O bobojonov k. Jumaniyozov


Gudvilning amortizasiyasi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Gudvilning amortizasiyasi. Gudvil tan olingandan keyin uning 
qiymatini nima qilish kerak? Amaliyotda quyidagi 3ta variant qo’llaniladi:
1.
Gudvilni darxol o’zining kapitaliga qo’shib qo’yish. Chunki 
kompaniya ichida tashkil qilingan gudvil darhol xarajatga kiritilgan bo’ladi 
(ya’ni nomoddiy aktiv deb tan olinmaydi), ayrim buxgalterlar, ketma-
ketlik tamoyiliga asosan olingan gudvilni tezda xarajatga chiqarishni taklif 
qiladilar. Bundan tashqari gudvilning harakat davri noaniq, shuning uchun 
darxol hisobdan chiqarishni odil qaror deb hisoblaydilar.
2.
Agar qiymatning kamayishi yuz bermasa, gudvilni aniqsiz qoldirish 
(amortizasiya hisoblamaslik). Ayrim buxgalterlar gudvil faoliyatning 
259


noaniq muddatiga ega va uning qiymati pasaymagunicha u aktiv sifatida 
qolishi kerak deb ta’kidlaydilar.
3.
Gudvilni uning faoliyat muddatiga amortizasiya qilish. Ayrim 
buxgalterlar gudvil asta-sekin kamayadi va ishlatiladi, buning oqibatida 
uni gudvildan olinadigan iqtisodiy foydani olish davridagi xarajatlarga 
amortizasiya qilish kerak deb ta’kidlaydilar.
Eng ko’p tarqalgan buxgalteriya siyosati bo’lib gudvilni uning foydali 
faoliyati davri ichida ko’chirib qo’yish (uchinchi variant). Lekin 
amortizasiya hisoblash davri hech qachon 40 yildan ko’p bo’lmasligi 
kerak. Afsuski, gudvilning xizmat muddatini baholash odatda qiyin 
bo’ladi. Bundan tashqari, agar kompaniya sotib olgan gudvilni korxona 
ichida tashkil qilingan gudvilga ishlab chiqarish xarajatlari bilan birga 
amortizasiya qilinsa, sotib olingan gudvili bo’lmagan, amortizasiyani talab 
kilmagan raqobatchiga nisbatan foydani baholashda farq paydo bo’ladi.
Ilmiy tekshirish va ixtirolar (ITI) uchun sarflar. Ilmiy tekshirish va 
ixtirolar uchun sarflar ko’p kompaniyalarda muhim xarajatlardan biri 
hisoblanadi.
ilmiy tekshirish ishlari va ixtirolarga quyidagi ta’riflar va aniqliklar 
berilgan:
Ilmiy tekshirish ishlari- bu yangi ilmiy yoki texnikaviy bilimlarni olish 
niyatida qabul qilingan va rejalashtirilgan izlanish ishlari. Bunday turdagi 
izlanish ishlari aniq maqsad eki qo’llashga qaratilgan bo’lishi mumkin.
ixtirolar- bu ilmiy tekshirishlar, izlanishlarning yoki boshqa 
bilimlarning yangi yoki mutloq takomillashtirilgan materiallar, uskunalar, 
mahsulotlar, jarayonlar, tizim yoki xizmatlarni rejalashtirish yoki ixtirolar 
natijalarining amalietga o’tkazilishidir. Ixtirolar tushunchalarini ta’riflash, 
ixtiro mahsulotlarini tekshirish va sinovdan o’tkazishni, prototiplarni 
kurish, shuningdek, sinovchi korxonalarni ishlatishni o’z ichiga oladi. 
Rivojlanishga mavjud mahsulotga, ishlab chiqarish liniyalarga, qayta 
ishlangan oddiy eki davriy o’zgartirishlarni kiritish bilan bog’liq sarflar 
bunga kirmaydi. U yana o’z ichiga bozorni o’rganishni yoki bozordagi 
tovarlarni o’rganish sarflarini olishi mumkin.
ITI bo’yicha ishlarni bajarish uchun ko’rilgan yoki olingan inshoot va 
asbob-uskunalar kapitalga yozilishi kerak. Bunday olingan yoki ko’rilgan 
aktivlarning amortizasiyasi ushbu aktivlarning ITI maqsadlari uchun 
ishlatishi kerak bo’lgan davrga ilmiy-tekshirish va ixtiro ishlarining 
xarajatlarini tashkil qiladi.
Faoliyatning ko’p turlariga qilingan sarflarning ITI sarflariga o’xshash 
tomoni shundaki, ular firmaning kelajakda daromad olishiga imkoniyat 
260


yaratadi. Misollar, inshootlarni o’tkazish (surish)ga, yangi mahsulotlarni 
yaratish yoki xizmatlarni ko’rsatish, mahsulotni yoki xizmatlarni 
o’zlashtirish bo’yicha xodimlarni o’qitish va reklama faoliyatiga sarflarni 
o’z ichiga oladi.
Ilmiy-tekshirish va ixtirolarga kiruvchi faoliyatlarning turlari 
quyidagilardan tashkil topgan:
a) yangi bilimlarni olishga qaratilgan laboratoriya tekshiruvlari;
v) yangi tekshiriladigan narsa yoki boshqa bilimlarning izlanilishi;
s) tushunchalarni ruyobga keltirish va kelajak mahsulotlarini yaratish 
yoki ishlab chiqarish texnologiyasi, usullari va variantlarini ixtiro qilish.
Odatdagi ixtirolarga kiritilgan faoliyat turlari quyidagicha guruhlanadi:
a) mahsulot ishlab chiqarishning alternativ usullari yoki ixtirolar uchun 
yo’llarni qidirish maqsadida tekshirishlarni o’tkazish;
v) ishlab chiqarilmagan model va prototiplarni tekshirish, qurish, 
yaratish va sinash;
s) instrumentlarni, andozalarni, quyuv shaklini va yangi 
texnologiyalarni o’z ichiga olgan matrisalarni ishlash.
Ilmiy-tekshirish va ixtirolarga kirmagan faoliyatlarning turlari 
quyidagicha:
a) tijorat ishlab chiqarishning erta bosqichidagi injener-texnik 
ko’rsatkichlari;
v) ishlab chiqarish jarayonida sifatning nazorati, shu jumladan, 
mahsulotning xar kungi tekshiruvi;
s) ishlab chiqarish paytida buzilishlarning, yaroqsiz mahsulotlarning 
sababini aniqlash va tugatilishi;
a)
mavjud mahsulotga, ishlab chiqarishni qaytadan ishlovchi ishlab 
chiqaruvchi tizimiga va boshqa jarayonlarga, agarda bunday o’zgartirishlar 
naf keltirsa, xar kungi va davriy o’zgarishlarni kiritish;
b)
davom etayotgan ishlab chiqarish qismi sifatida mijozlarning talab va 
takliflarini e’tiborga olgan holda mavjud imkoniyatlarni moslashtirish;
c)
instrumentlarning, andozalarning, quyuv shakllari va matrisalarning 
har kungi ishlov berishlari;
d)
qurilish, ko’chib ketish, joylarni almashtirish yoki ITIning aniq 
loyihasi uchun tegishli bo’lgan inshoot va uskunalardan tashqari, inshoot 
va uskunalarning kiritilishi bilan bog’liq bo’lgan tadbirlarni amalga 
oshirish. 
Ilmiy tekshiruv va ixtiro bo’yicha sarflarni xarajatlarga qo’shish 
tartiblari quyidagicha:
261


1.
Tekshiruv va ishlov berishlarga taalluqli sarflar ular sarflangan davr 
iichidagi xarajatlarda aks ettirilishi kerak;
2.
Agarda quyidagi shartlar bajarilsa, ishlov berishga qilingan sarflar 
kelajak davrlarga qoldirilishi kerak:
a) mahsulotning turi va jarayonning davri to’g’ri aniqlangan va 
sarflarning o’lchanishi mumkin bo’lsa;
v) mahsulot va jarayonning texnikaviy asosi belgilangan bo’lsa;
s) sub’ektning ma’muriyati mahsulot va jarayonlarni ishlab chiqish va 
bozorda sotish yoki o’zining ishlab chiqarishida va jarayonida 
foydalanishini ko’rsatsa;
d) mahsulot yoki jarayon uchun kelajakda sotish bozori ravshan 
aniqlangan yoki ular ichki foydalanish uchun mo’ljallangan bo’lsa;
e) loyihani bitirish uchun mos resurslar mavjud bo’lsa.
1.
Moliyaviy hisobotlar butun davr ichidagi xarajatlarga ko’chirilgan 
ilmiy-tekshiruv va ixtiro sarflarning summasini; butun davr ichidagi 
xarajatlarga ko’chirilgan ixtiroga ketgan kechiktirilgan sarflarning 
summasini; davr ichida yaratilgan ixtirolarga ketgan sarflarni va ixtiroga 
ketgan amortizasiya qilinmagan kechiktirilgan sarflarni ochib berishi 
kerak.
2.
Yuqorida keltirilgan abzaslar ixtisoslashtirilgan faoliyat doirasiga, 
masalan, boshqa mutaxassislar tomonidan qilingan ish, rivojlanish 
bosqichida turgan, lekin sanoatning qazib oluvchi sub’ektlari uchun noyob 
hisoblangan asbob-uskunalarga kirmaydi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling