O bobojonov k. Jumaniyozov


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

a) Oddiy aksiyalar. Ushbu aksiya egalari sub’ektni boshqarishda 
qatnashish huquqiga ega:
direktorlar kengashini saylash;
jamiyatning byudjetini tasdiqlash;
dividend miqdorini belgilash;
yig’ilishda ko’riladigan boshqa muhim masalalarni tasdiqlash.
Lekin oddiy aksiyalarning eagalari, agarda sub’ektning xo’jalik 
moliyaviy faoliyati natijasida foyda olmasa dividend hisoblanmaydi.
b) Imtiyozli aksiyalar. Ushbu aksiyalarning egalari sub’ektning 
faoliyatini boshqarish huquqiga ega bo’la olmaydilar, lekin ularning 
aksiyalar bo’yicha oladigan dividend (daromad) summasi sub’ektning 
xo’jalik-moliyaviy faoliyatidan qat’iy nazar (zarar ko’rsa ham) 
kafolatlangan bo’ladi.
Mulkchilik shaklini o’zgartirish jarayoni va uni buxgalteriya hisobida 
qayd qilishning standart shart-sharoitlari quyidagicha belgilangan, ya’ni 
korxonani xususiylashtirish to’g’risida umumiy yig’in qarori chiqqan 
bo’lishi va uni hokimiyat tomonidan tasdiqlangan vaqtdan boshlab 
sub’ektning boshlang’ich bahosi aniqlanishi zarur. Shuning uchun 
privatizasiya jarayoni hisobining boshlanishi mulk qiymatliklarini 
inventarizasiya qilishdan boshlanadi. Bu qiymatliklar sotib olinadigan 
davlat mulkidir. Lekin yangi tashkil qilinayotgan aksiyadorlar jamiyati 
(korxona)ga davlat korxonasi tomonidan to’lanadigan majburiyatlari (bank 
krediti, byudjetga bo’lgan qarzi, mol etkazib beruvchilarga, ijtimoiy 
muhofaza jamg’armasiga, ishchi va xodimlarga, kreditorlarga bo’lgan 
qarzlari) summalarining miqdoriga uning sotib olish bahosi (boshlang’ich 
bahosi) kamayadi. Xususiylashtirish jarayonida yaratilayotgan 
xususiylashtirish jamg’armasining summasi ham sotish qiymatiga 
kirmaydi. Xususiylashtirish jamg’armasining miqdori xususiylashtirish 
jarayoni, maxsus yo’nalishdagi jamg’armalar va taqsimlanmagan foyda 
summasining miqdoriga bog’liqdir.
Xususiylashtirish jamg’armasi sub’ektning ixtiyorida qoldirilib sub’ekt 
xodimlariga bo’lib beriladi va bu summa ularning shaxsiy schyotlarida 
qayd qilinadi. Bu summa sub’ektning aksiyasini sotib olishga yoki boshqa 
sub’ektlarning mulkini sotib olishga ishlatilishi mumkin.
Inventarizasiya natijalari jamoaning boshlang’ich kapitalining bahosi 
hisoblangan mulkni baholash dalolatnomasida qayd qilinadi.
Davlat korxonalari privatizasiya qilinayotganda inventarizasiya 
natijasiga asosan tuzilgan mulkni baholash dalolatnomasiga asosan 
306


tugatish balansi tuziladi va aksiyadorlar jamiyatining ustav kapitali tashkil 
qilinadi.
Aksiyadorlar jamiyatining ustav kapitalining balans moddalari "Кelgusi 
davr daromadlari" va "Кelgusi sarflar va to’lovlar"da ko’rsatilgan 
summaga kamayadi, chunki bu summa sub’ektning boshlang’ich 
bahosidan chegiriladi. Agarda korxonani jismoniy shaxs sotib olsa bu 
summa korxonaning boshlang’ich bahosi yoki ustav kapitaliga qo’shib 
sotiladi.
Ayrim hollarda korxonalarning turlari va yo’nalishiga qarab ayrim 
ob’ektlar xususiylashtirilmay davlat mulki bo’lib qolishi mumkin. U holda 
shu ob’ektlarning qiymatiga aksiyadorlar jamiyatining ustav kapitalining 
umumiy summasi kamayadi, lekin maxsus yo’nalishdagi jamg’armalar 
qatoriga qo’shilib aksiyadorlik jamiyatining ixtiyorida qoldiriladi.
Undan keyin hisobdan chiqarilmagan foyda va maxsus yo’nalishdagi 
jamg’armalar summasini hisoblash lozim. Buning uchun esa balansdagi 
foydaning qoldiq summasidan ko’rilgan zararlar va xususiylashtirish 
jamg’armasining summalarini chegirib tashlash lozim.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling