O bobojonov k. Jumaniyozov


Akkord (ko’tara) tizimli mehnat haqi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Akkord (ko’tara) tizimli mehnat haqi brigada (jamoa) har xil 
mutaxassislikdagi (chilangar, tokar, sozlovchi va b.k.) ishchilardan tarkib 
topgan, ya’ni kompleksli brigada bo’lganda, ta’mirlash yoki boshqa 
ishlarni bajarganda qo’llaniladi. To’lov (haq to’lash) ishning butun hajmi 
uchun qo’yilgan qiymatlar bo’yicha mahsulotning o’lchov birligida 
ishlarni bajarish uchun maksimal vaqtni ko’rsatish bilan amalga oshiriladi. 
Ishning bajarilishini TNB yoki usta qabul qiladi. Buxgalteriya brigada 
a’zolari orasida haqiqiy mehnat haqini har bir ishchining ishlagan vaqti va 
ularning razryadining darajasiga muvofiq taqsimlaydi. Bunday holatda 
mukofotlash bajarilgan ishning vaqtini qisqartirish orqali amalga 
oshiriladi. Кeyinchalik ishchining mehnat unumdorligini oshirishga va 
bajarilgan ishning muddatini qisqartirishga moddiy qiziqishini 
kuchaytirish maqsadida ishbay mehnat haqi ishchilarning alohida 
guruhiga tadbiq qilinishi kerak. Ishbay mehnat haqi birgada a’zolarining 
arizasi bo’yicha ular o’rtasida bab-barobar taqsimlanishi ham mumkin.
Egri ishbay mehnat haqini hisoblash paytida ishchining mehnat 
haqining hajmi uning asosiy ishlab chiqarish ishchilariga xizmat 
ko’rsatuvchi tarmoqlari mehnatining natijalariga (bu ishga u bilvosita ta’sir 
etadi) bog’liq. Egri ishbay qiymat tarif stavkasini (maoshning) ishbay 
ishchining mahsulotning chiqarishga mo’ljallangan miqdoriga bo’lish yo’li 
bilan aniqlanadi.
278


Progressiv (ilg’or) ishbay mehnat haqi shaklini qo’llash paytida oylik 
maoshining hisoblanishi mahsulotning rejalashtirilgan miqdori uchun- 
to’g’ri ishbay qiymati bo’yicha, belgilangan hajmidan oshiq mahsulot 
ishlab chiqarganligi uchun o’suvchi qiymat bo’yicha amalga oshiriladi.
Qo’shib to’lash va rag’batlantiruvchi ko’rinishdagi qo’shimcha 
haqlar va ustamalar, asosan, bajarilayotgan ishning o’zgacha xususiyati 
bilan (ishning davriyligi, uzoqlik, aniqsizlik hajmi va ko’p smenaligi bilan 
va x.k.) yoki umumiy shartlardan farq qiladigan ishning shartlari bilan 
bog’liq.
Qo’shimcha haqning va ustama hisoblash usulida boshqarilishning 
umumiy tartibi qabul qilingan. Unda qo’shimcha to’lovlarning miqdori 
(o’lchovi) sub’ekt tomonidan mustaqil belgilanadi. Lekin O’zbekiston 
Respublikasining xukumati tomonidan tasdiqlangan daraja va miqdordan 
past bo’lmasligi kerak.
Rag’batlantiruvchi to’lovlar /yuqori malaka, professional kasb, mukofot 
va hokazolar uchun qo’shimcha haq va ustamalar/ sub’ekt tomonidan 
mustaqil aniqlanadi va mavjud xom ashyolar, texnologik tizim doirasida 
ishlab chiqiladi. Ularni to’lashning darajasi va shartlari kollektiv 
shartnomalarda aniqlanadi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling