O bobojonov k. Jumaniyozov
Nomoddiy aktivlarning analitik va sintetik hisobini
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- NOMODDIY AKTIVLARNI HISOBGA OLUVChI SCHYOTLAR
5.12. Nomoddiy aktivlarning analitik va sintetik hisobini
tashkil qilish. Nomoddiy aktivlarni yoki kechiktirilgan xarajatlarni ishlatish davrida bu aktiv bilan bog’liq bo’lgan, foydaning tartibli qiymati, uning hozirgi balans qiymati sub’ekt uchun uning iqtisodiy foydaliligidan, ya’ni ishlatish qiymatidan olayotgan daromadining oshayotganligini ko’rsatish mumkin. Bunday holatlarda amortizasiya bo’lmagan qiymatni hisobdan chiqarish va zararni tan olish kerak, bu esa aktiv qiymatining kamaytirilishini aks ettiradi. Кo’rib chiqilgan qiymat bashorat qilingan, qolgan xizmat muddati ichida (lekin olish muddatidan boshlab 40 yildan oshmasligi kerak) amortizasiya qilinishi lozim. Nomoddiy aktivlar qiymatining kamaytirilishini moliyaviy hisobotga ilova qilingan tushuntirish xatida yoritish shart. Boshlang’ich xujjatlar asosida nomoddiy aktivlar holatining va harakatining hisobi uchun 0400 nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar qo’llaniladi. Ushbu schyotlar tizimida (0400) nomoddiy aktivlarning aniq turlarining holati va harakatini hisobga olish va nazorat qilish maqsadida quyidagi schyotlar ochilgan: NOMODDIY AKTIVLARNI HISOBGA OLUVChI SCHYOTLAR 0410 Patеntlar, litsеnziyalar va nou-xau 0420 Savdo markalari, tovar bеlgilari va sanoat namunalari 0430 Dasturiy ta'minot 0440 Еr va tabiat rеsurslaridan foydalanish huquqlari 0450 Tashkiliy xarajatlar 0460 Franchayz 0470 Mualliflik huquqlari 0480 Gudvill 0490 Boshqa nomoddiy aktivlar Ob’ektlarning nomoddiy aktivlar qatoriga kiritish tartibi va ularning tarkibi tegishli qonunchilik xujjatlari va 7-BXMS "Nomoddiy aktivlar"ga asosan tartibga solinadi. Bu schyotlarning saldosi (qoldiq) mazkur ob’ektning boshlang’ich bahosini aks ettiradi, debeti bo’yicha oboroti- bu 251 aktivlarning egallash paytida (kelishi), ta’sischilar tomonidan ajratish paytida boshlang’ich narxi bo’yicha yoki kelishilgan narx bo’yicha qabul qilish paytidagi kirimidir. Bu summalar 6010-"Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar", 6110-" Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan schyotlar", 4610-" Ustav kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi", 5110-"Hisoblashish" schyoti, 5210 va 5220-"Valyuta schyoti"lari va hokazo schyotlarning krediti bo’yicha aks ettiriladi. 0400-"Nomoddiy aktivlar" schyotlarining krediti bo’yicha bu aktivlarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi, bunda ushbu summalar bir vaqtning o’zida 9220-"Boshqa aktivlarni sotish va boshqa hisobdan chiqarishlar" schyotining debeti bo’yicha yozib qo’yiladi. Nomoddiy aktivlarning qabul qilinishi paytida analitik hisobning kartochkalari (6-A-V shakli) to’ldiriladi va bu ma’lumotlar mos bo’lgan jamg’arma qaydnomalarga ko’chiriladi. Nomoddiy aktivlarning kirimi paytida: ustav kapitaliga kiritilgan ta’sischilarning ulushi sifatida: 0400-«Nomoddiy aktivlar» schyotlarining debeti, 4710-"Ta’sisichilarning badallari bo’yicha qarzlari" schyotining krediti; boshqa shaxslardan aktivlarni sotib olishda yukxati va qabul qilish dalolatnomalari asosida: 0400-"Nomoddiy aktivlar" schyotlarining debeti, 0830-"Nomoddiy aktivlar sotib olish" schyotining krediti; agar aktivlar boshqa shaxslardan tekinga yoki davlat tomonidan yordam sifatida olinsa: 0400-"Nomoddiy aktivlar" schyotlarining debeti, 8510-"Ustav kapitali (fondi)" (davlat korxonalari uchun) va 9910-"Yakuniy moliyaviy natija" schyotining krediti (boshqa sub’ektlar uchun) va bir vaqtda ularning eskirishlarining qiymati tasdiqlangan me’yor asosida aks ettiriladi. "Sarflar (xarajatlar)" schyotlarining debeti- 2000, 2300, 2500, 3100, 9410, 9420, 9430, 9450 va shunga o’xshashlar va 0500-"Nomoddiy aktivlarning eskirishi" schyotlarining kreditida qayd qilinadi. Nomoddiy aktivlar quyidagi xo’jalik muomalalarining ta’siri natijasida sub’ektning mulkidan chiqariladi: boshqa sub’ektlarga kelishilgan narx asosida realizasiya qilish oqibatida: 9220-"Boshqa aktivlarning realizasiyasi va boshqa chiqimlar" schyotining debeti, 0400-"Nomoddiy aktivlar" schyotlarining krediti; boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga qoldiq narx bo’yicha tekinga o’tkazish oqibatida 9220-"Boshqa aktivlarning realizasiyasi va boshqa chiqimlar" schyotining debeti, 0400-"Nomoddiy aktivlar" schyotlarining krediti; 252 butunlay eskirishi yoki daromad olish xususiyatining yo’qolishi oqibatida: 9220-"Boshqa aktivlarning realizasiyasi va boshqa chiqimlar" schyotining debeti, 0400-"Nomoddiy aktivlar" schyotlarining krediti; hisoblangan eskirishlar hisobiga: 0500-"Nomoddiy aktivlarning eskirishi" schyotlarining debeti, 9220-" Бош а қ активларнинг чи иб қ кетиши Boshqa aktivlarning realizasiyasi va boshqa chiqimlar" schyotining krediti; boshqa firma, filiallar va qo’shma korxonalarning ustav kapitaliga ta’sis badali sifatida o’tkazish oqibatida: 9220-"Boshqa aktivlarni realizasiyasi va boshqa chiqimlar" schyotining debeti, 0400- "Nomoddiy aktivlar" schyotlarining kreditiga ko’chiriladi. Nomoddiy aktivlarning sub’ekt mulkidan chiqib ketishi aksiyadorlarning yoki ta’sischilarning yig’ilishidagi ko’chirish, ushbu aktivlarni hisobdan chiqarish xaqidagi bayonnomalari, qabul qilish yoki o’tkazish dalolatnomalari asosida amalga oshiriladi. Nomoddiy aktivlarning bahosiga qo’shilgan qiymat solig’i (QQS)ning summasi kiradi, shuning uchun bu aktivlarga ega bo’lish paytida soliqning summasi 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar" schyotida alohida hisobga olinadi va 6 oy ichida byudjetga o’tkazishga loyiq bo’lgan hisoblangan soliqning umumiy hisobidan (summasidan) chegirib qolinadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling