O bobojonov k. Jumaniyozov
Lizing muomalalari hisobining xususiyatlari
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0300- « Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari Т/r
5.9. Lizing muomalalari hisobining xususiyatlari.
Moliyalashtirilgan ijara sharoitida ijaraga beruvchi ijarador bilan berilayotgan ob’ektning qiymati summasida yoki undan ortiq summada shartnoma tuzadi va ko’pchilik hollarda ushbu ijaraga berilgan ob’ekt ijarachining mulkiga aylanadi. Shartnomada ko’rsatilgan ob’ektning kelishilgan summasi 0310 - «Lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar» schyotining debetida qayd qilinadi. Bu schyot aktiv inventar schyot bo’lib, uning debeti tomonida ijaraga olingan asosiy vositalarning mavjudligi va krediti tomonida ijaradorning mulkiga berish summasi, sotib olingan ob’ektlarning qiymati yoki ijara majburiyatlari summasining ijaraga beruvchiga qaytarilishi aks ettiriladi. Natijada 0310- «Lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar» schyoti yopiladi. Ushbu muomalani isbotlash uchun quyidagi misolni keltiramiz: KAMAZ avtomobiliga o’rnatilgan avtokran; shartnoma bahosi 3.5 mln.so’m; hisobot oyida eskirish hisoblandi 52500 so’m, ushbu summa quyidagi schyotlarda qayd qilinadi: Debet 2310-"Yordamchi ishlab chiqarish" schyoti va Кredit 0211-"Lizing shartnomasi olingan asosiy" schyoti. 0310-«Lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar» schyoti bo’yicha analitik hisob ijaraga olingan har bir asosiy vositaning inventar ob’ekti bo’yicha ayrim olingan holda yuritiladi. 0300- « Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari Т/r Xo’jalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bog’lanishi Dеbеt Krеdit 1 Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha asosiy vositalarning kеlib tushishi 0310 6950 7910 2 Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning xususiy asosiy vositalar tarkibiga o’tkazilishi. 0110- 0190 0310 0211- 237 Bir vaqtning o’zida eskirish summasining o’tkazilishi 0299 0290 3 Moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugaguniga qadar ijaraga bеruvchiga qaytarilgan ob'еktga hisoblangan eskirish summasi 0299 0310 4 Moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugaguniga qadar ijaraga bеruvchiga qaytarilgan ob'еktlar bo’yicha moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha to’lanmay qolgan qoldig’ning: joriy qismiga Uzoq muddatli qismiga 6950 7910 0310 0310 5 Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni qayta baholash: a) qiymatining oshirilishi b) qiymatining kamaytirilishi 0310 8510 8510 0310 Hozirgi davrda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar nafaqat ob’ektlarni ijaraga oladilar, balkim o’zidagi vaqtincha ishlatilmay turgan ortiqcha asosiy vositalarni boshqa sub’ektlarga ijaraga ham beradilar. Ya’ni, ijaraga beruvchi vazifasini ham bajaradilar. Asosiy vositalar ijaraga berilayotganda tegishli ijara shartnomasi tuziladi va unda ijara shartlari, ya’ni ijara muddati to’lanadigan summalar, to’lash vaqtlari, to’lash tartiblari va boshqa shartlar ko’rsatiladi. Ushbu ijara to’lovlari muomalalarini hisobga olish uchun 0920-«Olinadigan moliyalashtirilgan lizinglar» schyoti ochilgan. Ushbu schyot ijaraga beruvchi tomonidan yuritiladi. Tuzilgan «Dalolatnoma»ga muvofiq, ijarachiga tegishli ob’ekt ijaraga berilgan vaqtda uning balans qiymati 9210- «Asosiy vositalarning chiqib kеtishi» schyotining debetiga va tegishli 0100-«Asosiy vositalar» schyotining kreditidan olib boriladi va shartnomaga asosan kelishilgan baholar ijara summasining uzoq muddatli qismi 0920-«Moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar» schyotining debetida, qisqa muddatli qisim esa 4810-" Молиявий ижара бo’йича олинадиган тo’ловлар - жорий исм қ Moliyalashtirilgan lizing bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar" schyotining debetida va umumiy summa 9210-" Asosiy vositalarning 238 chiqib kеtishi" schyotining kreditida ko’rsatiladi va farq summasi esa quyidagi tartibda aks ettiriladi: muddati uzaytirilgan daromad qismi 7290-"Boshqa muddati uzaytirilgan majburiyatlar" schyotida va joriy daromad qismi esa 6210-"Muddati uzaytirilgan daromad" schyotining kreditiga 9210-" Asosiy vositalarning chiqib kеtishi " schyotining debetidan olib boriladi. Uzoq muddatli ijara shartnomasiga asosan hisoblangan foizlarning joriy qismi 4820-"Olinadigan foizlar" schyotining debetida va 9530- «Foiz ko’rinishidagi daromadlar» schyotining kreditida qayd qilinadi. Ijaraga berilgan asosiy vositaning qoldiq qiymati bilan shartnomada kelishilgan ijara summasining o’rtasidagi farq 7290-"Boshqa muddati uzaytirilgan majburiyatlar" schyotining debetidan 9550-"Moliyaviy lizing shartnomasiga asosan berilgan mulkdan olingan daromad" schyotining kreditiga olib boriladi. Ijarachilardan olingan ijara haqlari tegishli pul mablag’lari (5110, 5210, 5220, 5500) schyotlarining debetiga 4810-«Lizing bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar» schyotining kreditidan va olingan foiz to’lovlarining qismlari 4820-«Olinadigan foizlar» schyotining kreditida aks ettiriladi. Ushbu summalar keyinchalik 0920-«Olinadigan moliyalashtiriladigan lizing» schyotining kreditidan 4810-«Moliyaviy lizing bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar» schyotining debetiga olib boriladi. Tegishli ob’ektning uzoq muddatli ijara muddatining oxirida 0920-"Olinadigan moliyalashtirilgan lizing", 4810-"Moliyaviy lizing bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar" va 6210-"Muddati uzaytirilgan daromad" schyotlarida qoldiq qolmaydi. Agarda shartnomada belgilangan muddatdan oldin ijaraga berilgan asosiy vosita ijarachining mulkiga o’tkazilsa sotib olingan bahosidan ijara to’lovlarining summasi chegirilgan holda yuqorida keltirilgan ijara to’lovlarini qayd qilish tartibida schyotlarda qayd qilinadi. Masalan: asosiy vosita «Mersedes» avtobusi ijaraga berildi. ob’ektning boshlang’ich qiymati 35.000.000 so’m. Debet 9210-"Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimlari" schyoti va kredit 0160-"Transport vositalari" schyoti; ijaraga berish sanasida ob’ektning eskirish summasi 4.500.000 sum. Debet 0260-"Trasnport vositalarining eskirishi" schyoti va kredit 9210-"Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimlari" schyoti. tuzilgan shartnomaga muvofiq kelishilgan ijara haqining summasi 36.000.000 so’m. Debet 0920-"Olinadigan moliyalashtirilgan lizinglar" 239 schyoti va kredit 9210-"Asosiy vositalarning sotilish va boshqa chiqimlar" schyoti; Кo’rsatilgan daromadning miqdori - 5.500.000 so’m. Debet 9210-"Asosiy vositalarning sotilishi va boshqa chiqimlari" schyoti va kredit 9550-"Moliyaviy lizing shartnomasiga asosan berilgan mulklardan olingan daromadlar" schyoti. har oyda hisoblanadigan to’lov miqdori – 54.000 so’m. Debet 4820-"Olinadigan foizlar" schyoti va kredit 9530-"Foiz ko’rinishidagi daromadlar" schyoti. har oyda olingan ijara to’lovlarining miqdori 54000 so’m. Debet 5110-"Hisob-kitob schyoti" va kredit 4820-"Olinadigan foizlar" schyoti. hisoblangan daromadlarni moliyaviy natijalarga olib borish 648.000 so’m. Debet 9530-"Foiz ko’rinishidagi daromadlar" schyoti va kredit 9910-"Yakuniy moliyaviy natija" schyoti. 0920-«Olinadigan moliyalashtirilgan lizing» schyoti bo’yicha analitik hisob har bir ijara shartnomasi bo’yicha ayrim yuritiladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling