O bobojonov k. Jumaniyozov
Dastur ta’minotiga ketgan kapitalga aylangan sarflarning
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.14. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish tartibi.
Dastur ta’minotiga ketgan kapitalga aylangan sarflarning
amortizasiyasi. Standart tegishli BXMS kompyuter dasturlari bilan ta’minlashga sarflangan va kapitalga aylantirilgan xarajatlarning amortizasiya hisobini to’liq tasvirlab beradi. Amortizasiyaning yillik summasi chiqarilgan dastur ta’minoti asosida hisoblanadi va quyidagilardan tashkil topadi: dasturning foydalanish davri ichida kutilgan va olingan yalpi daromadning, uni sotishdan olingan yangi daromadiga nisbatan koeffisientidan; dasturdan foydali foydalanish davriga amortizasiyani bir tekisda taqsimlash usulini qo’llash natijasida ushbu summa aniqlanadi. 5.14. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish tartibi. Tabiiy resurslar xam tugatilayotgan aktiv qatoriga kiradi, chunki ushbu resurslarning qazib olinishi natijasida ular asta-sekin kamaya boshlaydi. Bunga yaqqol misol tariqasida o’rmon maydonlari, neft, tabiiy gaz, ma’dan boyliklari- oltin, kumush, toshko’mir va boshqalarni keltirish 263 mumkin. Ushbu tabiiy boyliklarning hisobini yuritish juda qiyin, chunki quyidagi muammolar mavjud: ushbu tabiiy resurslardan foydalanishni amalga oshirish jarayonida ularning qiymatini aniqlash tartibini belgilash; ushbu aniqlangan qiymatni amortizasiya ko’rinishida moliyaviy natija to’g’risida hisobotga qayd qilish. Tabiiy resurslarning qiymatini aniqlash jarayoni eng avvalo uning qiymatini aks ettirish uchun qaysi sarflarni va qancha miqdorda nomoddiy aktivlarga kapitallashtirish lozimligini aniq belgilashni taqozo qiladi. Кeyingi muammo esa ushbu qiymatning hisobdan chiqarilish tartibidir, ya’ni amortizasiya darajasini belgilashdir. Hisobot davrida sarflangan tabiiy resurslarning qiymati ularning kamayishini bildiradi. Кamayish uchun asos bu ushbu resurslarni qazib olish jarayonida amortizasiya ko’rinishida qiymatiga qo’shish uchun oldindan nomoddiy aktiv sifatida ushbu summani kapitallashtirishdir. Ushbu summa, ya’ni kapitallashtirilgan qiymat ushbu boylikdan foydalanish jarayoni tugamaguncha qoplanmaydi. qoldiq qiymat esa aktivning kamayish asosini aniqlashga ta’sir qiladi. Qiymatning ijobiy qoldig’i (chunki u ijobiy eki salbiy qoldiq bo’lishi mumkin) aktivning kamayish asosini hisoblayotganda kapitallashtirilgan qiymatdan chegiriladi. Tugatilayotgan ob’ektni tayyorlash bilan bog’liq har qanday xarajat ushbu kamayishning asosiga qo’shiladi. Ushbu er usti va er ostidagi tabiiy boyliklarni tekshirish jarayonidagi sarflangan xarajatlar – qidiruv va parmalash ishlari, agarda ular aktiv ko’rinishiga ega deb hisoblansa, nomoddiy aktivlar qiymatiga qo’shiladi. Shuning uchun ham sub’ektlar ushbu qidiruv va parmalash ishlari bo’yicha sarflarni hisobga olishning maxsus usulini qo’llaydilarki, ushbu sarflar tegishli tabiiy resurslarning turlariga taalluqligining mutanosibligini ta’minlashi lozim. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling