O bobojonov k. Jumaniyozov


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Patent – bu qabul qilingan va ro’yxatga olingan alohida yuridik 
huquqdir.
Patentlik huquqi egasiga (sohibiga) boshqa shaxslarning qo’shilmagan 
holda patent tarqaladigan buyumlarni, jarayon yoki faoliyatni ishlatish, 
ishlab chiqarish va nazorat qilish huquqini beradi.
Haqiqatda esa patentning patentlik organlarida ro’yxatga olinishi uning 
himoyasiga kafolat beradi. Patent sudda muvaffaqiyatli 
himoyalanmaguncha u raqobatbardosh emas. Shuning uchun sudda 
muvaffaqiyatli himoyasi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar patent 
qiymatining ajralmas qismi sifatida kapitalga aylanishi kerakligi haqidagi 
umumiy kelishuv mavjud. Agarda suddagi ish yutqazilgan bo’lsa, u bilan 
bog’liq xarajatlar, patentning amortizasiya qilinmagan qiymati sifatida 
teng holda zararga qabul qilinadi. Patentning balans qiymati zarardan 
keyingi qiymatigacha qisqartiriladi. Bu qiymat nul ham bo’lishi mumkin. 
Zarardan ko’rilgan ziyonni hisobga olgan holda, patent qiymatining har xil 
kichiklashtirish summasida, tan olinishi kerak. 
Sanoatga oid dizaynni ro’yxatga olish patentning ishlab chiqarilgan 
mahsulotning shakliga, na’munasiga yoki ishlab chiqarilgan mahsulotning 
247


o’ziga xos bezagi va boshqa ajratadigan belgilaridir. Patent ishlab 
chiqarishni himoya qiladi, sanoatga oid dizaynni ro’yxatga olish esa 
mahsulot yoki tovarning tashqi ko’rinishini himoya qiladi. Masalan: 
kompyuter terminalining yangi dizaynini ro’yxatga olish natijasida himoya 
qilinadi, yangi "PENTIUM-4" kompyuteri esa tegishli patent yordamida 
himoya qilinadi. 
Mualliflik xuquqi – bu adabiyot va musiqa asarlarining, darsliklarning, 
ixtiro qilingan san’at asarlarining va boshqalarning mualliflariga qonun 
tomonidan beriladigan himoyaning bir shaklidir.
Mualliflik huquqlariga ega bo’lganlarga ma’lum bir eksklyuziv 
huquqlar, shuningdek nashr qilish, o’z ishini qayta chop qilish va 
ko’paytirish, sotish va nusxalarni tarqatish, o’z asarlarini ijro etish va 
yozish huquqlari beriladi.
Mualliflik huquqlarining qiymati qiymat tamoyili asosida o’lchanadi 
deb tasnif qilingan. Mualliflik huquqlari butun faoliyat muddati ichida 
o’zining iqtisodiy qiymatiga ega emas. Mualliflik xuquqining qiymati 
mualliflik huquqi tarqatilgan ish yoki mahsulot daromad keltirgan davr 
ichida amortizasiya qilinishi kerak. Lekin mualliflik huquqlari o’zining 
faoliyati muddatidan (muallifning hayot davrida va qo’shimcha 50 yil) 
ko’p vaqt ichida amortizasiya qilinishi mumkin emas.
Savdo markalari (masalan: «Obi-non») va savdo nomlari (Кoka-kola) – 
bu kompaniyalarga, mahsulot va xizmatlarga beriladigan nomlar, belgilar 
va boshqa identifikasiyalarni aniqlovchilardir. Mulk egasining dalili 
bo’lish uchun ular ro’yxatga olinishi lozim. Ro’yxatga olingan savdo 
markalari va savdo nomlari yangilanishi mumkin, shunday qilib ularning 
harakat muddatlarini ma’lum bo’lmagan davrga uzaytiradi. Bu holatda 
mahsulotning nomlari, belgilari va boshqa identifikasiyani aniqlovchi 
xususiyatlari yuridik tomondan himoyalangan bo’ladi. 
Savdo markalarini sotib olishda to’langan pul mablag’larining yig’indisi 
kapitalga aylantiriladi. Savdo markalariga ishlov berish, himoya qilish, 
kengaytirish, ro’yxatga olish va sudda himoya qilish natijasida paydo 
bo’lgan sarflar, ya’ni summalar kapitalga aylantirilishi kerak. Bunday 
kapitalga aylangan summalar savdo markalarining foydali xizmat muddati 
ichida yoki 40 yil ichida, ushbu muddatlarning qaysi biri qisqaroq 
bo’lishiga qarab amortizasiya qilinishi kerak.
Franshizalar asosan davlat mulkidan foydalanish yoki kommunal xizmat 
ko’rsatish (elektr toki) va xo’jalik sub’ektlaridan foydalanish huquqiga ega 
bo’lish uchun, aniq vazifani va aniq xizmatlarni bajarish (masalan, Ardus 
kompaniyasi) huquqiga ega bo’lish uchun davlat tomonidan beriladi. 
248


Franshizalar haqidagi har bir kontrakt, franshiza mavjud bo’lgan davrni, 
shuningdek franchayzerning (ishlatish huquqiga imtiyozlarni taqdim 
etuvchi sub’ektning) va franchayzning (bu imtiyozni oluvchi sub’ektning) 
huquq va majburiyatlarini konkretlashtiradi (aniqlashtiradi).
Кo’p hollarda franshizaning sotib olish qiymati yuqori va odatda 
franshizani sotib oluvchi sub’ekt unga imtiyoz beruvchi sub’ektga 
birlamchi qiymatni to’lashi talab qilinadi. Franshizalarning birlamchi 
qiymati kapitalga aylantirilishi, keyin esa xarajatlarga qo’shilishi kerak. 
Agarda franshiza aniq bir davr bilan chegaralangan bo’lsa, qiymat muqobil 
va tizimli ko’rinishda belgilangan amortizasiya summasi uning davriy 
baholari bilan aniq qo’yilgan xizmat muddati asosida asoslanishi kerak. Bu 
baholar bo’lajak bahoni qaytadan ko’rib chiqish zaruriyatini aniqlash 
maqsadida olib boriladi, lekin to’liq amortizasiya qilish davri 40 yildan 
oshmasligini talab qiladi.
Sub’ektning sub’ektga imtiyozlarni tegishli xizmati uchun, masalan, 
rag’batlantiradigan kompaniyalarda, buxgalteriya hisobi va tashkillashtirish 
masalalarini echishda yordamlashishi uchun, beruvchi, ulardan 
foydalanuvchi har yilgi va hozirgi to’lovlari aniq joyga ega bo’lgan 
ob’ektlarning xarajatlariga qo’shilishi kerak, chunki ular o’lchanadigan 
kelajakdagi daromadlarni keltirmaydi. Agar franshiza o’z qiymatini 
yo’qotsa yoki qonun tomonidan bekor qilinsa, amortizasiya qilinmagan 
summa tezda sub’ektning zararlarga ko’chirilishi shart. 
Ijara – bu aktivni ishlatish bo’yicha bir tomondan ikkinchi tomonga 
beriladigan huquq. Кo’p hollarda sub’ekt boshqa tomonning mulkini 
ijaraga olishni xo’jalik kelishuvi asosida amalga oshiradi va oldindan 
to’lovni amalga oshiradi. Ijaraga olish haqidagi xo’jalik kelishuvi 
(kontrakt) ijarachiga mulkka egalik qilish huquqlarini va egalik qilish bilan 
bog’liq bo’lgan tavakkalchilik va mukofotning ko’p qismini bermaydi. 
Bunday mukofot va tavakkalchilikni beruvchi shartnoma kapital ijara deb 
nomlanadi. Oldindan to’langan ijara haqi, masalan, majburiyatlarni 
kamaytiruvchi to’lovlar, butun ijara davrini o’z ichiga oladi. Bunday 
oldindan ijara haqini to’lash boshidanoq «Bo’nak sifatida to’langan ijara 
haqi" schyotiga olib borilishi kerak. Bunday aktivning qiymati "Ijara 
bo’yicha xarajatlar" schyotining debetiga ko’chirilishi lozim.
Almashtirib bo’lmaydigan tenglashtiriladigan nomoddiy aktivlar.
Buxgalteriya balansidagi moddalarning quyidagi tasnifi o’z o’rniga ega. 
Nomoddiy aktivlar, kechiktirilgan xarajatlar va boshqa aktivlardir. 
Кo’pchilik hollarda bu keng qamrovli tasnif. Bu nomodiy aktivlardan 
ayrimlari ikkita maxsus xarakteristikaga ega: ular uzoq muddatli bo’nak 
249


to’lovlari ko’rinishida hisoblaniladi va xo’jayiniga boshqa tomonga sotish 
bo’yicha hech qanday huquqlarini bermaydi. Bu nomoddiy aktivlar 
alohida tenglashtirilishi mumkin, lekin almashtirilishi mumkin emas.
Кechiktirilgan xarajatlar – bu xizmat ko’rsatish uchun hozirgi davrda 
sarflangan va kelajakdagi daromadlarning paydo bo’lishiga olib keladigan 
sarflardir, ular uzoq muddatli oldindan to’langan xarajatlar sifatida 
balansda aks etiladi. Кechiktirilgan xarajatlar uzoq muddatli aktivlar 
sifatida tasniflanadi, chunki ular hozirgi aktivlarning funksional 
foydalanish muddatidan keyin daromadlarga ta’sir qiladi. Кechiktirilgan 
xarajatlar jismoniy ta’minotga ega emas. Ayrim kechiktirilgan xarajatlar 
hozirgi aktivlar sifatida (u qaerda qo’llaniladigan bo’lsa) aks ettiriladi. 
Masalan, kechiktirilgan soliqning hozirgi qismi va kechiktirilgan 
xarajatlarga sug’urta bo’yicha uzoq muddatli oldindan to’langan bo’nak 
to’lovlari misol bo’ladi. Ilmiy tadqiqotlar va ishlovlarga sarflar, 
shuningdek, tashkiliy xarajatlar amaliyotda kamdan-kam 
kapitallashtiriladi. Lekin ular kapitalga aylantirilganda odatda 
kechiktirilgan xarajatlar sifatida tasniflanadi.
Кechiktirilgan xarajatlar kelgusi faoliyat davrlariga amortizasiya 
qilinadi, chunki ular ushbu kelgusi davrlarda daromad olishga imkon 
yaratadi. Nomoddiy aktivlar amortizasiyasining 40 yillik maksimal xizmat 
muddati kechiktirilgan xarajatlarga xam qo’llaniladi. Lekin, amaliyotda 
kechiktirilgan xarajatlar kamdan-kam hollarda 40 yillik xizmat muddatiga 
ega bo’ladi.
Tashkiliy xarajatlar – bu tashkilotning faoliyatini tashkil qilish paytida 
sarflangan xarajatlardir. Tashkiliy faoliyatga tegishli bo’lgan xarajatlar, 
masalan, yuridik, buxgalterlik, kanselyariyaga oid va imidjning 
ko’tarilishlari bilan bog’liq xarajatlar, tashkiliy xarajatlar sifatida kapitalga 
aylantirilishi mumkin. Tashkiliy xarajatlarning kapitalga aylantirilishining 
asosi bo’lib, bu xarajatlar kelajakdagi davr ichida daromad keltirilishi 
hisoblanadi. Faoliyatning birinchi yiliga sarflangan xamma summaning 
xarajatlarga qo’shilishi xarajat va daromadning nomutanosibligiga olib 
keladi.
Ishlab chiqarish faoliyatining muddatini aniqlash imkoniyati bo’lmagan 
hollarda ushbu sarflardan olinadigan daromadlarning davrini xam odatda 
aniqlab olish imkoniyatiga ega bo’lmaydi.
Tashkillashtirish xarajatlarining aktivlar sifatida tan olinishi biznesning 
aniq shakliga bog’liq. Tashkillashtirish xarajatlari odatda ixtiyoriy 
tanlangan qisqa davr ichida amortizasiya qilinadi.
250


Umuman olganda, tashkillashtirish xarajatlari ularning aniqlanmagan 
xarakteristikasiga muvofiq va tegishli standartda belgilangan maksimal 40 
yillik xizmat muddati ichida amortizasiya qilinmaydi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling