O bobojonov k. Jumaniyozov
E. Ish vaqtidan ortiqcha vaqtda bajarilgan ish uchun haq to’lash
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- F. Bayram kunlari ishlaganlik uchun haq to’lash.
- G. Кo’p smenali ish tartibi.
E. Ish vaqtidan ortiqcha vaqtda bajarilgan ish uchun haq to’lash.
Bu holda ishchiga ortiqcha ishlagan 2 soati uchun umumiy sharoitdagi ish vaqtida ishlaganiga qaraganda 1,5 barobar haq to’lanadi va keyingi oxirgi soatlari uchun 2 barobar haq to’lanadi. Bunday bajarilgan ishlar ish vaqtini hisobga olish uchun tuzilgan tabel va ma’lumotnoma bo’yicha 281 rasmiylashtiriladi. Bunga asos bo’lib ish vaqtini hisobga olish uchun tuzilgan tabel xizmat qiladi. F. Bayram kunlari ishlaganlik uchun haq to’lash. Ishlab chiqarish texnologiyasi bo’yicha to’xtashi mumkin bo’lmagan sub’ektlarga (GRESlar, kozonxonalar, o’t o’chiruvchilar, transportchilar va hokazolar) bayram kunlari ishlashga ruxsat beriladi. Bu kunlar uchun mehnat haqi to’lash quyidagicha belgilanadi: Ishbay ishchilarga 2 barobardan kam bo’lmagan mehnat haqi; Soatbay va kunbay ishchilarga 2 barobardan kam bo’lmagan mehnat haqi; Oylik mehnat haqi oluvchi ishchilarga ishlagan soatlari yoki kuni uchun 2 barobardan kam bo’lmagan mehnat haqi, agar bu soat yoki kun oylik vaqt hajmidan ortiq bo’lsa, agarda bayram kunlari ishlagan vaqti 1 oylik mehnat vaqtining me’yoriga kirsa, unda 1 barobar mehnat haqi to’lanadi. Bayram kuni ishlagani uchun ishchining xoxishiga ko’ra unga belgilangan tartibda haq to’lanadi yoki 1 barobar mehnat haqi saqlangan holda dam olish kuni beriladi. Ishchining tundagi ish smenasining bir qismi bayram kuniga utsa, usha smenaning bayram kuniga o’tgan soati uchun 2 barobardan kam bo’lmagan mehnat haqi to’lanadi. Bu kunlari tunda ishlagan smena uchun yoki ishdan tashqari vaqtda ishlagani uchun qo’shimcha haq to’lanmaydi, chunki hamma soatlar uchun bayram munosabati bilan 2 barobar haq to’lanadi. G. Кo’p smenali ish tartibi. Кo’p smenali ishni shakllantirish asosan uzluksiz tartibda ishlovchi sub’ektlarda (elektr ishlab chiqaruvchi, metallurgiya, to’qimachilik, non mahsulotlari va hokazo) amalga oshiriladi. Bu sub’ektlarda ikki va undan ko’p smenali ish tashkillashtiriladi. Кechki smena yoki tungi smenadagi bajarilgan ishlar uchun beriladigan imtiyozlarning hajmi har xil bo’ladi. Tungi smena - bu ish vaqtining yarmidan ko’p qismi soat 22dan ertalabki 6gacha to’g’ri keladigan smenadir. Кechki smena – bu tungi smenadan oldingi smena bo’lib, uning boshlanishi soat 14-16 larga to’g’ri keladigan smenadir. Boshqacha mehnat qilish tartiblari ko’p smenali ish tartibiga kirmaydi (masalan, ish soatlarini ko’chirish, sutkali navbatchilikda bo’lish va hokazo). Bu turdagi ishchilarga mehnat qilish sharoitiga qarab boshqa turdagi qo’shimcha to’lovlar mavjuddir. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling