O bobojonov k. Jumaniyozov


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Davrlar
Boshlang’ic
h qiymati
Yillik 
amortizasiya 
summasi
Jamlangan 
amortizasiya 
summasi
Balans 
qiymati
Xarid sanasi
10
-
-
10
1 yil oxiri
10
(40%x10)=4
4
6
2 yil oxiri
10
(40%x6)=2.4
6.4
3.6
3 yil oxiri
10
(40%x3.6)=1.4
4
7.84
2.16
4 yil oxiri
10
(40%x2.16)=0.
864
8.704
1.296
5 yil oxiri
10
0.296
9.0
1.0
Jadvaldan ko’rinib turganidek, amortizasiyaning qat’iy me’yori doimo 
oldingi yilning balans qiymatiga nisbatan ishlatilgan. Amortizasiya 
summasi (eng kattasi birinchi yilda) yildan-yilga kamayadi va nihoyat, 
oxirgi yildagi amortizasiya summasi balans qiymatining qoldiq 
qiymatigacha kamaytirish uchun zarur bo’lgan summa bilan cheklangan. 
223


1996 yil 31 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 469-sonli qaroriga binoan Respublika Moliya vazirligi va 
Davlat soliq qo’mitasi tomonidan «Asosiy vositalarning guruhlari bo’yicha 
amortizasiyaning yagona me’yorlari to’g’risida»gi yangi tartibi ishlab 
chiqildi. Bu qarorga binoan, amortizasiya ajratmalarini hisoblashni 
soddalashtirish maqsadida 1997 yil 1 yanvardan boshlab barcha asosiy 
vositalar bir yillik amortizasiya me’yorlari bo’yicha quyidagi besh guruhga 
bo’lingan:
1. Imoratlar, inshootlar va qurilishlar – 5 foiz.
2. Engil avtomobil, taksi, yo’llarda ishlatiladigan avtotraktor texnikasi, 
maxsus uskunalar va jihozlar. Кompyuterlar, uning yonlaridagi jihozlari va 
ma’lumotlarni ishlash bo’yicha asboblar – 20 foiz.
3. Avtotransportning harakatdagi tarkibi /sostavi/: yuk tashuvchi 
avtomobillar, avtobuslar, maxsus avtomobillar va avtotirkovlar. 
Sanoatning barcha tarmoqlari, tikuv ishlab chiqarish uchun mashina va 
asbob-uskunalar, temirchi-presslash asbob-uskunalari, qurilish asbob-
uskunalari, qishloq xo’jalik mashinalari va asbob-uskunalar, ofis uchun 
mebellar – 15 foiz.
4. Boshqa guruhlarga kiritilmagan amortizasiyalanadigan aktivlar – 10 
foiz.
5. Temir yo’l, dengiz, daryo va havo transporti vositalari. 
Кuchlantiruvchi mashinalar va asbob-uskunalar, issiqlik-texnikaviy asbob-
uskunalar, turbina asbob-uskunalari, elektr dvigatellari va dizel generator-
lar. Elektr o’tkazgich va aloqa qurilmalari. Turuboprovodlar – 8 foiz.
Bu yangi qarorda korxonalarga, kerak bo’lsa, amortizasiya me’yorlarni 
tasdiqlangan me’yorlarga qaraganda kamaytirish yoki tezlashtirilgan 
amortizasiya hisoblash usulidan foydalanishga ruxsat etilgan.
Tezlashtirilgan amortizasiyadan foydalanilganda qo’llanilgan koeffisient 
"Nizom" bilan belgilangan me’yordan 2 barobardan oshmasligi va 
tasdiqlangan me’yorlardan ortiq bo’lgan summani foyda-daromadga 
solinadigan soliq bo’yicha soliqqa tortiladigan bazaga qo’shilishi kerakligi 
ta’kidlangan.
Yangi tartibga asosan amortizasiya quyidagi asosiy vositalar bo’yicha 
hisoblanmaydi:
mahsuldor hayvonlar, qo’tos va ho’kizlar;
kutubxona fondlari;
hokimiyatlarga va umumiy foydalanishdagi avtombil yo’llariga 
qarashli shahar obodonchiligi inshootlari:
224


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 
konservasiyaga o’tkazilgan asosiy vositalar;
To’la amortizasiyalangan asosiy vositalar.
Qurilayotgan korxonaning sotib olingan asosiy vositalari hamda 
tugallanmagan qurilishdagi ob’ektlar bo’yicha amortizasiya kuruvchi 
tashkilot tomonidan asosiy fondlarning qiymati to’g’risidagi ma’lumot-
nomaga asoslangan holda sub’ekt tomonidan belgilangan me’yorlar 
asosida hisoblanadi.
Shunday qilib «Amortizasiyaning me’yorlari to’g’risida»gi nizomda 
amortizasiya me’yorlarining ancha qisqartirilganidan tashqari qo’shimcha 
ravishda qo’llash uchun tavsiya etiladigan koeffisientlar ham chiqarib 
tashlangan.
Shubhasiz, bu yangilik amortizasiya ajratmalarini hisobga olishni ancha 
osonlashtiradi va ishlatilayotgan asosiy vositalarning qiymatini va ulardan 
foydalanish muddatini aniqlashni soddalashtiradi. Ilgari mavjud bo’lgan 
amortizasiya ajratmalarini tiklab olish, hisoblash va ularni ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotning tannarxiga adolatli kiritish imkonini beradi, 
lekin bu aniqlik va ob’ektivlikka putur etkazishi mumkin.
Ma’lumki, shu vaqtgacha qo’llanib kelinayotgan amortizasiya 
me’yorlari mukammal, asoslangan hisob-kitoblar bilan hisoblangan bo’lib, 
ularning katta-kichikligi asosiy vositalarning bir guruhi ichida ham katta 
farq qiladi. Masalan, faqat engil sanoatdagi mashina va asbob-
uskunalarining guruhini olsak ayrim ob’ektlar bo’yicha amortizasiya 
me’yorlari 4,3 dan 14,3 foizgacha belgilangan bo’lsa, qurilish materiallari 
sanoatida ular 5 dan 25 foizgacha farqlanadi va hokazo.
Buning uchun, masalan, korxona yanvar oyida ishga tushiriladigan 
bo’lsa, ushbu korxonadagi barcha asosiy vositalarning ob’ektlari 
joylashgan joylari va belgilangan yagona amortizasiya ajratmalarining 
me’yorlariga ko’ra turlari (shifrlari) bo’yicha guruhlanib chiqiladi. Buning 
uchun ma’lumotlar har bir asosiy vositaning ob’ekti uchun ochiladigan 
analitik kartochkalardan olinadi.
Har oydagi amortizasiya ajratmalarni hisoblash uchun buxgalteriyada 
qo’llaniladigan maxsus 6-sonli ishlov jadvalidan, avtotransport bo’yicha 
esa 9-sonli ishlov jadvalidagi shaklidan foydalaniladi.
Bu jadval shunday tuzilganki, uning ma’lumotlari asosida har bir 
navbatdagi hisobot oyining amortizasiya ajratmalari summasini o’tgan 
oydagi hisoblab topilgan amortizasiya summalari asosida osonlik bilan 
topish mumkin. Masalan, bizning misolimizdagi sub’ekt bo’yicha yanvar 
oyida ishga tushirilgan fevral oyining amortizasiya ajratmalari summasini 
225


topish uchun ishlov jadvalida yanvar oyining amortizasiya summasiga shu 
yanvar oyida ishlatilgan va topshirilgan asosiy vositalar ob’ektining har biri 
bo’yicha bir oylik amortizasiya ajratmalarining summalari qo’shilib, o’sha 
oyda foydalanishdan chiqib ketgan asosiy vositalarning ob’ektlari bo’yicha 
bir oylik amortizasiya ajratmalarining summasi chegirib (olib) tashlanadi. 
Agar yanvar oyidagi asosiy vositalar tarkibida hech qanday o’zgarishlar 
bo’lmasa, unda fevral oyidagi amortizasiya summasi yanvar oyidagi 
amortizasiya summasiga teng bo’ladi.
Shunday qilib, ishlov jadvalining ma’lumotlari har oydagi amortizasiya 
ajratmalarining summasini tegishli sex va uchastkalarning xarajatlarida aks 
ettirish, ya’ni debetlanuvchi 2010, 2300, 2510, 2610, 9410, 9420, 9450 va 
boshqa schyotlarning debetiga «Asosiy vositalarning eskirishi» summasini 
yozish uchun asos bo’lib hisoblanadi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling