O bobojonov k. Jumaniyozov
Aksiya, obligasiyalarni sotib olishning o’ziga xos hususiyatlari
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
7.3. Aksiya, obligasiyalarni sotib olishning o’ziga xos hususiyatlari.
Aksiyalarni nominal va sotib olish bahosida hisobga olish tarkibi. Aksiyalar bo’yicha hisoblashish muomalalarini qayd qiladigan buxgalteriya yozuvi va aksiyadorlarni qayd qilish daftaridagi yozuvlar aksiyadorlar jamiyati qayd qilingandan keyin amalga oshiriladi. Aksiyadorlik jamiyatida eng avvalo ustav kapitali qayd qilinib ushbu kapital Кapital (mulk)ni yoki jamg’armani hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olinadi. Ushbu schyotlar guruhida quyidagi schyotlar mavjud: 8300 USTAV KAPITALINI HI SOBGA OLUVChI SCHYOTLAR 8310 Oddiy aktsiyalar 8320 Imtiyozli aktsiyalar 8330 Pay va ulushlar 8300-"Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar"da korxonani aksiyadorlar jamiyatiga topshirish balansida qayd qilingan ustav kapitalining summasini hisobga oladi va quyidagi schyotlar aksiyadorlar jamiyati ro’yxatdan o’tkazilgandan keyin ochiladi: 8310-"Oddiy aksiyalar" schyotida ro’yxatdan o’tkazilgan aksiyalarning qiymati chegarasida yoki puli to’langan aksiyalarning nominal qiymatidagi ustav kapitali aks ettiriladi. 8320-"Imtiyozli aksiyalar" schyotida imtiyozli aksiyalar- ovoz berish huquqi bo’lmagan, lekin aksiya egasiga dividend kafolatini beradigan (sub’ektning moliyaviy natijasidan qat’iy nazar) aksiyadorlar kapitalining holati va harakatini aks ettiradi. 8330-"Pay va ulushlar" schyoti sub’ektlarning tashkiliy-huquqiy shakllariga asosan ularning faoliyatida qatnashuvchi shaxslarning badallari hisobiga tashkil qilingan kapitalning holati va harakatini aks ettiradi. 310 8600-" Sotib olingan xususiy aktsiyalarni іisobga oluvchi schyotlar" aksiyadorlardan sotib olingan oddiy va imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati qayd qilinadi va unda quyidagi schyotlar ochiladi: 8610-" Sotib olingan xususiy aktsiyalar - oddiy" va 8620-" Sotib olingan xususiy aktsiyalar - imtiyozli ". Aksiyadorlar jamiyatini ro’yxatdan o’tkazgandan keyin: mulkni boshqarish qo’mitasiga har bir shaxsga miqdori ko’rsatilgan holda bepul berilgan imtiyozli aksiyalar va ularning egalarining ro’yxati beriladi; ushbu qo’mitadan topshiriq (rozilik) olingandan keyin ushbu jismoniy shaxslar (xodimlar) aksiyadorlar ro’yxatiga kiritiladi; tarqatilgan imtiyozli aksiyalar buxgalteriya hisobida qo’shimcha muomalalar sifatida qayd qilinmaydi va ushbu aksiyalarning qiymati 8320 schyotda qoladi; obuna bo’yicha tarqatilgan hamma imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati e’lon qilingan kapital summasidan obuna kapitali summasiga o’tkaziladi- debet 8320-"Imtiyozli aksiyalar" va kredit 8310-"Oddiy aksiyalar" schyotlari. Bir vaqtning o’zida korxonaning ishchi va xodimlari va unga tenglashtirilgan jismoniy shaxslar obuna bo’lgan aksiyalarning nominal qiymatiga aksiyadorlar jamiyati mulk jamg’armasiga qarz va obunaga qatnashgan shaxslarning aksiyadorlar jamiyatiga qarzi sifatida hisobga olinadi va schyotlarda quyidagicha qayd qilinadi: Dt 4610-" Ustav kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi " schyoti Кt 8810-"Grantlar" schyoti. Кt 8820-"Subsidiyalar" schyoti. Obuna qilingan aksiyalarning nominal qiymatidan chegirilgan summaga ushbu qarzlar summasi kamayadi: Dt 8810-"Grantlar" schyoti. Dt 8820-"Subsidiyalar" schyoti. Кt 4610-" Ustav kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi " schyoti Agarda obunachilarga aksiyalar nominal qiymatdan ortiqcha bahoda sotilsa schyotlarda teskari yozuv amalga oshiriladi, lekin nominal qiymati bilan sotish bahosi o’rtasidagi farq 8300-"Ustav kapitalini" schyotlarida ko’rsatilmaydi. 311 Mulk jamg’armasiga sotilish uchun berilgan aksiyalar 8300-"Ustav kapitalini" schyotida qayd qilib boriladi va sotilganligi to’g’risida ma’lumot olinganda schyotlarda quyidagicha qayd qilinadi: Dt 5010 yoki 5110, 5210 schyotlari va Кt 4610-" Ustav kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi " schyoti. Shunday qilib, 8300-"Ustav kapitalini" schyotining kredit summasida aksiyadorlik jamiyati tomonidan xodimlarga bepul berilgan va mulk jamg’arma ixtiyorida qolgan aksiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi. Yopiq obuna tartibiga muvofiq sub’ektning xodimlari aksiyadorlar jamiyatini qayd qilish kunigacha qonunda belgilangan tartibda chegaralangan miqdordan ortiqcha aksiya chiqarish imkoniyati mavjud. Buning uchun xohlovchilar bo’nak sifatida pul mablag’lari o’tkazadilar. Shuning uchun 5530-"Boshqa maxsus schyotlar" ning obunachilarning depoziti schyoti ochiladi va depozitariylarning shaxsiy schyotidan o’tkazilgan summalarga: Dt 5530-"Boshqa maxsus schyotlar" schyoti va Кt 6320-"Aksiyaga obunachilaridan olingan bo’naklar" schyoti bog’lanadi. Aksiyalarni sotishdan tushgan mablag’lar aksiyadorlar jamiyatiga kirim qilinmaydi balki davlat mulki hisoblanib mulk jamg’armasiga kirim qilinadi. Shuning uchun ushbu mablag’lar tegishli jamg’armalarga kelishilgan muddatda o’tkaziladi: O’tkaziladigan summaga: Dt 8810-"Grantlar" schyoti Dt 8820-"Subsidiyalar"schyoti va Кt 6530-"Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar" schyotining krediti bog’lanadi. Agarda ushbu summa jamg’armaga o’tkazilsa: Dt 6530-"Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar" schyoti va Кt 5100, 5200, 5500 va boshqa mablag’lar schyotlari bog’lanadi. Qachonki mulk jamg’armasiga bo’lgan qarz to’liq to’langandagina aksiyalar sotilgan hisoblanadi va Dt 8300-"Ustav kapitali" schyoti va Кt 4610-" Ustav kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi " schyotida qayd qilinadi. Bir vaqtning o’zida aksiya egalarining reestrida aksiyalarning aksiyadorlar mulkiga o’tganligi qayd qilinadi. Dt 5530-"Boshqa maxsus schyotlar" schyoti, 6530-"Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar", 312 4610-" Ustav kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi ", 8300-"Ustav kapitalini" schyotlari va Кt 8810-"Grantlar" 8820-"Subsidiyalar"schyoti schyoti bog’lanadi. Shunday qilib, 8300-"Ustav kapitalini" korxonaning boshlang’ich bahosi yoki auksion bahosini aks ettirib, aksiyadorlar jamiyatining tashkil qilinishi jarayonida faqat tegishli schyotlar bo’yicha qayd qilib boriladi. Xususiylashtirilayotgan korxonalarni sotib oluvchilar jismoniy va yuridik shaxslar bo’ladi. Yuridik shaxslar korxonani to’liq sotib olgan yoki aksiyalarning bir qismini sotib olgan vaqtidan boshlab uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmachilar (investorlar) hisoblanadi: Dt 9220-"Boshqa aktivlarni sotish" schyoti Кt 0610-"Qimmatbaho qog’ozlar" schyoti Yuridik shaxslarning to’lagan summalariga: Dt 5110-"Hisob-kitob schyoti" va Кt 9220-"Boshqa aktivlarni sotish va boshqa chiqib ketishlar" schyoti. Agarda boshlang’ich bahosi to’lansayu, lekin to’langan summasi boshlang’ich bahodan kam bo’lsa: Dt 0610-"Qimmatbaho qog’ozlar" schyoti Кt 5110-"Hisob-kitob schyoti" Кt 8410-"Emissiya daromadi" baholar o’rtasidagi farq summasiga. Кeyinchalik 9560-" Qimmatli kog’ozlarni qayta baіolashdan daromadlar" schyotining qoldig’ida yig’ilgan summalar sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijalariga qo’shiladi va Dt 9560 va Кt 9900 sifatida schyotlarda aks ettiriladi. Agarda olingan aksiyalarning qisman qiymati ma’lum vaqtdan keyin to’lansa, u vaqtda oluvchining mulk jamg’armasiga kreditorlik qarzi paydo bo’ladi: Dt 0610-"Qimmatbaho qog’ozlar" schyoti Кt 5110-" Hisob-kitob schyoti " to’langan qiymatiga. Кt 6530-"Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar" schyoti, qarz summasiga. Ushbu olinadigan aksiyalarga oldindan garov summasi berilsa: Dt 6530-"Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar" Кt 5110-" Hisob-kitob schyoti " bog’lanadi. Oldi-sotdi muomalalari sodir bo’lishi natijasida debitor qarzlarning summasi hisobdan chiqarilib boriladi: Dt 0610-"Qimmatbaho qog’ozlar" schyoti va Кt 6530-"Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar" schyoti bog’lanadi. 313 Agarda ob’ekt auksionda sotilsayu, uning sotish bahosi boshlang’ich qiymatidan yuqori bo’lsa. Boshlang’ich qiymati sotish bahosiga tenglashtirilib ushbu summa balansning "Кelgusi davr daromadlari" moddalarida va kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish mablag’larining o’z manbalarida qayd qilinadi. Aksiyadorlar jamiyatining ustav kapitali to’langan summada aks ettiriladi va boshlang’ich qiymat bilan sotilgan baho o’rtasidagi farq summasi 9390-"Boshqa muomalaviy daromadlar" schyotida ko’rsatiladi: Dt 0610-"Qimmatbaho qog’ozlar" schyoti va Кt 8300-"Ustav kapitalini" schyoti bog’lanadi Agarda ushbu muomalada, ya’ni aksiyalarning sotib olish bahosi uning nominal qiymatidan yuqori bo’lsa, u holda baho va qiymati o’rtasidagni farq summasi 9430-"Boshqa opеratsion xarajatlar" schyotiga olib boriladi va keyingi 10 yil ichida (agarda boshqa muddat belgilanmasa) sub’ektning xarajatiga qo’shilib hisobdan chiqariladi. Ijara korxonalari o’z faoliyatida o’zining mablag’lari hisobiga yaratilgan asosiy jamg’armalardan tashqari qarzga olingan mablag’lar hisobidan yaratilgan boshqa jamg’armalardan ham foydalanadilar. Ushbu sub’ektning mulkiga o’zining ob’ektlaridan tashqari davlat va boshqa shasxlardan, keyinchalik sotib olish va sotib olmaslik sharti bilan, uzoq muddatli ijaraga (moliyaviy lizingga) olingan ob’ektlar ham kiradi. Ushbu mulklar ijarachida 0310-" Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar" schyotida shartnomada kelishilgan bahoda hisobga olinadi va 6910-" To’lanadigan opеrativ ijara" schyotining krediti tomonida to’lanadigan ijara summasi aks ettiriladi. Ushbu ijaralar moliyalashtiriladigan ijaralar (lizinglar) hisoblanib har oyda hisoblangan eskirish summasi bilan qoplanib boriladi. Dt 2010, 2310, 2510, 2710, 9410, 9420 schyotlari va Кt 0299-" Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi" schyotining kreditida aks ettiriladi. Asosiy vositalardan tashqari ijaraga har xil moddiy va nomoddiy aktivlar ham olinadi. Ushbu qiymatliklarning qiymati balansning aktivida va uzoq muddatli qarz sifatida passivida qayd qilinadi: Dt 0400-"Nomoddiy aktivlar" patent, lisenziya, savdo markasi va xokazolar schyoti va Кt 7920-" Turli krеditorlarga bo’lgan boshqa uzoq muddatli qarzlar"ning tegishli schyoti bog’lanadi. Ushbu muomalalar amalga oshirilgandan keyin ijarachi va ijarador o’rtasida quyidagi tartibda hisoblashishlar amalga oshiriladi. 314 Ijaraga olingan ob’ektlar bo’yicha to’lovlar hisoblanadi: Dt 2510-"Umumishlab chiqarish sarflari" yoki 9420-"Ma’muriyat ahamiyatidagi asosiy vositalarning ijara sarflari" schyoti va Кt 6810-"To’lanadigan moliyaviy lizinglar" 6811-"To’lanadigan tezkor lizinglar" schyotida qayd qilinadi. Ushbu hisoblangan mablag’lar ijarador schyotiga to’lanadi: Dt 6811-"To’lanadigan tezkor lizinglar" schyoti va Кt 5010, 5110, 5210 yoki 5510 schyotlarida qayd qilinadi. Ijaraga olingan mulklar bo’yicha ijara foizi hisoblanadi: Dt 9620-"Foiz ko’rinishidagi sarflar" schyoti va Кt 6820-"To’lanadigan foizlar" schyotida qayd qilinadi. Ushbu hisoblangan foizlar to’lanadi: Dt 6820-"To’lanadigan foizlar" schyotida va Кt 5010, 5110, 5210 yoki 5510 schyotlarida qayd qilinadi. Agarda ijarachi va ijarador o’rtasida tuzilgan kontraktda ushbu mulkni ijarachiga keyinchalik sotib olish huquqi berilsa. Ijara majburiyatlari summasi to’liq to’langandan keyin ushbu ob’ekt ijarachining mulki hisoblanadi: Dt 0120, 0130, 0140, 0150 va hokazo schyotlar va Кt 0310-"Moliyalashtiriladigan lizing bo’yicha olingan asosiy vositalar" schyoti. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling