Qisqacha xulosa.
Asosiy vosita va nomoddiy aktivlarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri
shundan iboratki, ular ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat xizmat
qiladi va shu bilan birga o’zining jismoniy ko’rinishini saqlab qoladi.
Lekin ular mahsulot ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish jarayoni uchun
zarur bo’lgan sharoitlarni yaratib berishda uzoq muddat qatnashadi hamda
asta-sekin eskirib boradi va eskirgan qismi ishlab chiqarilayotgan
mahsulot, ish yoki xizmatning tannarxiga qisman o’tkazilib boriladi.
Sub’ektning moliyaviy-xo’jalik faoliyati jarayonida asosiy vositalar
sub’ektga olinadi va foydalanishga beriladi, eskiradi, ta’mirlanadi, bir
bo’limdan ikkinchi bo’limga o’tkaziladi, eskirishi, sotilishi va tekinga
berilishi natijasida sub’ektning hisobidan chiqariladi, vaholanki doimo
harakatda bo’ladi.
Shu nuqtai nazardan mazkur mavzuda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
tomonidan asosiy va nomoddiy aktivlar hisobini, xususan ularni
turkumlarga ajratish va baxolash tartibi, qabul qilish va xujjatlashtirish,
sintetik hisobini tashkil qilish, amortizasiya hisoblashning tartibi va
usullari, xamda boshqa dolzarb masalalar erkin iqtisodiy sharoit talablarini
e’tiborga olgan xolda batafsil yoritib berilgan.
Tayanch iboralar.
Asosiy vositalar, asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati, asosiy
vositalarning eskirishi, asosiy vositalarning qayta tiklangan qiymati,
asosiy vositalarning qoldiq qiymati, asosiy vositalarning hisobdan
chiqarilishi, auksion, balans, korxonaning jalb etilgan mablag’lari,
korxonaning bankdagi hisobidan kuchirma, kredit, kreditorlik qarzlari,
lizing, lisenziya, lisenziya kelishuvi, lifo, makler, materiallar, sertifikat,
ssuda, tezkor hisob, tender, tovar, tovar belgisi, tovar birjasi, to’lov
talabnomasi, obligasiya, opsion, , xujjatlarni guruhlash, xujjatlarni
taksirovka qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |