O chiq dars ishlanmalar familiya


Yangi mavzu bayoni (5 daqiqa)


Download 0.68 Mb.
bet4/9
Sana05.05.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1431312
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdurahimov Zuhriddin

Yangi mavzu bayoni (5 daqiqa)


O`qituvchi yangi mavzu bayoni bilan o`quvchilarni qisqacha tarzda tushuntirib o`tadi. Ular tomonidan berilgan savollarga javob beradi.

Yangi mavzuni mustahkamlash (25 daqiqa)


Yangi mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi amaliy mashqlar bajariladi.
O’yin paytida nimalarni qilish mumkin-u nimalarni qilish mumkin emas.

  1. Xujum tеxnikasi.

  2. Maydonda xarakat kilish tеxnikasi.

  3. To`p bilan bajariladigan usullar tеxnikasi.

  4. To`pni uzatish tеxnikasi.

  5. Savatga to`p otish tеxnologiyasi.

  6. To`pni еrga urib yurish tеxnikasi.

  7. Chalg`itishlar.

  8. Ximoya tеxnikasi.

  9. Maydonda xarakat qilish tеxnikasi

Yuqoridagi harakatlar bilan yangi mavzu mustahkamlangach, o`quvchilarni organizmini tiklash uchun va ularni nazariy bilimlarini yanada rivojlantirish uchun ularga Basketbol o`yinining kelib chiqish tarixi, uning O`zbekistonda rivojlanish tarixi, texnikasi, taktikasi, o`yin qoidalari yozilgan tarqatma materiallarni beradi, ular uni uyda o`qib o`z bilimlarini yanada mustahkamlab boradi.

Basketbolning paydo bo`lishi va rivojlanishi


Basketbol 1891 yilda AQSHning Massachusets shtatidagi Springfild kollejining jismoniy tarbiya o’qituvchisi Jeyms Neysmit tomonidan «kashf» etilgan. Bu o’yinni yaratishda Neysmit uzoq, vaqtlardan beri keng tarqalgan to’p bilan o’tkaziladigan oddiy o’yinlar daqidagi tarixiy ma’lumotlardan foydalangan deb taxmin qilish mumkin.
Kollejda o’tkaziladigan gimnastika darslarini jonlantirish haqida topshiriq olgan
Jeyms Neysmit yopiq. xonalar uchun yangi o’yin o’ylab chiqadi. U balkon panjaralariga shaftoli solinadigan savatlardan ikkitasini osib suyadi. O’yinda qatnashuvchilar o’z raqiblarining savatlariga futbol to’pini tushirishlari lozim edi. O’yinga erkaklar bilan ayollar birgalikda qatnashardilar. Neysmit taklif qilgan o’yin birinchi kundanoq. studentlar orasida katta qiziqish uyg’otdi.
Gimnastika gruppasida 18 kishi bo’lgani uchun, ular ikki komandaga bo’linib o’ynay boshladilar. Keyinchalik har bir komandadagi o’yinchilarning soni 7 va 5 tagacha kamaytirildi.
To’p savatga tashlanganligi uchun bu o’yin (basketbol» (basket — savat, bol — to’p) deb atala boshladi.
Keyingi yillarda basketbol o’yini asta-sekin o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan sport turiga aylandi.
1892 yilda Neysmit o’yin qoidalarining 13 moddasini to’zib chiq.di. 1892 yilda Jeyms Neysmit o’zining «Qoidalar kitobi»ni birinchi marta chop etdi. Bu kitobda to’pni yerga urib yurish mumkinligi haqida birinchi marta yozilgan edi. Shundan sung maxsus musoboqa o’tkazish boshlandi va bu qoidalar yildan yilga mukammalasha bordi.
Masalan, 1893 yilda biriichi marta temir halqali to’rli savatlar paydo bo’ldi. Yana bir yildan so’ng to’pning aylana uzunliI 30—32 dyuym (76,2—81,3 sm)gacha ko’paytiriladi. 1895 yilda 15 fut (5 m. 25 sm) masofadan bajariladigan jarima to’plari kiritildi. Birinchi rasmiy musobaqa qoidalari 1894 yilda AQSh da e’lon qilingan edi. 1895 yildan boshlab AQSHda basketbol bo’yicha rasmiy musobaqalar o’tkazila boshlandi. O’yin yildan yilga rivojlana borib, uning texnikasi va taktikasi vujudga keldi. 1896 yildan boshlab to’pni yerga urib yurishga ruhsat berildi.
Basketbol avvaliga Amerikadan Sharg mamlakat lari — Yaponiya, Xitoy, Filippinga, undan Yevro pa mamlakatlari — Chexoslovakiya, Litva, Estoniya, Latviya, Italiya, Fransiyaga va nihoyat Janubiy Ame rikaning ayrim mamlakatglariga tarqaldi.
Dunyodagi ko’pgina mamlakatlarda basketbolning keng tarqalishi natijasida 1919—31 yillarga kelib milliy basketbol federatsiyalari tashkil qilina boshlandi. 1932 yilning 18 iyunida Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA ning tashkil qilinishi esa bu o’yinning yanada rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Argentina, Gretsiya, Italiya, Latviya, Portuga liya, Ruminiya, Shveytsarvya va Chexoslovakiya mamlakatlari Xalqaro basketbol federatsiyasiga birinchilar qatorida a’zo bo’lib kirdilar. O’yin butun dunyoga tezlik bilan kent tarqala boshladi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling