O bobojonov k. Jumaniyozov
Nomoddiy aktivlarni baholash
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olish usuli.
5.10. Nomoddiy aktivlarni baholash.
Nomoddiy aktivlar xo’jalik yurituvchi sub’ektning mulki hisoblangan uzoq muddatli aktivlarining asosiy qismi bo’lib hisoblanadi, chunki sub’ekt o’z vaqtida ushbu aktivlarni ishlatish hisobidan daromad olish uchun xarajat qilgan. Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlar asosiy vositalarga o’xshab ta’rif (tasnif)ga ega, ya’ni ular sub’ekt tomonidan foydalanish uchun saqlanadi, uzoq muddatli asosda ishlatilish maqsadida olinadi va oddiy faoliyat jarayonida sotilish uchun mo’ljallanmagan bo’ladi. Nomodiy aktivlar o’zining bajaradigan vazifasi va boshqa asosiy xususiyatlari bilan asosiy vositalarga o’xshaydi, shuning uchun ham uzoq muddatli aktivlar guruhida joylashgan, lekin jismoniy mazmunga va ko’rinishga ega emas. Nomoddiy aktivlar quyidagi talablarga javob beradigan aktivlar bo’lishi kerak: xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatida faol foydalaniladi, investisiya sifatida saqlanmasligi va sotish uchun olinmasligi lozim; joriy hisobot davri tugagandan keyin naf keltirishi lozim; hamma vaqt moddiy mohiyatga ega bo’lavermaydi. Nomoddiy aktivlarning qiymati muomalaviy, moliyaviy yoki foizli daromad keltiradigan imtiyozlar yoki ishbilarmonlik huquqlari majmuasi sifatida aks ettiriladi va unga gudvillar, patentlar, mualliflik huquqi, savdo markasi kiradi. Ushbu aktivlarning boshlang’ich qiymati asosiy vositalarning qiymati singari davriy amortizasiya ko’rinishida belgilangan tartibda xarajatlarning markaziga qo’shilib boriladi. Quyidagi nomoddiy aktivlar ko’proq tarqalgan: patentlar, mualliflik huquqlari, franshizalar, savdo markalari, dasturlar, tashkiliy xarajatlar, qoldirilgan xarajatlar va gudvil. Nomoddiy aktivlar quyidagi xususiyatlarga ega bo’ladi: 1. Olish usuli. Nomoddiy aktivlar boshqa sub’ektdan sotib olinishi mumkin. Masalan, ishlab chiqilgan va boshqa firma tomonidan registrasiya qilingan (ro’yxatga olingan) franshizalar yoki patentlar. 242 2. O’xshashlik (aynan tenglashtirishlik). Ayrim nomoddiy aktivlar firmaning boshqa aktivlaridan alohida ajratilishi mumkin. Masalan: patentlar, savdo markalari va franshizalar. Lekin boshqa nomoddiy aktivlarning alohida ajratilishi mumkin emas, aksincha, ularning bahosi firmaning boshqa aktivlari bilan o’zaro uyushgan holda chiqariladi. Masalan: mijozlarning ishonchi yoki xodimlarning malakasi darajasida asoslangan gudvil. 3. Almashish. Sotiladigan yoki sotib olish mumkin bo’lgan alohida tenglashtirilgan nomoddiy aktivlar almashtirishga loyiq, masalan: patentlar, franshizalar yoki savdo markalari. Boshqa nomoddiy aktivlar alohida tenglashtirilgan bo’lib, faqat firmaning sotilishi jarayonida almashtirilishi mumkin. Masalan: tashkiliy xarajatlari, gudvil alohida tenglashtirilmagan, almashtirishga loyiq bo’lmagan va bir vaqtda boshqa aktivlarni olmay turib qabul qilinmaydigan nomoddiy aktivalarga misol bo’lib xizmat qiladi. 4. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling