O bobojonov k. Jumaniyozov
Nomoddiy aktivlarni ishlatishda olinadigan daromadlarning
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
Nomoddiy aktivlarni ishlatishda olinadigan daromadlarning
davri. Ayrim NMA bo’yicha daromadlar olish davrini aniqlab bo’lmaydi. NMAlarni ishlatishdan kutilgan daromadlarni olish davri iqtisodiy yoki yuridik va kelishilgan cheklanishlar orqali aniqlanadi. Masalan: lisenziyani ishlatishdan olinadigan daromad tuzilgan va qayd qilingan shartnomada aniqlanadi. Nomoddiy aktivlar quyidagi aktivlar sifatida aniqlanadi: sub’ekt faoliyatida faol ishlatiladi, investisiyalar sifatida yoki sotish maqsadida saqlanmaydi; hozirgi hisobot davri tugaganidan keyin foyda keltirishi kerak; har doim ham moddiy mohiyatga ega emas. Nomoddiy aktivlarning bahosi faqat imtiyozlar va tadbirkorlik huquqlari bilan taqdim etiladi. U foizli, moliyaviy yoki muomalaviy daromad keltiradi. Ularga gudvil, patentlar, mualliflik huquqlari, savdo markalari va hokazolar kiradi. Nomoddiy aktivlarning bahosi asosiy vositalarga o’xshab vaqti-vaqti bilan amortizasiya qilinadi, ya’ni aktivning ishlatilishi paytida, foydali vaqt ichida xarajatlarning tarkibiga qo’shiladi. Hozirgi kunda sub’ektlarning iqtisodiy holati ularni takomillashtirishni talab qiladi, davlat ichida va tashqi ishlab chiqaruvchilar orasida raqobat assortimentini yangilash doirasida va mahsulotlarning sifatini, bajarilayotgan ishni va xizmatlarni oshirishda sub’ektga yangi majburiyatlar qo’yadi. Qo’yilgan masalalarni echishni ta’minlab turuvchi instrumentlardan biri nomoddiy aktivlar hisoblanadi, chunki ular moddiy xususiyatga ega 243 bo’lmay mahsulotni yaratish va daromadlarni olishda faol qatnashadi. Ularga patentlar, lisenziyalar, "nou-xau", erdan va tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari, brokerlik joylari, savdo markalari, programmali dasturlar va boshqalar kiradi. Yuqorida keltirilgan 4ta xususiyat nomoddiy aktivlarning har xil kategoriyalari uchun buxgalteriya hisobining usullariga ta’sir qiladi. Nomoddiy aktivlarning hisobi moddiy aktivlarga, masalan, er, bino va uskunalarga qo’llaniladigan xuddi shunday tamoyillar va tartiblarni o’z ichiga mujassamlashtiradi. Bu tamoyillar o’z ichiga quyidagilarni oladi: 1. Ushbu aktivlarni olish vaqtida tannarx tamoyilini qo’llash; 2. Moslik tamoyilini, bu sarflangan xarajatlar va olingan daromadlar ushbu hisobot davrida aks ettirilishini talab qiluvchi, ishlatish davri paytini qo’llash. 3. Chiqish paytida daromadlarni tan olish tamoyilini qo’llash, ya’ni chiqimdan olingan foyda yoki ko’rilgan zarar olingan pul mablag’lari va chiqib ketgan aktivning balans qiymati orasidagi farqining tan olinishi. Nomoddiy aktivlarning hisobida 2ta asosiy masala mavjud: hozirgi hisobot davrida ushbu aktivlar qiymatining qaysi qismining xarajatlar hisobiga qo’shilishini aniqlash; balansda ko’rsatilgan qoplash qiymatini hisoblashning zarurligi. Ushbu masalalarni echish uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak: nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatini to’liq, to’g’ri va o’z vaqtida aniqlash; nomoddiy aktivlar qiymatining tegishli qismini ulardan foydalanish jarayonida xarajatlarning tarkibiga to’g’ri qo’shish; nomoddiy aktivlarning ishlatilishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarning hisobini to’g’ri yuritish; nomoddiy aktivlarning hisobdan chiqarilishini to’g’ri va o’z vaqtida hisobda aks ettirish. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling