O bobojonov k. Jumaniyozov
D. Ijtimoyi xususiyatdagi to’lovlar
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- E. Boshqa to’lovlar
D. Ijtimoyi xususiyatdagi to’lovlar. Uning tarkibiga xodimlarning
davolanishi, dam olishi, borish-kelish, ishga joylashishi (davlat byudjeti va byudjetdan tashqari nodavlat jamg’armalari tomonidan beriladigan ijtimoiy yordamdan tashqari) uchun berilgan qoplama va ijtimoiy imtiyozlarning summasi. E. Boshqa to’lovlar: ayrim xodimlarning oilaviy va iqtisodiy ahvolini inobatga olgan holda berilgan moddiy yordamlar; o’qishga jo’natilgan xodimlar uchun beriladigan stipendiya summalari; sub’ektning xodimlariga berilgan kreditlarni qoplash sarflari va boshqalar. Statistika va buxgalteriya hisobotlarida mehnat haqi sarflaridan mehnat haqi sarflari jamg’armasiga va ijtimoiy xususiyatdagi to’lovlarga olib borilmaydigan sarflar ajratiladi. Bular quyidagilardan tashkil topgan: xizmat safari davomida to’lanadigan kundalik sarflari; shaxsiy foydalanish uchun tekinga berilgan kiyim kechaklarning qiymati; bahosi pasaytirilgan holda sotilgan tovarlarning imtiyozli bahosi va sotish baxosi o’rtasidagi farq summasi; 298 aksiya va qatnashuv ulushi bo’yicha olingan daromadlar (dividendlar, foizlar, ulushning to’lovlari va hokazo); pensiya jamg’armasiga sug’urta badali summasi; ijtimoiy sug’urta jamg’armasiga to’langan summa; bandlik jamg’armasiga ajratilgan summa; byudjetdan tashqari jamg’armalardan to’lovlar summasi. Shunday qilib, mehnat haqi jamg’armasining tarkibiga va rag’batlantirish xususiyatidagi to’lovlarga moliyalashtirish manbaidan qat’iy nazar mehnat haqi bo’yicha sub’ektning hamma sarflari kiradi, shu jumladan, tegishli qonun xujjatlariga muvofiq mehnat haqi saqlangan lekin ishlamagan kunlariga, bundan tashqari, rag’batlantiruvchi va qoplama to’lovlarining summalari ham kiradi. Yuqorida qayd qilingan hamma to’lovlar sub’ekt ishlab chiqargan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning tannarxiga qo’shiladi yoki bo’lmasa sub’ektning ixtiyorida qolgan foyda hisobidan amalga oshiriladi va ushbu to’lovlarning hajmi chegaralanmaydi. Hisobning jurnal-order shaklida hisobotda ko’rsatiladigan haqiqatda hisoblangan mehnat haqi jamg’armasini hisoblash va rejadagi mehnat haqi jamg’armasidan foydalanishni nazorat qilish uchun maxsus hisob registri- jamg’arma xujjati qo’llaniladi. Sanoat korxonalarida va boshqa sub’ektlarda ushbu nazoratni amalga oshirish uchun maxsus jadval qo’llaniladi va ushbu xujjatga asosan ishchi va xizmatchilar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashish ma’lumotnomasi tuziladi. Ushbu ma’lumotnoma har oyda hisoblashish qaydnomasiga asosan tuzilib boriladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriyasida xodimlarga tegishli va to’lanishi lozim bo’lgan mehnat haqi, mukofotlar, nafaqa va hokazolarni hisoblashni amalga oshirishdan tashqari ushbu summalarni buxgalteriya hisobining tegishli reestrlarida- yig’ma xujjatlarida va schyotlarida hisobga olishni tashkil qiladi. Hisoblangan mehnat haqi va mukofotlar ishlab chiqarishni hisobga oladigan schyotlarda qayd qilinadi va mahsulot, ish va xizmatlarning tannarxiga qo’shiladi. Shunday qilib, ishbay ko’rsatkichlariga asoslanib hisoblangan ishbay mehnat haqi, tarif darajalarining baxosiga asosan hisoblangan vaqtbay mehnat haqi va ishlab chiqarish ko’rsatkichlarining natijalariga muvofiq hisoblangan mukofotlarning summalari tegishli harajat schyotlarida qayd qilinadi: 2010-"Asosiy ishlab chiqarish"; 2300-"Yordamchi va boshqa ishlab chiqarishlar"; 2310-"Yordamchi ishlab chiqarish"; 299 2320-"Boshqa ishlab chiqarishlar"; 2510-"Umumishlab chiqarish"; 9400-"Davr sarflari"; -9410-"Sotish (muomala sarflari)"; 9420-"Ma’muriy sarflar"; 9450-"Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar"; 3110-"Кelgusi davr sarflari"; 2610-"Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar" va umumiy summa 6710- "Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar" schyotining kredit tomonida jamg’ariladi. Shu vaqtning o’zida ushbu hisoblangan mehnat haqi va mukofotning summalari ishlab chiqarish sarflarini hisobga oluvchi qaydnomada buyurtma, moddalar, joylari- ustaxona, sex, bo’limlar bo’yicha qayd qilib boriladi hamda ushbu ma’lumotlarga asosan 10- va 10 /1 jurnal-orderlar to’lg’aziladi. Ushbu yuqorida keltirilgan schyotlar va registrlarda bundan tashqari hisoblangan va rag’batlantirish xususiyatiga ega bo’lgan qo’shimcha haq va ustamalar ham qayd qilinadi. Ishchilarning mehnat ta’tiliga chiqishda hisoblangan ta’til puli ko’pchilik hollarda 8910- "Кelgusi to’lovlar va sarflarning Rеzеrvsi" schyotining debetida va 6710- "Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar" schyotining kreditida aks ettiriladi. Ayrim hollarda, agarda hisob siyosatida ushbu Rеzеrvni tashkil qilish nazarda tutilmagan bo’lsa u vaqtda ta’tilga chiqish bilan bog’liq hisoblangan summa to’g’ridan to’g’ri sarflar (2010, 2310, 9450 va hokazo) schyotlarining debetida qayd qilinadi. Ushbu ta’til summalari 15-jamg’arma qaydnomaning ma’lumotlariga muvofiq 10 va 10/1 jurnal-orderlarida yig’iladi. Ijtimoiy sug’urta jamg’armasi hisobidan amalga oshiriladigan to’lovlar (nafaqalar, bir vaqtda beriladigan moddiy yordamlar va hokazo) 6520-"Ijtimoiy sug’urta bo’yicha hisoblashish" schyotining debetida ijtimoiy sug’urta bo’yicha bo’lgan qarz summasini kamaytirish hisobiga (chunki uning kreditida sub’ektning qarz summasi aks ettiriladi) va 6710-"Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar" schyotining kreditida, keyin esa 10 va 10/1 jurnal-orderlarda aks ettiriladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling