O bobojonov k. Jumaniyozov
Akkord (ko’tara) tizimli mehnat haqi
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Egri ishbay mehnat haqini
- Progressiv (ilg’or) ishbay mehnat haqi
- Qo’shib to’lash va rag’batlantiruvchi
Akkord (ko’tara) tizimli mehnat haqi brigada (jamoa) har xil
mutaxassislikdagi (chilangar, tokar, sozlovchi va b.k.) ishchilardan tarkib topgan, ya’ni kompleksli brigada bo’lganda, ta’mirlash yoki boshqa ishlarni bajarganda qo’llaniladi. To’lov (haq to’lash) ishning butun hajmi uchun qo’yilgan qiymatlar bo’yicha mahsulotning o’lchov birligida ishlarni bajarish uchun maksimal vaqtni ko’rsatish bilan amalga oshiriladi. Ishning bajarilishini TNB yoki usta qabul qiladi. Buxgalteriya brigada a’zolari orasida haqiqiy mehnat haqini har bir ishchining ishlagan vaqti va ularning razryadining darajasiga muvofiq taqsimlaydi. Bunday holatda mukofotlash bajarilgan ishning vaqtini qisqartirish orqali amalga oshiriladi. Кeyinchalik ishchining mehnat unumdorligini oshirishga va bajarilgan ishning muddatini qisqartirishga moddiy qiziqishini kuchaytirish maqsadida ishbay mehnat haqi ishchilarning alohida guruhiga tadbiq qilinishi kerak. Ishbay mehnat haqi birgada a’zolarining arizasi bo’yicha ular o’rtasida bab-barobar taqsimlanishi ham mumkin. Egri ishbay mehnat haqini hisoblash paytida ishchining mehnat haqining hajmi uning asosiy ishlab chiqarish ishchilariga xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlari mehnatining natijalariga (bu ishga u bilvosita ta’sir etadi) bog’liq. Egri ishbay qiymat tarif stavkasini (maoshning) ishbay ishchining mahsulotning chiqarishga mo’ljallangan miqdoriga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. 278 Progressiv (ilg’or) ishbay mehnat haqi shaklini qo’llash paytida oylik maoshining hisoblanishi mahsulotning rejalashtirilgan miqdori uchun- to’g’ri ishbay qiymati bo’yicha, belgilangan hajmidan oshiq mahsulot ishlab chiqarganligi uchun o’suvchi qiymat bo’yicha amalga oshiriladi. Qo’shib to’lash va rag’batlantiruvchi ko’rinishdagi qo’shimcha haqlar va ustamalar, asosan, bajarilayotgan ishning o’zgacha xususiyati bilan (ishning davriyligi, uzoqlik, aniqsizlik hajmi va ko’p smenaligi bilan va x.k.) yoki umumiy shartlardan farq qiladigan ishning shartlari bilan bog’liq. Qo’shimcha haqning va ustama hisoblash usulida boshqarilishning umumiy tartibi qabul qilingan. Unda qo’shimcha to’lovlarning miqdori (o’lchovi) sub’ekt tomonidan mustaqil belgilanadi. Lekin O’zbekiston Respublikasining xukumati tomonidan tasdiqlangan daraja va miqdordan past bo’lmasligi kerak. Rag’batlantiruvchi to’lovlar /yuqori malaka, professional kasb, mukofot va hokazolar uchun qo’shimcha haq va ustamalar/ sub’ekt tomonidan mustaqil aniqlanadi va mavjud xom ashyolar, texnologik tizim doirasida ishlab chiqiladi. Ularni to’lashning darajasi va shartlari kollektiv shartnomalarda aniqlanadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling