O bobojonov k. Jumaniyozov
–« Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.13. Nomoddiy aktivlarga amortizasiya hisoblashning tartibi va usullari.
0400 –«
Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar » bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari Т/ r Xo’jalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bog’lanishi Dеbеt Krеdit 1 Xarid qilingan nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati (haqiqiy tannarxi) bo’yicha kirim илиниши қ 0410-0490 0830 2 Korxonaning o’zida yaratilgan nomoddiy aktivlarning haqiqiy tannarxi bo’yicha kirim qilinishi 0410-0490 0830 3 Ustav kapitaliga ulush sifatida yoki aktsiyaga obuna bo’lishga haq to’lash hisobiga olingan nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi 0410-0490 4610 4 Tеkinga olingan nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi 0410-0490 8530 253 5 Korxonani sotib olishda aktivlarning haqiqiy bahosi va sotib olish bahosi o’rtasidagi farq sifatida vujudga kеladigan gudvill (firma bahosi)ni aks ettirish 0480 8330 6 Gudvill (firma bahosi) summasini qar oy foydali xizmat muddati davomida hisobdan chiqarilishi. Xarajatlarn i hisobga oluchi schyotlar 0480 7 Nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati bo’yicha sotilishi, hisobdan chiqarilishi, xarid qilingan qimmatli qog’ozlar haqining to’lovi uchun bеrilishi, Boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida, shuningdеk, tеkinga bеrilganda va Boshqalar natijasida chiqib kеtishi 9220 0410- 0490 5.13. Nomoddiy aktivlarga amortizasiya hisoblashning tartibi va usullari. Ishlatish paytida nomoddiy aktivlar asta-sekin eskiradi, o’zining foydali xususiyatlarini yo’qotadi va eskirish summasining jamg’arma hisobi uchun 0500- « Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar» turkumi qo’llaniladi. Ushbu schyotlar turkumida quyidagi schyotlar ochilgan: 0510- "Patent, lisenziya va nou-xauning eskirishi" 0520- "Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining eskirishi" 0530- "Dasturiy ta’minotning eskirishi" 0540- "Gudvillning eskirishi" 0550- "Tashkiliy xarajatlarning eskirishi" 0560- "Franshizalarning eskirishi" 0570- "Mualliflik huquqlarining eskirishi" 0580- "Erdan va tabiiy resurslardan foydalanish huquqlarining eskirishi" 0590- "Boshqa nomoddiy aktivlarning eskirishi" "Nomoddiy aktivlar" nomli 7-son BXMSga asosan nomoddiy aktivlarga oid eskirish miqdori ularning amortizasiyalanadigan qiymati va foydali 254 xizmat muddatidan kelib chiqqan holda belgilangan me’yorlar asosida xar oyda hisoblab chiqiladi. Foydali xizmat muddatini aniqlash imkoni bo’lmagan nomoddiy aktivlar bo’yicha eskirish 5 yil muddat (sub’ekt faoliyatidan ortiqcha muddatda bo’lmagan holda) hisobida belgilangan. Nomoddiy aktivlarga amortizasiyani quyidagi usullar bo’yicha hisoblash mumkin: to’g’ri chiziqli yoki teng ravishda; ishlab chiqarish birliklarining miqdori asosida; kamayib boruvchi qoldiq usulida. Har bir hisobot davrining oxirida nomoddiy aktivlarning foydali xizmat davrini qayta ko’rib chiqish zarur. Agarda bashorat (prognoz) dastlabki baholashdan farq qilsa joriy va kelgusi davrlar uchun hisoblanadigan amortizasiya summasini oshirish yoki kamaytirish zarur. Bu schyotlar tartibga solib turuvchi schyotlar deb hisoblanadi, uning kreditida ishlatish davrida xarajatlarning badal summasi aks etadi, debeti bo’yicha esa chiqib ketgan aktivlarning eskirish summasi aks etadi. Ushbu eskirish summasi ob’ektlarning xarajatlariga qo’shilgan bo’ladi: 2010-"Asosiy ishlab chiqarish", 2310-"Yordamchi ishlab chiqarish", 2500-"Umum ishlab chiqarish xarajatlari", 9410, 9420, 9430-"Davr sarflari" va "Xizmat qiluvchi xo’jaliklar", 3100-"Кelgusi davr xarajatlari" va boshqa schyotlarning debetida qayd qilinadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling