O bobojonov k. Jumaniyozov


Lizing muomalalari hisobining xususiyatlari


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

5.9. Lizing muomalalari hisobining xususiyatlari.
Moliyalashtirilgan ijara sharoitida ijaraga beruvchi ijarador bilan 
berilayotgan ob’ektning qiymati summasida yoki undan ortiq summada 
shartnoma tuzadi va ko’pchilik hollarda ushbu ijaraga berilgan ob’ekt 
ijarachining mulkiga aylanadi. Shartnomada ko’rsatilgan ob’ektning 
kelishilgan summasi 0310 - «Lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy 
vositalar» schyotining debetida qayd qilinadi. Bu schyot aktiv inventar 
schyot bo’lib, uning debeti tomonida ijaraga olingan asosiy vositalarning 
mavjudligi va krediti tomonida ijaradorning mulkiga berish summasi, sotib 
olingan ob’ektlarning qiymati yoki ijara majburiyatlari summasining 
ijaraga beruvchiga qaytarilishi aks ettiriladi. Natijada 0310- «Lizing 
shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar» schyoti yopiladi.
Ushbu muomalani isbotlash uchun quyidagi misolni keltiramiz:
KAMAZ avtomobiliga o’rnatilgan avtokran;
shartnoma bahosi 3.5 mln.so’m;
hisobot oyida eskirish hisoblandi 52500 so’m, ushbu summa 
quyidagi schyotlarda qayd qilinadi: Debet 2310-"Yordamchi ishlab 
chiqarish" schyoti va Кredit 0211-"Lizing shartnomasi olingan asosiy" 
schyoti.
0310-«Lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar» schyoti 
bo’yicha analitik hisob ijaraga olingan har bir asosiy vositaning inventar 
ob’ekti bo’yicha ayrim olingan holda yuritiladi.
0300- «
 Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan 
asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» bilan 
bog’liq xo’jalik operatsiyalari
Т/r
Xo’jalik muomalalarining mazmuni
Schyotlarning 
bog’lanishi
Dеbеt
Krеdit
1
Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha 
asosiy vositalarning kеlib tushishi
0310
6950
7910
2
Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha 
olingan asosiy vositalarning xususiy 
asosiy vositalar tarkibiga o’tkazilishi.
0110-
0190
0310
0211-
237


Bir vaqtning o’zida eskirish 
summasining o’tkazilishi
0299
0290
3
Moliyaviy ijara shartnomasining muddati 
tugaguniga qadar ijaraga bеruvchiga 
qaytarilgan ob'еktga hisoblangan eskirish 
summasi
0299
0310
4
Moliyaviy ijara shartnomasining muddati 
tugaguniga qadar ijaraga bеruvchiga 
qaytarilgan ob'еktlar bo’yicha moliyaviy 
ijara shartnomasi bo’yicha to’lanmay 
qolgan qoldig’ning:
joriy qismiga
Uzoq muddatli qismiga
6950
7910
0310
0310
5
Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha 
olingan asosiy vositalarni qayta 
baholash:
a) qiymatining oshirilishi
b) qiymatining kamaytirilishi
0310
8510
8510
0310
Hozirgi davrda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar nafaqat ob’ektlarni ijaraga 
oladilar, balkim o’zidagi vaqtincha ishlatilmay turgan ortiqcha asosiy 
vositalarni boshqa sub’ektlarga ijaraga ham beradilar. Ya’ni, ijaraga 
beruvchi vazifasini ham bajaradilar. 
Asosiy vositalar ijaraga berilayotganda tegishli ijara shartnomasi 
tuziladi va unda ijara shartlari, ya’ni ijara muddati to’lanadigan summalar, 
to’lash vaqtlari, to’lash tartiblari va boshqa shartlar ko’rsatiladi. Ushbu 
ijara to’lovlari muomalalarini hisobga olish uchun 0920-«Olinadigan 
moliyalashtirilgan lizinglar» schyoti ochilgan. Ushbu schyot ijaraga 
beruvchi tomonidan yuritiladi.
Tuzilgan «Dalolatnoma»ga muvofiq, ijarachiga tegishli ob’ekt ijaraga 
berilgan vaqtda uning balans qiymati 9210- «Asosiy vositalarning chiqib 
kеtishi» schyotining debetiga va tegishli 0100-«Asosiy vositalar» 
schyotining kreditidan olib boriladi va shartnomaga asosan kelishilgan 
baholar ijara summasining uzoq muddatli qismi 0920-«Moliyaviy ijara 
bo’yicha olinadigan to’lovlar» schyotining debetida, qisqa muddatli qisim 
esa 4810-" Молиявий ижара бo’йича олинадиган тo’ловлар - жорий 
исм
қ
Moliyalashtirilgan lizing bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar" 
schyotining debetida va umumiy summa 9210-" Asosiy vositalarning 
238


chiqib kеtishi" schyotining kreditida ko’rsatiladi va farq summasi esa 
quyidagi tartibda aks ettiriladi: muddati uzaytirilgan daromad qismi 
7290-"Boshqa muddati uzaytirilgan majburiyatlar" schyotida va joriy 
daromad qismi esa 6210-"Muddati uzaytirilgan daromad" schyotining 
kreditiga 9210-" Asosiy vositalarning chiqib kеtishi " schyotining 
debetidan olib boriladi. 
Uzoq muddatli ijara shartnomasiga asosan hisoblangan foizlarning joriy 
qismi 4820-"Olinadigan foizlar" schyotining debetida va 9530- «Foiz 
ko’rinishidagi daromadlar» schyotining kreditida qayd qilinadi. Ijaraga 
berilgan asosiy vositaning qoldiq qiymati bilan shartnomada kelishilgan 
ijara summasining o’rtasidagi farq 7290-"Boshqa muddati uzaytirilgan 
majburiyatlar" 
schyotining debetidan
9550-"Moliyaviy lizing 
shartnomasiga asosan berilgan mulkdan olingan daromad" schyotining 
kreditiga olib boriladi.
Ijarachilardan olingan ijara haqlari tegishli pul mablag’lari (5110, 5210, 
5220, 5500) schyotlarining debetiga 4810-«Lizing bo’yicha olinadigan joriy 
to’lovlar» schyotining kreditidan va olingan foiz to’lovlarining qismlari 
4820-«Olinadigan foizlar» schyotining kreditida aks ettiriladi. Ushbu 
summalar keyinchalik 0920-«Olinadigan moliyalashtiriladigan lizing» 
schyotining kreditidan 4810-«Moliyaviy lizing bo’yicha olinadigan joriy 
to’lovlar» schyotining debetiga olib boriladi. 
Tegishli ob’ektning uzoq muddatli ijara muddatining oxirida 
0920-"Olinadigan moliyalashtirilgan lizing", 4810-"Moliyaviy lizing 
bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar" va 6210-"Muddati uzaytirilgan 
daromad" schyotlarida qoldiq qolmaydi.
Agarda shartnomada belgilangan muddatdan oldin ijaraga berilgan 
asosiy vosita ijarachining mulkiga o’tkazilsa sotib olingan bahosidan ijara 
to’lovlarining summasi chegirilgan holda yuqorida keltirilgan ijara 
to’lovlarini qayd qilish tartibida schyotlarda qayd qilinadi.
Masalan: asosiy vosita «Mersedes» avtobusi ijaraga berildi. 
ob’ektning boshlang’ich qiymati 35.000.000 so’m. Debet 
9210-"Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimlari" schyoti va kredit 
0160-"Transport vositalari" schyoti;
ijaraga berish sanasida ob’ektning eskirish summasi 4.500.000 sum. 
Debet 0260-"Trasnport vositalarining eskirishi" schyoti va kredit 
9210-"Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimlari" schyoti.
tuzilgan shartnomaga muvofiq kelishilgan ijara haqining summasi 
36.000.000 so’m. Debet 0920-"Olinadigan moliyalashtirilgan lizinglar" 
239


schyoti va kredit 9210-"Asosiy vositalarning sotilish va boshqa chiqimlar" 
schyoti;
Кo’rsatilgan daromadning miqdori - 5.500.000 so’m. Debet 
9210-"Asosiy vositalarning sotilishi va boshqa chiqimlari" schyoti va 
kredit 9550-"Moliyaviy lizing shartnomasiga asosan berilgan mulklardan 
olingan daromadlar" schyoti.
har oyda hisoblanadigan to’lov miqdori – 54.000 so’m. Debet 
4820-"Olinadigan foizlar" schyoti va kredit 9530-"Foiz ko’rinishidagi 
daromadlar" schyoti.
har oyda olingan ijara to’lovlarining miqdori 54000 so’m. Debet 
5110-"Hisob-kitob schyoti" va kredit 4820-"Olinadigan foizlar" schyoti.
hisoblangan daromadlarni moliyaviy natijalarga olib borish 648.000 
so’m. Debet 9530-"Foiz ko’rinishidagi daromadlar" schyoti va kredit 
9910-"Yakuniy moliyaviy natija" schyoti.
0920-«Olinadigan moliyalashtirilgan lizing» schyoti bo’yicha analitik 
hisob har bir ijara shartnomasi bo’yicha ayrim yuritiladi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling