Reja: Yalpi talab tushunchasi va uning tarkibi


Download 0.52 Mb.
bet1/12
Sana15.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1486635
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Yalpi talab va yalpi taklif modeli vositasida milliy iqtisodiyot tahlili


KURS ISHI
Mavzu: Yalpi talab va yalpi taklif modeli vositasida milliy iqtisodiyot tahlili



Reja:


1.Yalpi talab tushunchasi va uning tarkibi
2.Yalpi taklif tushunchasi va uning tarkibi
3.O’zbekistonda yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanatni va birlamchi ma’nosi
4. Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash istiqforlari
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Yalpi talab va yalpi taklif modelini rivojlantirish va tadbiq etishdan ko’zlangan asosiy maqsad bu milliy iqtisodiyotimizni yana rivojlantirish va takomillashtirish chora tadbirlariga kech sharoitlar yaratishdan iborat. Yalpi talab va yalpi taklifni iqtisodiyotdagi o’rnini aniqlash uchun shunchaki atrofimizdagi savdo do’ko’nlari va majmualariga qarash kifoya. Buning sababi agar yalpi talab va yalpi taklif bir biriga teng bo’lmagan taqdirda iqtisodiy muvozanat buzulidi. Bu esa narxlarni yo ko’tarilishiga yoki maxsulotlar isrof bo’lishi va nihoyat ishlab chiqaruvchi zarar qilib bankrotlik xolatiga xam tushib qolishi xech gap emas. inson ehtiyojlari hayvonlarning ehtiyojidan juda kata farq qiladi. Insonlar yig’ilib jamiyatni tashkil etgandan keyin bu o’z o’rnida jamiyat ehtiyojlarini keltirib chiqaradi. Ehtiyoj bo’lsa o’z o’rnida yana bir muhim element talabga yo’l ochadi. Har qanday ehtiyojlar ham talab bo’la olmaydi. Ular ma’lum bir mezonlardan o’tgandan keyin bu elemtga aylanadi. Shuni qaror qildikki talab haqida qisqacha ma’lumot berishga. Va shu o’rinda talab bir odamga yoki ayni indivividualga tegishli bo’lsa, yalpi talab degan atama ham bizga uning kengroq doiradagi tushunchasini anglatadi. Ya’ni ehtiyojlarning kengayib borishi va hamda jamiyat taraqqiyoti mobaynida mamlakat yoki ma’lum bir xududlarda bir individualga emas, aksincha juda ko’plab odamlarning manfaatlari doirasida yuzaga keladigan, hamda ular ko’pchilik tomonidan o’zlashtiriladigan va istemol qilinadiga talabdir. Milliy iqtisodiyotda mahalliylashtirish tadbirlari keng ko’lamda yo’lga qo’yib, ularning uzluksiz va bosqichma-bosqich davom ettirilishi mamlakatimizda raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish yo’nalishidagi muhim tadbirlardan biri bo’ldi. Demak dastur maqsadidan foydalanish orqali mamlakatimiz bozorlarida arzon va sifatli mahsulotlar turi ko’payishiga, aholining bandlik darajasining oshishiga va turmush farovonligining yaxshilashishiga, mamakatimizning yalpi ichki mahsulot (YAIM) ning va valyuta zahirasining ko’payishiga zamin yaratadi.
Milliy iqtisodiyot yaxlit holda, ya’ni makroiqtisodiyot darajasida o’rganilayotgan jarayonda mamlakat barcha fuqarolari, tadbirkorlar, davlat va chеt el istе’molchilarining jami tovarlar va xizmatlar turlari bo’yicha talabi va taklifini o’rganish iqtisodiyotni samarali va muvozanatli yuritishda muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun ushbu ishida makroiqtisodiy tahlil amalga oshiriladi, eng avvalo yaxlit olingan ko’rib chiqiladi va uning makrodarajadagi asosiy ko’rsatkichlari bo’lgan yalpi talab va yalpi taklif tushunchalarining iqtisodiy mazmunini tavsiflanadi. Tahlil davomida yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillar, ular ta’sirida narxlar darajasining o’zgarishi hamda ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi qanday o’rnatilishini bayon etiladi.

1.Yalpi talab va Yalpi taklif tushunchasi va uning iqtisodiy mohiyati


Iqtisodiyotni muvozanatli rivojlantirib, uning barqaror o’sishini ta’minlashda eng avvalo yalpi talabning mazmunini bilish zarur. Yalpi talab (aggregate demand, AD) – barcha istе’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo’lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning umumiy hajmidir. Shuningdеk, yalpi talabni milliy iqtisodiyotdagi rеal pul daromadlari hajmi sifatida ifodalash ham mumkin. Yalpi talab barcha istе’molchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo’lgan talablari yig’indisidan tashkil topadi. Bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo’ladi: shaxsiy istе’mol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida unumli istе’mol qiladigan ishlab chiqarish omillari – yer, kapital va ishchi kuchi. Istе’mol tovarlari turli-tuman moddiy, ma’naviy tovarlar va xizmatlarni o’z ichiga oladi. Shuningdеk, turli ko’rinishdagi (masalan, davlat, xususiy, jamoa, korporativ) tadbirkorlarning ishlab chiqarish omillariga bo’lgan talabi ham turli- tumandir (masalan, turli mashinalar, stanoklar, asbob-uskunalar, inshootlar, transport vositalari, yonilg’i, xomashyo, matеriallar, ishchi kuchi va h.k.). Talabning umumiy miqdori sotib olishga mo’ljallangan tovarlarning turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog’liq bo’ladi. Uni quyidagi chizma orqali osonroq tushunish mumkin.
Ishlab chiqarishni real xajmi.
Narx R
Darajasi.
AD
0

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling