O bobojonov k. Jumaniyozov


A. Ishning o’rtacha sharoitlaridan chekinishi natijasida


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

A. Ishning o’rtacha sharoitlaridan chekinishi natijasida 
hisoblanadigan qo’shimcha to’lovlarni xujjatlashtirish
Quyilgan shartlarga - naryadga, yo’l varaqasi va boshqa xujjatlarga 
ko’ra ishlab chiqarish jarayonlari xom ashyo, materiallar, yarimfabrikatlar, 
maxsus asboblar, moslamalar va ishlovchi uskunalar bilan to’la 
ta’minlangan bo’lsa, bunda ish sharoitlari o’rtacha hisoblanadi.
Agar bu shartlar bajarilmasa va sharoitlar yaratilmasa, ishchi ushbu 
ishni, topshiriqni bajarish uchun qo’shimcha vaqt sarflaydi, bu holda 
ishchining sarflagan vaqtini hisobga olgan holda maosh hisoblanishi lozim 
bo’ladi va buning uchun:
ishbay bajarilgan ish uchun naryad (agar oldingi xujjatlarda 
qo’shimcha texnologik muomalalar hisobga olinmagan bo’lsa);
qo’shimcha haq varaqasi (agar rejalashtirilgan ish bajarilgan ishga 
mos kelmasa).
Bu xujjatlarni sex boshlig’i yoki me’yorlovchi ish boshlangunga qadar 
(naryad, yo’nalish varaqasi nomerlanib to’ldiriladi) qo’shimcha vaqtni va 
ishning qiymatini yozib, ishchiga yoki sardorga (brigadirga) topshiradi. Bu 
xujjatlar ishchiga bajarilgan ishi uchun qo’shimcha haq to’lashga va 
bajarilgan ishning umumiy % ini hisoblash uchun ham asos bo’ladi. 
Qo’shimcha to’langan mehnat haqi ham bajarilgan ishning asosiy haqi 
279


kabi ishning, ishlab chiqarilgan mahsulotning, ko’rsatilgan xizmatning 
tannarxiga qo’shiladi va ularning tannarxini belgilangan me’yor bo’yicha 
bajarilgandan ko’ra qimmatlashtiradi. Shuning uchun har bir qo’shimcha 
to’langan mehnat haqi va uning aybdorlari rahbar tomonidan ko’rib 
chiqiladi, tahlil qilinib zudlik bilan uning oldini olish chorasi kuriladi. Bu 
xujjatlar rangli yoki rangli chiziqli (poloskali) qog’ozga yoziladi va 
texnolog yoki sex boshlig’i tomonidan imzolanadi. Buxgalteriyada bu 
rangli, ya’ni qo’shimcha haq to’langan xujjatlar guruhlashtiriladi va chora 
kurish va tahlil qilish uchun har 5 kunda sub’ektning rahbariga taqdim 
etiladi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling