O bobojonov k. Jumaniyozov
Gudvilning amortizasiyasi
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy tekshirish va ixtirolar (ITI) uchun sarflar.
Gudvilning amortizasiyasi. Gudvil tan olingandan keyin uning
qiymatini nima qilish kerak? Amaliyotda quyidagi 3ta variant qo’llaniladi: 1. Gudvilni darxol o’zining kapitaliga qo’shib qo’yish. Chunki kompaniya ichida tashkil qilingan gudvil darhol xarajatga kiritilgan bo’ladi (ya’ni nomoddiy aktiv deb tan olinmaydi), ayrim buxgalterlar, ketma- ketlik tamoyiliga asosan olingan gudvilni tezda xarajatga chiqarishni taklif qiladilar. Bundan tashqari gudvilning harakat davri noaniq, shuning uchun darxol hisobdan chiqarishni odil qaror deb hisoblaydilar. 2. Agar qiymatning kamayishi yuz bermasa, gudvilni aniqsiz qoldirish (amortizasiya hisoblamaslik). Ayrim buxgalterlar gudvil faoliyatning 259 noaniq muddatiga ega va uning qiymati pasaymagunicha u aktiv sifatida qolishi kerak deb ta’kidlaydilar. 3. Gudvilni uning faoliyat muddatiga amortizasiya qilish. Ayrim buxgalterlar gudvil asta-sekin kamayadi va ishlatiladi, buning oqibatida uni gudvildan olinadigan iqtisodiy foydani olish davridagi xarajatlarga amortizasiya qilish kerak deb ta’kidlaydilar. Eng ko’p tarqalgan buxgalteriya siyosati bo’lib gudvilni uning foydali faoliyati davri ichida ko’chirib qo’yish (uchinchi variant). Lekin amortizasiya hisoblash davri hech qachon 40 yildan ko’p bo’lmasligi kerak. Afsuski, gudvilning xizmat muddatini baholash odatda qiyin bo’ladi. Bundan tashqari, agar kompaniya sotib olgan gudvilni korxona ichida tashkil qilingan gudvilga ishlab chiqarish xarajatlari bilan birga amortizasiya qilinsa, sotib olingan gudvili bo’lmagan, amortizasiyani talab kilmagan raqobatchiga nisbatan foydani baholashda farq paydo bo’ladi. Ilmiy tekshirish va ixtirolar (ITI) uchun sarflar. Ilmiy tekshirish va ixtirolar uchun sarflar ko’p kompaniyalarda muhim xarajatlardan biri hisoblanadi. ilmiy tekshirish ishlari va ixtirolarga quyidagi ta’riflar va aniqliklar berilgan: Ilmiy tekshirish ishlari- bu yangi ilmiy yoki texnikaviy bilimlarni olish niyatida qabul qilingan va rejalashtirilgan izlanish ishlari. Bunday turdagi izlanish ishlari aniq maqsad eki qo’llashga qaratilgan bo’lishi mumkin. ixtirolar- bu ilmiy tekshirishlar, izlanishlarning yoki boshqa bilimlarning yangi yoki mutloq takomillashtirilgan materiallar, uskunalar, mahsulotlar, jarayonlar, tizim yoki xizmatlarni rejalashtirish yoki ixtirolar natijalarining amalietga o’tkazilishidir. Ixtirolar tushunchalarini ta’riflash, ixtiro mahsulotlarini tekshirish va sinovdan o’tkazishni, prototiplarni kurish, shuningdek, sinovchi korxonalarni ishlatishni o’z ichiga oladi. Rivojlanishga mavjud mahsulotga, ishlab chiqarish liniyalarga, qayta ishlangan oddiy eki davriy o’zgartirishlarni kiritish bilan bog’liq sarflar bunga kirmaydi. U yana o’z ichiga bozorni o’rganishni yoki bozordagi tovarlarni o’rganish sarflarini olishi mumkin. ITI bo’yicha ishlarni bajarish uchun ko’rilgan yoki olingan inshoot va asbob-uskunalar kapitalga yozilishi kerak. Bunday olingan yoki ko’rilgan aktivlarning amortizasiyasi ushbu aktivlarning ITI maqsadlari uchun ishlatishi kerak bo’lgan davrga ilmiy-tekshirish va ixtiro ishlarining xarajatlarini tashkil qiladi. Faoliyatning ko’p turlariga qilingan sarflarning ITI sarflariga o’xshash tomoni shundaki, ular firmaning kelajakda daromad olishiga imkoniyat 260 yaratadi. Misollar, inshootlarni o’tkazish (surish)ga, yangi mahsulotlarni yaratish yoki xizmatlarni ko’rsatish, mahsulotni yoki xizmatlarni o’zlashtirish bo’yicha xodimlarni o’qitish va reklama faoliyatiga sarflarni o’z ichiga oladi. Ilmiy-tekshirish va ixtirolarga kiruvchi faoliyatlarning turlari quyidagilardan tashkil topgan: a) yangi bilimlarni olishga qaratilgan laboratoriya tekshiruvlari; v) yangi tekshiriladigan narsa yoki boshqa bilimlarning izlanilishi; s) tushunchalarni ruyobga keltirish va kelajak mahsulotlarini yaratish yoki ishlab chiqarish texnologiyasi, usullari va variantlarini ixtiro qilish. Odatdagi ixtirolarga kiritilgan faoliyat turlari quyidagicha guruhlanadi: a) mahsulot ishlab chiqarishning alternativ usullari yoki ixtirolar uchun yo’llarni qidirish maqsadida tekshirishlarni o’tkazish; v) ishlab chiqarilmagan model va prototiplarni tekshirish, qurish, yaratish va sinash; s) instrumentlarni, andozalarni, quyuv shaklini va yangi texnologiyalarni o’z ichiga olgan matrisalarni ishlash. Ilmiy-tekshirish va ixtirolarga kirmagan faoliyatlarning turlari quyidagicha: a) tijorat ishlab chiqarishning erta bosqichidagi injener-texnik ko’rsatkichlari; v) ishlab chiqarish jarayonida sifatning nazorati, shu jumladan, mahsulotning xar kungi tekshiruvi; s) ishlab chiqarish paytida buzilishlarning, yaroqsiz mahsulotlarning sababini aniqlash va tugatilishi; a) mavjud mahsulotga, ishlab chiqarishni qaytadan ishlovchi ishlab chiqaruvchi tizimiga va boshqa jarayonlarga, agarda bunday o’zgartirishlar naf keltirsa, xar kungi va davriy o’zgarishlarni kiritish; b) davom etayotgan ishlab chiqarish qismi sifatida mijozlarning talab va takliflarini e’tiborga olgan holda mavjud imkoniyatlarni moslashtirish; c) instrumentlarning, andozalarning, quyuv shakllari va matrisalarning har kungi ishlov berishlari; d) qurilish, ko’chib ketish, joylarni almashtirish yoki ITIning aniq loyihasi uchun tegishli bo’lgan inshoot va uskunalardan tashqari, inshoot va uskunalarning kiritilishi bilan bog’liq bo’lgan tadbirlarni amalga oshirish. Ilmiy tekshiruv va ixtiro bo’yicha sarflarni xarajatlarga qo’shish tartiblari quyidagicha: 261 1. Tekshiruv va ishlov berishlarga taalluqli sarflar ular sarflangan davr iichidagi xarajatlarda aks ettirilishi kerak; 2. Agarda quyidagi shartlar bajarilsa, ishlov berishga qilingan sarflar kelajak davrlarga qoldirilishi kerak: a) mahsulotning turi va jarayonning davri to’g’ri aniqlangan va sarflarning o’lchanishi mumkin bo’lsa; v) mahsulot va jarayonning texnikaviy asosi belgilangan bo’lsa; s) sub’ektning ma’muriyati mahsulot va jarayonlarni ishlab chiqish va bozorda sotish yoki o’zining ishlab chiqarishida va jarayonida foydalanishini ko’rsatsa; d) mahsulot yoki jarayon uchun kelajakda sotish bozori ravshan aniqlangan yoki ular ichki foydalanish uchun mo’ljallangan bo’lsa; e) loyihani bitirish uchun mos resurslar mavjud bo’lsa. 1. Moliyaviy hisobotlar butun davr ichidagi xarajatlarga ko’chirilgan ilmiy-tekshiruv va ixtiro sarflarning summasini; butun davr ichidagi xarajatlarga ko’chirilgan ixtiroga ketgan kechiktirilgan sarflarning summasini; davr ichida yaratilgan ixtirolarga ketgan sarflarni va ixtiroga ketgan amortizasiya qilinmagan kechiktirilgan sarflarni ochib berishi kerak. 2. Yuqorida keltirilgan abzaslar ixtisoslashtirilgan faoliyat doirasiga, masalan, boshqa mutaxassislar tomonidan qilingan ish, rivojlanish bosqichida turgan, lekin sanoatning qazib oluvchi sub’ektlari uchun noyob hisoblangan asbob-uskunalarga kirmaydi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling