalarining eskirishi 0270 Ishchi qayvonlarning eskirishi 0280 Ko’p yillik o’simliklarning eskirishi 0290 Boshqa asosiy vositalarning eskirishi 0299 Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi (O’zR AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MV Buyrug’itaxriridagi satr) To’la qiymatiga amortizasiya hisoblangan asosiy vositalarga eskirish hisoblanmaydi. Asosiy vositalarning eskirishi ikki xil bo’ladi. Birinchisi – jismoniy eskirish va ikkinchisi, ma’naviy eskirishdir. Jismoniy eskirish deb asosiy vositalarning atmosfera sharoitlari ta’sirida va ulardan foydalanish jarayonida uning moddiy tuzilishida ichki o’zgarishlar /zanglash, chirish, ayrilish/ sodir bo’lganda boshlang’ich holatining yo’qolishiga aytiladi. Jismoniy eskirish asosiy vositalardan foydalanish jarayonida ham ular bekor yotganda ham sodir bo’lishi mumkin. Asosiy vositalarning jismoniy eskirishining darajasi ularning ishlab chiqarishdagi foydalanishi bilan bandlik darajasiga, sifatiga texnologik jaryonning xususiyatlariga, chetki sharoitlardan muhofaza qilish va parvarish qilish sifatlari, hamda ishlaydigan ishchilarning malakasiga bog’liq. 218 Asosiy vositalarning texnikaviy tavsifi va iqtisodiy samaradorligining davr talabidan, ya’ni haqiqatdan orqada kolishi ma’naviy eskirishi deb ataladi. Ma’naviy eskirish o’z navbatida ikki xil bo’lishi mumkin. Birinchisi – shu kabi asosiy vositalarni qayta ishlab chiqarishining arzonroqqa tushishi natijasida ular qiymatining kamayishi bo’lsa, ikkinchisi – yangi va ilg’orroq asosiy vositalarni joriy qilish va ularning texnikaviy jihatdan orqada qolishi natijasida qiymatining pasayib ketishi hisoblanadi. Asosiy vositalarni qayta tiklash va qayta ishlab chiqarish maqsadida ularning har oydagi eskirgan qiymati mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning tannarxiga qo’shib boriladi. Ushbu ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ish va xizmatlarning tannarxiga qo’shiladigan asosiy vositalarning eskirish summasi to’la qayta tiklashga belgilangan amortizasiya ajratmalarining o’rnatilgan me’yorlariga asosan hisoblanadi. Bu me’yorlar asosiy vositalrning balans qiymatiga nisbatan bir yillik foizlar hisobida belgilanadi va davlat tomonidan yagona tartibda tasdiqlanadi. o’rnatilgan me’yorlar barcha sub’ektlar uchun yagona va majburiy bo’lib hisoblanadi. Amortizasiya ajratmalarining me’yorlari asosiy vositalarning guruhlari va turlariga belgilanadigan umumiy me’yorlardan iborat. Amortizasiya miqdorini hisoblashga ta’sir qiluvchi omillar quyidagilardan iborat: boshlang’ich qiymati; qoldiq qiymati; amortizasiya qilinayotgan qiymati; taxmin qilinayotgan foydalanish muddati; o’rnatilgan amortizasiya me’yori. Asosiy vositalar bo’yicha amortizasiya ajratmalari /eskirish/ning bir yillik summasini topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: = c A м к к х к Ф ) К М ( ) Т Б ( + − + bunda: A s – amortizasiyaning yillik summasi; B q – asosiy vositalarning balans qiymati; T x – taxminiy tugatish xarajatlari; M q – asosiy vositalarning tugatilishidan olinadigan materiallarning taxminiy qiymati; К q – asosiy vositalarning taxminiy qoldiq qiymati; F m – asosiy vositalardan foydalanish muddati. To’la qayta tiklashga mo’ljallangan amortizasiya ajratmalari (eskirish) ning yillik me’yori (E m )ni topish uchun esa quyidagi formuladan foydalaniladi: 219 м к к к х к м Ф Б 100 ) К М ( ) Т Б ( Э × × + − + = Masalan, asosiy vositaning balans qiymati (B q ) 2500000 so’m, tugatish xarajati (T x ) - 200000 so’m, asosiy vositani tugatishdan olingan materiallarning qiymati (M t )-400000 so’m qoldiq qiymati (Q q )-300000 so’m va asosiy vositalardan foydalanish muddati (F m )-10 yil deb faraz qilsak, unda to’la qayta tiklashga mo’ljallangan yillik amortizasiyaning (eskirish) me’yori (E m )- 8% bo’ladi. 10 2500000 100 ) 400000 200000 2500000 ( Э м × × − + = Amortizasiya summasini hisoblash jarayonida quyidagi usullardan foydalaniladi: 1. Qiymatni bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisobdan chiqarish usuli; 2. Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizasiyani hisoblash (ishlab chiqarish) usuli; 3. Tezlashtirilgan hisobdan chiqarish usuli; a) sonlar yig’indisi bo’yicha qiymatni hisobdan chiqarish (kumulyativ) usuli; b) qoldiqni kamaytirish usuli. Bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisobdan chiqarish usuli. Bu usulga muvofiq, ob’ektning amortizasiyalanadigan qiymati uning xizmat qilish muddati (davri) mobaynida bir tekisda hisobdan chiqariladi (taqsimlanadi). Ushbu usul, amortizasiya summasining aktivning xizmat muddatining uzoq davom etishiga bog’liqligiga asoslanadi. Har bir davr uchun amortizasion chegirmalar summasi amortizasiyalanadigan qiymatni (ob’ektning boshlang’ich qiymatidan uning qoldiq qiymatining ayirmasi) ob’ektdan foydalanishning hisobot davri soniga bo’lish orqali hisoblanadi. Amortizasiya me’yori doimiy hisoblanadi. Masalan, yuk mashinasining boshlang’ich qiymati 10.000.000 so’m besh yil muddatli foydalanish davri oxiridagi qoldiq qiymati 20% ni tashkil qiladi yoki to’g’ri chiziqli hisoblab chiqarish usuliga binoan 1.800.000.0 so’mni tashkil etadi. Ushbu tartibda amortizasiya hisoblash quyidagicha bajariladi: Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling