O bobojonov k. Jumaniyozov
Moliyaviy hisobot uchun kamayish usulini qo’llash tartibi
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Кamayish asosi = КBMX x qazib olingan Rеzеrvlarning smeta qiymati
Moliyaviy hisobot uchun kamayish usulini qo’llash tartibi. Ushbu
kamayayotgan ob’ektning amortizasiyasi kamayish deb yuritiladi. Кamayish – bu qazib olingan resurslarning qiymatiga kamayishning asosi bo’lgan qiymatni davriy hisobdan chiqarishdir. Кamayish qiymatini aniqlashning umumiy uslubi bu qazib olingan tabiiy resurslarining mavjudligidir. Кamayish asosi va qazib olinadigan tabiiy resurslar birligining smeta qiymati aniq bo’lgan sharoitda kamayish birligining me’yori quyidagicha aniqlanadi. Кamayish asosi = КBMX x qazib olingan Rеzеrvlarning smeta qiymati 264 Har bir davrga tegishli kamayish summasi qazib olingan xom ashyoning miqdorini birlik mahsulotga tegishli smeta qiymatiga ko’paytirish usuli bilan aniqlanadi. Ushbu summa tegishli sarflar yoki tabiiy resurslarning inventar schyotining debet tomonida va tegishli aktivlarning kamayishini bildiruvchi schyotning kredit tomonida qayd qilinadi. Agarda ushbu inventar schyot qo’llanilsa ushbu tabiiy resurslarni sotish jarayoniga asosan ushbu kamayish asosining qiymati sotilgan mahsulotlarning qiymati sifatida hisobdan chiqariladi. Hisobot davrining oxirida qazib olingan, lekin sotilmagan mahsulotlarga tegishli kamayish qiymati qazib olingan TMZ qiymatiga qo’shiladi. Кo’p hollarda kamayish summasi kamayayotgan ob’ektning kreditiga yoziladi, lekin ushbu summani jamg’arilgan kamayish schyotini ochib uning kreditiga yozilib borilsa, asosiy vositalarning hisobini yuritishga o’xshaydi, chunki kamayish qazib olingan xom ashyo qiymatining bir qismidir. Bundan tashqari, agarda ushbu xom ashyo sotilsa ushbu sotilgan boyliklarning bir qismini tashkil qiladi. Agarda ushbu boyliklar hisobot davrida sotilmasa boshqa ishlab chiqarish xarajatlari qatori kamayish summasi chiqarilgan yoki qazib olinadigan xom-ashyoga tegishli summani aniqlash ancha qiyinchiliklarni tug’diradi. Shuning uchun xam qoplanadigan qiymatga tez-tez tuzatish kiritiladi. Shuning uchun smeta bo’yicha qayta tuzilayotgan me’yori uning qoldiq asosi va qazib olish hajmiga taqqoslagan holda imkoniyati boricha aniq hisoblanishi lozim. Sub’ektning boshqa uzoq va qisqa muddatli aktivlari qatori nomoddiy aktivlar ham xizmat vaqtining tugashi yoki boshqa sabablarga asosan hisobdan chiqarilishi, ya’ni sub’ektning tasarrufidan chiqarilishi mumkin. Ushbu jarayonni qayd qilish va bu ma’lumotlarni umumlashtirish uchun 9220-"Boshqa aktivlarni sotish va boshqa hisobdan chiqarishlar" schyoti qo’llaniladi. Ushbu schyotning debet tomonida chiqib ketayotgan aktivlarning balans qiymati, QQS va boshqa sarflar (komission mukofotlar va hokazolar) aks ettiriladi. Uning kredit tomonida esa boyliklarni sotishdan olingan daromadning summasi va eskirish summasi qayd qilinadi. 9220-"Boshqa aktivlarni sotish va boshqa hisobdan chiqarishlar" schyotining debet qoldig’i (ko’rilgan zarar) 9432-"Boshqa aktivlarni sotishdan va boshqa hisobdan chiqarishlar natijasida ko’rilgan zararlar" schyotining debetiga va kredit qoldig’i esa 9320-"Boshqa aktivlarni sotish va boshqa hisobdan chiqarishlardan olingan foyda" schyotning kreditiga yoziladi. 265 Nomoddiy aktivlarning sub’ekt tasarrufidan chiqib ketishi schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling