O bobojonov k. Jumaniyozov


- BOB. UZOQ MUDDATLI MOLIYAVIY QO’YILMALAR


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

7- BOB. UZOQ MUDDATLI MOLIYAVIY QO’YILMALAR 
HISOBI
7.1. Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar tarkibi. Qimmatli 
qog’ozlar: aksiya, obligasiya, zaem va boshqalar.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mulkchilik shaklidan 
qat’iy nazar korxona, tashkilot, firma va jismoniy shaxslarning xo’jalik 
faoliyatini muvaffakkiyatli yuritish moliyaviy kuyilmalardan 
foydalanishga boglik, Ya’ni xozirda barcha korxona, tashkilotlar uz 
faoliyati davomida Moliyaviy kuyilmalardan kanchalik samarali 
foydalansa uning rentabellik darajasi oshadi xamda uning rivojlanish 
istikbolini belgilab beradi. Moliyaviy kuyilmalar birinchi navbatda real 
xujalik xisobini joriy etish imkonini beradi, uz xarajatlarini uzi koplash, 
uzini uzi mablag bilan ta’minlash, davlat korxonalari bilan bir katorda 
kichik, mustakil jamoa, kushma va shaxsiy korxonalar tuzishga yakindan 
kumak beradi.Кupchilik xujalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyat 
yuritishida investisiya faoliyati muxim unsur bulib xisoblanadi. Bozor 
iktisodiyoti sharoitida xujalik yurituvchi sub’ektlar uz mablaglaridan 
unumli foydalanishlari lozim, ya’ni boshka sub’ektlar faoliyatiga foyda 
olish maksadida mablag kiritishlari kerak buladi. Daromad olishning 
usullaridan biri boshka sub’ektlarning foyda taksimotida ishtirok etish 
uchun vaktinchalik bush turgan mablaglarni investisiyalashdir. Investisiya 
deganda boshka xujalik faoliyatiga ma’lum bir davr oraligida iktisodiy 
foyda ulush sarmoya kiritish tushiniladi.
Moliyaviy kuyilmalar, ularni tasniflash va xisobga olish usuli 
tugrisidagi tushuncha, xamda ularga oid axborotni moliyaviy xisobotlarda 
aks ettirish “Moliyaviy kuyilmalar xisobi” nomli 12–son BXMS larda 
xisobga olib boriladi. Bu standartlarga muvofik Moliyaviy kuyilmalar-bu 
daromad olish, foizlar, royaliti, divident va ijara xaki singari va asosiy 
kapital kiymatini kupaytirish yoki investisiya kiluvchi kompaniya boshka 
iktisodiy foyda olish maksadida uning tasarrufida bulgan korxona 
aktivlaridir” degan tarif keltirilgan. 
Bundan tashqari hozirgi davrga kelib bozor iqtisodiyotining talablariga 
asosan davlat korxonalari tezkorlik bilan xissadorlik jamiyat (XJ)lariga, 
qo’shma korxonalarga, aksiyadorlar jamiyatiga aylantirilmoqda, ya’ni 
mulkchilik shakli o’zgartirilmoqda (privatizasiya qilinmoqda).
Privatizasiya qilish- davlat mulki bo’lgan korxonalarni o’rnatilgan 
tartibda xissadorlarga, aksiyadorlarga sotishdir, ya’ni ushbu korxonalarni 
davlat tasarrufidan chiqarishdir. Ushbu korxona xodimlari, boshqa yuridik 
304


va jismoniy shaxslar korxonaning aksiyasini belgilangan tartibda sotib 
olishi mumkin.
Davlat tomonidan mulkchilik shaklini o’zgartirishning har xil variantlari 
ishlab chiqilib unda korxona xodimlariga beriladigan imtiyozlar va 
aksiyalar paketining nazorat hajmi belgilangan.
Qanday variant qo’llanishidan qat’iy nazar xususiylashtirish, ya’ni 
mulkchilik shaklini o’zgartirish jarayoni to’rt bosqichni bosib o’tadi:
a) korxonada privatizasiya qilish bo’yicha ishchi komissiyasi tashkil 
qilinadi;
b) komissiyaning ishlash jarayoni tasdiqlanadi;
v) aksiyadorlar jamiyatini ta’sis qilish ishlari amalga oshiriladi;
g) chiqadigan aksiyalarni taqsimlash tartibi belgilanadi va taqsimlanadi.
Кorxona rahbari tomonidan tashkil qilingan ishchi komissiyasi quyidagi 
ishlarni amalga oshiradi:
korxona mulkini baholash- privatizasiya qilinadigan sub’ektning shu 
davrdagi qiymatini bozor bahosida aniqlash;
xususiylashtirish variantlarini tanlash uchun xodimlarni etarli 
ma’lumotlar bilan ta’minlash, ya’ni sub’ekt xodimlariga zarur bo’lgan 
ma’lumotlar: uning kapitali, likvidlik darajasi, aktivlari va majburiyatlari;
xususiylashtirish variantini tanlash maqsadida jamoa a’zolarining 
yig’inini o’tkazish, ushbu yig’inda privatizasiyaning qaysi variantining 
afzalliklarini muhokama qilish va tanlash;
korxonani xususiylashtirish bilan bog’liq rejasini tuzish, tugatish 
balansi, chiqariladigan aksiyalarning miqdori, qiymati va taqsimlash 
tartibini belgilash;
korxona mulki baholangan dalolatnomani o’rganib chiqish va 
umumiy yig’inda tasdiqlash;
AJning ustavini ishlab chiqish va davlat mulkini boshqarish 
qo’mitasiga zarur xujjatlarni- xususiylashtirish rejasi, mulk bahosi va 
ustavni taqdim qilish.
Davlat mulkini boshqarish qo’mitasi korxonani ochiq turdagi 
aksiyadorlar jamiyatiga aylantirishga asos bo’ladigan xususiylashtirish 
rejasini tasdiqlaydi. Shundan keyin DMBQ davlat qaydnomasidan o’tish 
uchun ushbu sub’ektga ta’sis xujjatlari, ariza va aksiyalar chiqarishni qayd 
qilish uchun emissiya loyihasini (prospekti) beradi. Кorxona davlat 
qaydnomasini olgan kundan boshlab aksiyadorlar jamiyati hisoblanadi.
Aksiyadorlar jamiyatining bosh direktori rahbarligida direktorlar 
kengashi tasdiqlanib, unga bosh direktor vakili, DMBQ, mehnat jamoasi 
va mahalliy hukumat vakillari kiritiladi.
305


Chiqarilgan aksiyalar ikki usulda taqsimlanadi:

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling