3 yil oxiri
10.000.000
200.000
1.000.000
6.000.000
4.000.000
4 yil oxiri
10.000.000
200.000
1.000.000
7.000.000
3.000.000
5 yil oxiri
10.000.000
200.000
1.000.000
8.000.000
2.000.000
Ushbu usulda tuzilgan jadvalda yillik amortizasiya summasi
bilan ish
yoki foydalanish birligi o’rtasidagi bevosita bog’liqlikni ko’rish mumkin.
Jamg’arilgan eskirish summasi har yili ish birligiga yoki foydalanishga
(yurishiga) to’g’ri bog’langan holda ortib boradi. Nihoyat, balans qiymati,
yil sayin ish birligiga yoki foydalanishga to’g’ri mutanosib ravishda qoldiq
qiymatga etmaguncha kamayib boradi.
Bu usulga muvofiq har bir
ob’ektning taxmin qilinayotgan birligi ma’lum aktivlarga mos kelishi
kerak.
Tezlashtirilgan hisobdan chiqarish usuli o’z
navbatida quyidagi
usullarga bo’linadi:
a) sonlarning yig’indisi bo’yicha qiymatni hisobdan chiqarish
(kumulyativ) usuli.
Bu usul qandaydir ob’ektning xizmat qilish
yillari summasi orqali
aniqlanadi va bu summa hisoblash koeffisientida maxraj bo’lib xizmat qiladi.
Bu koeffisientning sur’atida ob’ektning xizmat muddatining oxirigacha
qolgan yillarining soni turadi (teskari tartibda).
Yuqorida keltirilgan
misolga murojaat qilaylik, lekin yuk
avtoransportining qoldiq qiymati 10000000 so’m.
Masalan, yuk mashinasining taxmin
qilinayotgan foydali xizmat
muddati 5 yil.
Ekspluatasiya yillari summasi – 15 yil (kumulyativ son):
1+2+3+4+5+15
So’ngra, har bir kasrni 9.000.000 ga (10.000.000-1.000.000) teng
bo’lgan amortizasiyalanadigan qiymatga ko’paytirish yo’li orqali har yillik
amortizasiya summasi aniqlanadi:
5/15, 4/15, 3/15, 2/15, 1/15
Bu holda amortizasiya chegirmalari summasining jadvali quyidagi
ko’rinishda bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: