O bobojonov k. Jumaniyozov


Mehnat ta’tili rezervlari va to’lovlari hisobi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

6.4. Mehnat ta’tili rezervlari va to’lovlari hisobi.
Ish haqi fondini nazorat qilish tartibi.
Mehnat haqi jamg’armasi va ijtimoiy xususiyatga ega bo’lgan 
to’lovlarning tarkibi Moliya vazirligi, Mehnat kumitasi va Markaziy bank 
bilan kelishilgan holda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan 
tasdiqlangan maxsus yo’riqnoma bilan me’yorlashtirilgan.
Ushbu yo’riqnomaga asosan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan 
hisoblangan pul va tabiiy ko’rinishdagi mehnat haqining summalari 
mehnat haqi jamg’armasi tarkibiga kiritiladi va quyidagi guruhlardan 
tashkil topgan:
A. Ishlagan vaqtiga hisoblangan mehnat haqi:
tarif darajalari, ishbay ishlarning baxosi bo’yicha ishlagan vaqti yoki 
bajargan ishining hajmi, sotgan mahsuloti bo’yicha daromadining ma’lum 
qismi- foizi;
to’lov manbalaridan qat’iy nazar doimiy yoki davriy xususiyatga ega 
bo’lgan mukofot va rag’batlantirish summalari;
tarif darajalari va maoshlariga qo’shimcha ravishda rag’batlantirish 
xususiyatiga ega bo’lgan qo’shimchalar va ustamalar;
ish tartibi va mehnat sharoitidan kelib chiqqan holdagi qoplama 
to’lovlari;
o’rindoshlik bo’yicha qabul qilingan shaxslar va ro’yxatdan tashqari 
shaxslarning mehnat haqi.
297


B. Ishlarni bajarmagan vaqtlariga to’lovlar:
har yili va qo’shimcha olgan ta’til kunlari va davlat, jamoat 
topshiriqlarini bajargan kunlari uchun belgilangan tartibdagi to’lovlar;
sub’ektning javobgarligida xodimlarning majburiy ishsiz qolgan va 
majburiy ishga chiqmagan kunlari uchun to’lovlar va boshqalar.
V. Bir vaqtning o’zida amalga oshirilgan rag’batlantirish to’lovlari:
to’lash manbaidan qat’iy nazar bir vaqtda to’lanadigan 
mukofotlarning summalari;
yillik natijalarga asosan to’lanadigan rag’batlantirish summalari;
xizmat yillari staji bo’yicha yillik to’lovlar summasi;
foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun pul qoplamasi;
xodimlarga rag’batlantirish sifatida to’lanadigan summalar;
bepul berilgan yoki imtiyozli aksiyalarning imtiyoz summasi;
boshqa bir vaqtda beriladigan (sovga va boshqalar) rag’batlantirish 
summalari.
G. Ovqatlanish, uy-joy va yonilgilar uchun to’lovlar- ayrim 
tarmoqlarning xususiyatidan kelib chiqqan holda xodimlarga beriladigan 
ovqatlanish, uy-joy, kommunal xizmatlar va boshqa xizmatlarning 
summasi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling