O bobojonov k. Jumaniyozov
Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gudvil-aniqlab bo’lmaydigan nomoddiy aktivlar.
- Gudvilning konseptual moxiyati.
Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi. Nomoddiy aktivlarning sotish,
almashtirish yoki boshqa usullar yordamida chiqib ketishi paytida, uning amortizasiya qilinmagan qiymati nomoddiy aktivlar schyotida chiqib ketishdan olingan foyda yoki ko’rilgan zararlar aks ettirilishi kerak. Gudvil-aniqlab bo’lmaydigan nomoddiy aktivlar. Gudvil aniqlab bo’lmaydigan, eng ko’p tarqalgan va muhim bo’lgan nomoddiy aktivlar hisoblanadi. Gudvil firmaning yaxshi xarakteristikalari natijasida paydo bo’ladigan qiymatini belgilaydi, bu esa firmaning aniq aktivlaridan kutilgan daromadga qo’shimcha daromadlarni oshiradi. Gudvil olish dalilsiz xam mavjud bo’lishi mumkin, faqat bitta kompaniya boshqa kompaniyani sotib olgandagina yoki ularning qo’shilishi paytidagina ushbu gudvil joriy hisobda tan olinadi. Gudvil xaqidagi savollarni xal 256 qilish avvalo uning ma’nosini ko’rib chiqishdan- nimalar natijasida gudvil hosil bo’ladi-boshlanadi, keyin esa baholash, ro’yxatdan o’tkazish, amortizasiya va gudvil hisobi xaqidagi savollariga o’tiladi. Gudvilning konseptual moxiyati. Asosan, gudvil firmaning odatiy ko’rsatkichlaridan oshib ketgan, kelajakdagi moliyaviy ko’rsatkichlarining taxminiy qiymatini ifodalab beradi. Bu taxmin firmaga yoki uning muomalaviy sharoitiga tegishli nomoddiy qulay xarakteristika(tavsif)lari yoki omillari firma uchun kelajakda yuqori daromadlarni olish ehtimolini yuzaga chiqarishdan paydo bo’ladi. Bunday qulay omillarga quyidagi omillarni misol keltirish mumkin: 1. A’lo darajadagi rahbarlik qiluvchi komanda; 2. Sotishni a’lo darajada tashkil qilish; 3. Bitta yoki bir nechta asosiy raqobatchilardagi bo’sh darajadagi raxbarlik; 4. Alohida samarali reklama (tashviqot); 5. Ishlab chiqarishning maxfiy jarayoni; 6. Nihoyatda yaxshi mehnat munosabatlari; 7. Ishchilarni kasbga tayyorlashda qo’llaniladigan ilg’or dastur; 8. Ishonchlilikning yuqori reytingi; 9. Jamiyatda o’zgacha yuqori obro’ (imidj); 10. Raqobatchining faoliyatidagi qulay bo’lmagan xodisalar; 11. Boshqa kompaniya bilan o’rnatilgan qulay munosabatlar; 12. Imtiyozli strategik ixlos; 13. Ilgari noma’lum bo’lgan resurslarni yoki ishchilarning imkoniyatini aniqlash; 14. Soliq kodeksidagi qulay bo’lgan imtiyozlar; 15. Davlat qonunchiligidagi qulay bo’lgan imtiyozlar. Bu omillardan har biri, shuningdek ro’yxatda keltirilmagan boshqa omillar ushbu omillarning yo’qligiga nisbatan, firmaga katta daromad olishning usullarini ko’paytiradi. Daromadlarning oshishiga imkon yaratib, bu omillar firmaning qiymatini alohida aktivlarning qiymatidan yuqoriroqqa oshiradi. Qiymatning oshishi ko’pincha firmaning bahosida aks etadi va gudvil deb nomlanadi. Gudvilning boshlanishini yaratadigan omillarning asosiy xususiyati shundan iboratki, ular firmaning boshqa aktivlari bilan bog’liq bo’lgan qiymatini tashkil etadi. Ular firmaning bir qismi bo’lib, undan mustaqil bo’la olmaydi va bundan tashqari ularni alohida sotish imkoniyati ham bo’lmaydi. O’z navbatida bu tobe’lik baholashda jiddiy muammoni tug’diradi, chunki firmaning gudvilini firmadan ajratib bo’lmaydi, 257 shuningdek alohida sotib olish yoki sotib bo’lmaydi; uni faqat firma sotilganda ob’ektiv baholab bo’ladi. Firma o’zining ishlab chiqarish rejalarini amalga oshirish paytida gudvilni yuzaga keltirishi mumkin, gudvilning qiymatini baholash mumkin bo’lganda bog’liq bo’lmagan boshqa sub’ekt bilan qandaydir bozor munosabatlari yoki muomala mavjud emas. Firma gudvilni kelishilgan narxda faqat u ikkinchi firmani sotib olgandagina olingan va taqqoslashtirilgan aktivlarning hozirgi bozor qiymatidan yuqori bo’lgan narxda olgandagina tan oladi. Hisob maqsadlari uchun gudvilni quyidagi ko’rsatkichlar o’rtasidagi farqlari bo’yicha ko’rib chiqish mumkin: firmani sotib olishning haqiqiy bahosi va tenglashtirilgan sof aktivlarning haqiqiy bozor qiymati. Qachonki gudvil qiymat tamoyiliga muvofiq bo’lsagina xarid qilish orqali olish uning qiymatini o’lchashning yagona ob’ektiv vositasi hisoblanadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling