O bobojonov k. Jumaniyozov


Nomoddiy aktivlarni ishlatishda olinadigan daromadlarning


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Nomoddiy aktivlarni ishlatishda olinadigan daromadlarning 
davri. Ayrim NMA bo’yicha daromadlar olish davrini aniqlab bo’lmaydi. 
NMAlarni ishlatishdan kutilgan daromadlarni olish davri iqtisodiy yoki 
yuridik va kelishilgan cheklanishlar orqali aniqlanadi. Masalan: lisenziyani 
ishlatishdan olinadigan daromad tuzilgan va qayd qilingan shartnomada 
aniqlanadi.
Nomoddiy aktivlar quyidagi aktivlar sifatida aniqlanadi:
sub’ekt faoliyatida faol ishlatiladi, investisiyalar sifatida yoki sotish 
maqsadida saqlanmaydi;
hozirgi hisobot davri tugaganidan keyin foyda keltirishi kerak;
har doim ham moddiy mohiyatga ega emas.
Nomoddiy aktivlarning bahosi faqat imtiyozlar va tadbirkorlik 
huquqlari bilan taqdim etiladi. U foizli, moliyaviy yoki muomalaviy 
daromad keltiradi. Ularga gudvil, patentlar, mualliflik huquqlari, savdo 
markalari va hokazolar kiradi.
Nomoddiy aktivlarning bahosi asosiy vositalarga o’xshab vaqti-vaqti 
bilan amortizasiya qilinadi, ya’ni aktivning ishlatilishi paytida, foydali 
vaqt ichida xarajatlarning tarkibiga qo’shiladi.
Hozirgi kunda sub’ektlarning iqtisodiy holati ularni takomillashtirishni 
talab qiladi, davlat ichida va tashqi ishlab chiqaruvchilar orasida raqobat 
assortimentini yangilash doirasida va mahsulotlarning sifatini, 
bajarilayotgan ishni va xizmatlarni oshirishda sub’ektga yangi 
majburiyatlar qo’yadi.
Qo’yilgan masalalarni echishni ta’minlab turuvchi instrumentlardan biri 
nomoddiy aktivlar hisoblanadi, chunki ular moddiy xususiyatga ega 
243


bo’lmay mahsulotni yaratish va daromadlarni olishda faol qatnashadi. 
Ularga patentlar, lisenziyalar, "nou-xau", erdan va tabiiy resurslardan 
foydalanish huquqlari, brokerlik joylari, savdo markalari, programmali 
dasturlar va boshqalar kiradi.
Yuqorida keltirilgan 4ta xususiyat nomoddiy aktivlarning har xil 
kategoriyalari uchun buxgalteriya hisobining usullariga ta’sir qiladi.
Nomoddiy aktivlarning hisobi moddiy aktivlarga, masalan, er, bino va 
uskunalarga qo’llaniladigan xuddi shunday tamoyillar va tartiblarni o’z 
ichiga mujassamlashtiradi. Bu tamoyillar o’z ichiga quyidagilarni oladi:
1.
Ushbu aktivlarni olish vaqtida tannarx tamoyilini qo’llash;
2.
Moslik tamoyilini, bu sarflangan xarajatlar va olingan daromadlar 
ushbu hisobot davrida aks ettirilishini talab qiluvchi, ishlatish davri paytini 
qo’llash.
3.
Chiqish paytida daromadlarni tan olish tamoyilini qo’llash, ya’ni 
chiqimdan olingan foyda yoki ko’rilgan zarar olingan pul mablag’lari va 
chiqib ketgan aktivning balans qiymati orasidagi farqining tan olinishi.
Nomoddiy aktivlarning hisobida 2ta asosiy masala mavjud: 
hozirgi hisobot davrida ushbu aktivlar qiymatining qaysi qismining 
xarajatlar hisobiga qo’shilishini aniqlash;
balansda ko’rsatilgan qoplash qiymatini hisoblashning zarurligi.
Ushbu masalalarni echish uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak:
nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatini to’liq, to’g’ri va o’z 
vaqtida aniqlash;
nomoddiy aktivlar qiymatining tegishli qismini ulardan foydalanish 
jarayonida xarajatlarning tarkibiga to’g’ri qo’shish;
nomoddiy aktivlarning ishlatilishi bilan bog’liq bo’lgan 
xarajatlarning hisobini to’g’ri yuritish;
nomoddiy aktivlarning hisobdan chiqarilishini to’g’ri va o’z vaqtida 
hisobda aks ettirish.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling