O bobojonov k. Jumaniyozov


 –«  Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

0400 –«
 Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar 
» bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari
Т/
r
Xo’jalik muomalalarining mazmuni
Schyotlarning 
bog’lanishi
Dеbеt
Krеdit
1
Xarid qilingan nomoddiy aktivlarning 
boshlang’ich qiymati (haqiqiy 
tannarxi) bo’yicha kirim илиниши
қ
0410-0490
0830
2
Korxonaning o’zida yaratilgan 
nomoddiy aktivlarning haqiqiy 
tannarxi bo’yicha kirim qilinishi
0410-0490
0830
3
Ustav kapitaliga ulush sifatida yoki 
aktsiyaga obuna bo’lishga haq to’lash 
hisobiga olingan nomoddiy 
aktivlarning kirim qilinishi
0410-0490
4610
4
Tеkinga olingan nomoddiy 
aktivlarning kirim qilinishi
0410-0490
8530
253


5
Korxonani sotib olishda aktivlarning 
haqiqiy bahosi va sotib olish bahosi 
o’rtasidagi farq sifatida vujudga 
kеladigan gudvill (firma bahosi)ni aks 
ettirish
0480
8330
6
Gudvill (firma bahosi) summasini qar 
oy foydali xizmat muddati davomida 
hisobdan chiqarilishi.
Xarajatlarn
i hisobga 
oluchi 
schyotlar
0480
7
Nomoddiy aktivlarning boshlang’ich 
qiymati bo’yicha sotilishi, hisobdan 
chiqarilishi, xarid qilingan qimmatli 
qog’ozlar haqining to’lovi uchun 
bеrilishi, Boshqa korxonalarning ustav 
kapitaliga ulush sifatida, shuningdеk, 
tеkinga bеrilganda va Boshqalar 
natijasida chiqib kеtishi
9220
0410-
0490
5.13. Nomoddiy aktivlarga amortizasiya hisoblashning 
tartibi va usullari.
Ishlatish paytida nomoddiy aktivlar asta-sekin eskiradi, o’zining foydali 
xususiyatlarini yo’qotadi va eskirish summasining jamg’arma hisobi uchun 
0500- «
Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasini hisobga 
oluvchi schyotlar» turkumi qo’llaniladi. Ushbu schyotlar turkumida 
quyidagi schyotlar ochilgan:
0510- "Patent, lisenziya va nou-xauning eskirishi"
0520- "Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining 
eskirishi"
0530- "Dasturiy ta’minotning eskirishi"
0540- "Gudvillning eskirishi"
0550- "Tashkiliy xarajatlarning eskirishi"
0560- "Franshizalarning eskirishi"
0570- "Mualliflik huquqlarining eskirishi"
0580- "Erdan va tabiiy resurslardan foydalanish huquqlarining 
eskirishi"
0590- "Boshqa nomoddiy aktivlarning eskirishi"
"Nomoddiy aktivlar" nomli 7-son BXMSga asosan nomoddiy aktivlarga 
oid eskirish miqdori ularning amortizasiyalanadigan qiymati va foydali 
254


xizmat muddatidan kelib chiqqan holda belgilangan me’yorlar asosida xar 
oyda hisoblab chiqiladi. Foydali xizmat muddatini aniqlash imkoni 
bo’lmagan nomoddiy aktivlar bo’yicha eskirish 5 yil muddat (sub’ekt 
faoliyatidan ortiqcha muddatda bo’lmagan holda) hisobida belgilangan.
Nomoddiy aktivlarga amortizasiyani quyidagi usullar bo’yicha hisoblash 
mumkin:
to’g’ri chiziqli yoki teng ravishda;
ishlab chiqarish birliklarining miqdori asosida;
kamayib boruvchi qoldiq usulida.
Har bir hisobot davrining oxirida nomoddiy aktivlarning foydali xizmat 
davrini qayta ko’rib chiqish zarur. Agarda bashorat (prognoz) dastlabki 
baholashdan farq qilsa joriy va kelgusi davrlar uchun hisoblanadigan 
amortizasiya summasini oshirish yoki kamaytirish zarur. Bu schyotlar 
tartibga solib turuvchi schyotlar deb hisoblanadi, uning kreditida ishlatish 
davrida xarajatlarning badal summasi aks etadi, debeti bo’yicha esa chiqib 
ketgan aktivlarning eskirish summasi aks etadi. Ushbu eskirish summasi 
ob’ektlarning xarajatlariga qo’shilgan bo’ladi: 2010-"Asosiy ishlab 
chiqarish", 2310-"Yordamchi ishlab chiqarish", 2500-"Umum ishlab 
chiqarish xarajatlari", 9410, 9420, 9430-"Davr sarflari" va "Xizmat 
qiluvchi xo’jaliklar", 3100-"Кelgusi davr xarajatlari" va boshqa 
schyotlarning debetida qayd qilinadi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling