O bobojonov k. Jumaniyozov
Ijaraga olingan mulkning qiymati va amortizasiyasi
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
Ijaraga olingan mulkning qiymati va amortizasiyasi
AКTIVLAR MAJBURIYATLAR Asosiy vositalar boshlang’ich qiymati bo’yicha 3.000.000 Moliyaviy ijara bo’yicha qisqa muddatli majburiyatlar 90.000 Minus: hisoblangan amortizasiya 1.000.000 Asosiy vositalarning sof qiymati 2.000.000 Moliyaviy ijara bo’yicha uzoq muddatli majburiyatlar 270.000 * Asosiy vositalarning umumiy qiymatiga ijaraga olingan mulk 500.000 231 so’m, yig’ilgan amortizasiyaga esa – ushbu mulkning amortizasiyasi 140.000 so’m, kiritilgan. Кo’rib turibmizki, asosiy vositalar ijarasining kapitallashgan qiymati 500.000 so’mni tashkil etadi minus 140.000 so’m, amortizasiyasi yoki 360.000 so’m, majburiyatlar esa 90.000 so’m, qisqa muddatli va 270.000 so’m, uzoq muddatliga bo’linadilar. Ijara to’lovlari hisobotda moliyaviy to’lov (foizlar bo’yicha xarajatlar) va majburiyatlarni kamaytirish bo’yicha to’lovlarga (ijara kelishuvi bo’yicha to’lovlar) taqsimlanadi. Moliyaviy to’lov ijara muddati mobaynidagi minimal ijara to’lovlarining summasi va boshlang’ich yozilgan majburiyat summalarining farqidan iboratdir. Moliyaviy to’lov ijara muddati mobaynida davrlar bo’yicha shunday taqsimlanadiki, har bir davrda majburiyatlarning qoldig’iga nisbatan doimiy daraja (stavka) saqlanib qolinishi kerak. Ijaraga olingan mulkning amortizasiyasi unga bo’lgan egalik qilish huquqi o’tkazilgan paytda aniqlanadi. Agar egalik qilish huquqi ijarachiga ijara muddati tugagandan keyin o’tsa yoki bu ko’zda tutilgan bo’lsa, amortizasiyani hisoblash davri bo’lib, aktivning foydali ish faoliyatining muddati hisoblanadi. Agar egalik qilish huquqi o’tkazilmasa, amortizasiyani hisoblash davri bo’lib, quyidagi ikki davrdan eng qisqasi: ijara muddati yoki aktivning foydali ish faoliyatining muddati hisoblanadi. Odatda moliyaviy to’lov va hisoblangan amortizasiya summasi hisobot davri uchun to’langan ijara to’loviga teng emas va buning natijasida ijaraga olingan aktivning qiymati va u bilan bog’liq majburiyatlarning qiymati ijara muddatining boshlanishidan kelishilgan hamma davrlar uchun teng bo’lmaydi. Ijarachi tomonidan muomalaviy (tezkor) ijaraning hisobi. Ijara to’lovlari bo’yicha xarajatlar tizimli (sistematik) ravishda har hisobot davrida (iajraga beruvchi tomonidan hisobga olinadigan sug’urtalash va xizmat ko’rsatish qiymatidan tashqari) moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda tan olinadi. Ijaraga beruvchi tomonidan moliyaviy ijaraning hisobi. Ijaraga beruvchi nuqtai nazaridan ijara yoki moliyaviy yoki sotuv shaklidagi ijara bo’lib ifodalanishi mumkin. Ijaraga beruvchi uchun moliyaviy ijaraga berilgan aktivlar balansda asosiy vositalar sifatida emas, balki ijaraga sof investisiyalarga teng bo’lgan debitorlik qarz sifatida aks ettiriladi. Bunday debitorlik qarzning sof qiymati minimal ijara 232 to’lovlarining joriy diskontlangan qiymati orqali aniqlanishi kerak, ular kafolatlangan yoki kafolatlanmagan bo’lishidan qat’iy nazar. Ijraga beruvchi hisobotda ijaradan olingan foydani foizlardan tushgan foyda sifatida aks ettiradi. Butun foyda kapital qo’yilmalardan olingan foydadir deb hisoblanadi. Sotishlarning turi bo’yicha ijara hisobi. Agar ishlab chiqaruvchi uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha mahsulotning jo’natilishini ishlab chiqarishning moliyalashtirish manbasi sifatida aks ettirsa, olingan foyda ikki yo’nalish bo’yicha alohida aks ettirilishi shart: mahsulotni ishlab chiqarish va sotish; ijara muddati mobaynida ijara shartnomasi bo’yicha investisiyalar. Ijara bitimi haqiqatda ijro etilganda, ya’ni ijara shartnomasi bo’yicha debitorlik qarzining hajmi mahsulotning realizasiya bahosiga teng bo’lsa, ishlab chiqarishdan olingan daromadlarni hisobga olish mumkin. Ishlab chiqarishdan olingan daromadlar mos keladigan diskontlash stavkasini ishlatgan holda minimal ijara to’lovlarning diskontlangan qiymatiga teng bo’lishi kerak. Lekin ushbu daraja (stavka) realizasiya bahosini hisobga olmasdan qo’llanilishi mumkin emas. Agarda mahsulot, ish va xizmatlarning sotuv narxlari mavjud bo’lmasa yoki ularni aniqlash mumkin bo’lmasa, ijaraga beruvchi sotuvlardan olinadigan yalpi foyda va foizlardan olingan foydani aniqlashda sezilarli erkin harakat qilishga egadir. Har qanday hisob jarayoni o’zida ijaradan olingan yalpi foydani ishlab chiqarish va investisiya qilish o’rtasida ixtiyoriy taqsimlashni ifodalaydi. Aktivni qayta ijaraga olish sharti bilan sotish. Bu kelishuv bo’yicha firma o’zining aktivlarini boshqa tomonga sotadi va ushbu aktivni sotib olgan tomon ularni sotgan firmaga qaytadan ijaraga beradi. Odatda aktivlar bozor qiymatiga yaqin narxda sotiladi. Firma asbob- uskuna qiymatini naqd pulda va ijara muddati mobaynida aktivlardan iqtisodiy foydalanish huquqini beradi. Mulkni qaytadan ijaraga olish sharti bilan sotish bo’yicha bitimlarning buxgalteriya hisobining usuli ijaraning turlariga bog’liqdir. Agar aktivlarning qaytadan ijaraga olish sharti bilan boshqa sub’ektga sotilishi uning moliyalashtirilgan ijarasi hisoblansa, unda bunday bitim ijaraga beruvchi aktivlarni kafolat o’rnida ishlatib qiymatidan oshgan qismini olingan foyda deb hisoblash maqsadga muvofiq kelmaydi. Bunday ortiqcha qism, agar tan olingan bo’lsa, muddati uzaytiriladi va ijaraning muddati mobaynida foydaga olib boriladi. 233 Agar mulkning qayta ijaraga olish sharti bilan sotilishi muomalaviy ijara hisoblansa, hamda ijara haqlari va realizasiya narxi haqqoniy qiymat bo’yicha belgilansa, demak oddiy sotuv sodir bo’lgan va har qanday foyda yoki zarar shu zaxoti tan olinadi. Agarda mulkning realizasiya narxi haqqoniy qiymatdan past bo’lsa, har qanday foyda yoki zarar shu zaxoti tan olinadi, bozor qiymatidan past narxlar bo’yicha ko’rilgan zararning kelgusi ijara to’lovlar bilan qoplanishi bunga kirmaydi. Bu holda ushbu to’lovlarning muddati uzaytiriladi va u ushbu aktiv ishlatiladigan vaqt davri mobaynida qilinadigan to’lovlarga mutanosib (proporsional) ravishda foyda yoki zararga olib boriladi. Agar realizasiya bahosi haqqoniy qiymatdan yuqori bo’lsa, haqqoniy qiymatdan oshgan qismining muddati uzaytiriladi va ushbu aktivning ishlatiladigan muddati mobaynida hisobdan chiqariladi. Agarda bitim vaqtida haqqoniy qiymat balans qiymatidan kamroq bo’lsa, balans qiymati va haqqoniy qiymat o’rtasidagi summaga teng bo’lgan zarar summasi shu zaxoti tan olinadi. Aktivlarni qayta ijaraga olish sharti bilan sotish bo’yicha kelishuvlar bilar shug’ullanadigan ijaraga beruvchilar: sug’urta kompaniyalar va boshqa har xil investorlar, moliyaviy kompaniyalar va mustaqil lizing kompaniyalari hisoblanadilar. Ijara kelishuvi bo’yicha aktivlarni sotib olish. Bevosita ijara haqidagi kelishuv bo’yicha kompaniya aktivlarni foydalanishga oladi, agarda bungacha u ushbu aktivlarga ega bo’lmagan bo’lsa. Asosiy ijaraga beruvchilar – ishlab chiqaruvchilar, moliyaviy kompaniyalar, banklar, mustaqil va xususiylashtirilgan ijara kompaniyalari va jamoalar hisoblandi. Кreditdan foydalanish yordamida ijaraga olish (kreditli ijara). Ushbu muomalada ko’rsatilgan 2 tomondan farqli ravishda kreditli ijara muomalasi amalga oshirilayotganda 3 tomon ishtirok etadi: 1. Ijarachi, ya’ni ushbu aktivdan ma’lum haq evaziga foydalanuvchi shaxs; 2. Ijaraga beruvchi yoki ulushlik ishtirokchi – mulkning to’liq yoki qisman egasi; 3. Кreditor mulk egasiga yoki ijaradorga vaqtincha mulkning qiymatini qarz sifatida beruvchi shaxs. Ijarachi nuqtai nazaridan kreditli ijara va boshqa turdagi ijaralar o’rtasida hech qanday farq yo’q. Ijaraga beruvchi (ijarachi) esa aktivlarni ijara kelishuvi shartlari bo’yicha sotib oladi va bu xaridni qisman investisiyadagi o’z ulushidan to’laydi, aytaylik 20% (bu erda «ulushli 234 ishtirokchi» degan sub’ekt paydo bo’lgan). Qolgan 80% uzoq muddatli kreditor yoki kreditorlar tomonidan to’lanadi. Asosan kreditlar (qarzlar) aktivlarning garovi, ijara va ijara haqi to’g’risidagi kelishuv orqali ta’minlanadi. Ijaraga beruvchi qarzdor hisoblanadi. Aktivlarning egasi sifatida ijaraga beruvchi bu xildagi aktivlar bilan bog’liq hamma to’lovlarni ushlab qolish huquqiga ega. Erni ijaraga olish. Odatda erni ijaraga olish muomalaviy ijaradir, chunki erning ishlatish muddati chegaralanmagan. Agarda ijara sotib olish yoki erga egalik qilish huquqini berishni ko’zda tutsa, unda bunday muomala mohiyati bo’yicha muddatini uzaytirib sotish deb hisoblanadi va bunday ijara kapitalizasiyalashtirilishi lozim. Agar ijaraga olingan mulkning bozor qiymatining tarkibida erning narxi 25% dan past miqdorni tashkil qilsa, ushbu muomala mashina va asbob-uskuna ijarasi sifatida qaraladi. Agar ijaraga olingan mulkning bozor qiymatining tarkibida erning narxi 25% dan ko’proq miqdorda bo’lsa, unda erning ijarasi alohida hisobga olinadi. Ijaraning ustunliklari. Ijara pul mablag’lari bilan bog’liq muammolarni hal qilishi mumkin, chunki bu holda ijaraga olingan aktiv qiymatining 100%igacha moliyalashtirilishi mumkin. Bank kreditlari odatda aktiv qiymatining 80 % bilan chegaralandi. Xuddi shuningdek ijara kelishuvida qayd qilingan foizning darajasi stavkasi to’g’risida kelishish mumkin, bank kreditlari uchun esa suzuvchi (o’zgaruvchan) foizning darajasi (stavkalari) xarakterlidir. Ijara bitimlarini muomalaviy (operasion) ijara sifatida tuzish mumkin, bu ijarachiga qarz chegaralari mavjud bo’lganda, balansdan tashqari bo’lgan hisobotni moliyalashtirishga yo’l ochadi. Ishga tushirilishi uzoq muddatga to’xtab turishlarga ega bo’lgan uskunalarni tayyorlashga buyurtma berishdan ko’ra, foydalanishga tayyor bo’lgan uskunani ijaraga olish qulaydir. Ba’zida aktivlarga faqat vaqtincha, mavsumiy yoki birlamchi talab bo’ladi, bunday holda ijara doimo foydalanishda bo’lgan aktivlarga egalik qilish noqulay bo’lgan muammolarini yo’q qilishga yordam beradi. Egalik qilishga nisbatan qisqa muddat ichida aktivlarning ijarasi ijarachiga yangi mahsulotlarning va yuqori texnologik asbob-uskunaning eskirishidan «muhofaza» qilishga imkoniyat beradi. Ijaraning kamchiliklari. Ijaraga olingan aktivlar qiymatining 100% moliyalashtirilishi shuningdek pul ko’rinishidagi yuqori darajadagi foizlarni anglatadi. 235 Mavsumiy ijarada asbob-uskuna kerak bo’lgan paytda topish mumkin bo’ladi deb kafolat berib bo’lmaydi. Undan tashqari, chegaralangan ijara foizining stavkalari (darajasini) belgilanishi mumkin. Qisqa muddatli ijara asbob-uskunaning bekor turib eskirishidan himoya qilishi mumkin, ammo qisqa muddatli ijaraning ijara haqi odatda uzoqroq muddatli ijaraning ijara haqidan baland bo’ladi (ijaraga beruvchi mumkin bo’lgan eskirish tavakkalchiligini (riskini) qoplaydi). Uzoq muddatli ijarada belgilangan ijara darajasi (stavka) ijaraga beruvchi – kreditorning foiz darajasi (stavkasi) ko’tarilganda, zararlar tavakkalchiligiga (riskiga) boshlaydi. Yoritish. Ijarachilarning moliyaviy hisobotlarida quyidagi ma’lumotlarni yoritish zarur: a) moliyaviy ijara shartlarida ijaraga olingan aktivlarning qiymati – balansni topishrishning har bir sanasiga; b) ushbu ijaraga olingan aktivlar bo’yicha majburiyatlar – boshqa majburiyatlardan alohida joriy va uzoq muddatli majburiyatlar orasidagi differensiya orqali; v) moliyalashtirilgan ijara va muddati bir yildan uzoq muddatda bekor qilinmaydigan muomalaviy ijara bo’yicha minimal to’lovlar bo’yicha majburiyatlar – to’lovlarning summasi va muddatlarini ko’rsatgan holda; ijarani tiklashning har qanday yangi imkoniyatlarining xususiyati yoki sotib olinishi, hamda ijara to’lovining ko’payishini nazarda tutgan shartnomaning moddalari to’g’risidagi ma’lumotlar; g) ijara shartnomasi bo’yicha moliyaviy cheklashlar – qo’shimcha kredit va qarzlarni yoki keyingi ijarani olishga cheklanishlar; d) kutilmagan hodisalarga bog’liq har qanday ijara to’lovlarining xususiyati; e) ijaraning oxirida bo’ladigan sarflar bilan bog’liq bo’lmagan kutilmagan xodisalar bilan bog’liq har qanday majburiyatning xususiyati. Ijaraga beruvchilarning moliyaviy hisobotlarida ma’lumotlarni ochib berish. Ijaraga beruvchilarning moliyaviy hisobotlarida quyidagi ma’lumotlar va tartiblarni ochib berish lozim: a) moliyaviy ijaraga qilingan yalpi investisiyalar, hamda ular bilan bog’liq moliyaviy daromad va ijaraga olingan aktivlarning kafolatlanmagan qoldiq qiymati; b) olingan daromadni taqsimlash jarayonida ishlatiladigan usul, ya’ni taqsimlash tartibi; 236 v) muomalaviy ijaraga berilgan aktivning qiymati va u bilan bog’liq har bir aktivning guruhiga oid balans hisobotining har sanasiga hisoblangan amortizasiya to’lovlar. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling