O chiq dars ishlanmalar familiya


Jarima tashlash zonasi (maydoni)


Download 0.68 Mb.
bet8/9
Sana05.05.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1431312
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdurahimov Zuhriddin

Jarima tashlash zonasi (maydoni) — maydonda yarimdoira bilan trapetsiya chizilgan. Savat tagidagi yuza chizig'ining olti metrli bo'lagi trapetsiyaning asosi boiib xizmat qiladi. Jarima tashlashning 3 m 60 sm uzunlikdagi chizig'i mavjud. Trapetsiyaning yuz chizig'igacha uzunligi 5 m 80 sm. Trapetsiyaning yuqori qismida doira chizilgan bo'lib, u jarima tashlash chizig'ining diametri hisoblanib uning aylanasi 1 m 80 sm.
Sherik — o'z jamoasi o'yinchisi.
To'pni uzatish — bu o'yinchining to'pning boshqa o'yinchiga tez siljishiga yo'naltirilgan faoliyati bo'lib, to'g'ri yuqoridan sakratib, ,.kryuk" bilan qo'liga uzatishlardan iborat. Birinchi uzatish — bu uzatish, himoyada to'pni egallagan yoki shitdan qaytgan paytdan so'ng bajariladi.
Birinchi tez va aniq uzatish, tez yorib o'tib hujum qilishning muvaffaqiyatini ta'minlaydi. Yashirin uzatish — buni o'yinchi eng oxirgi lahzagacha bildirmaydi va to'pning uchish yo'nalishini niqoblaydi. O'yinning taktik chizig'ida to'pni uzatish ketma-ket chiziqlarda belgilanadi.
Himoya qilish — sherigi g'amxo'rlik qilib, kuzatib, qo'riqlab turganda himoyachini hujumchi o'tishi mumkin bo'lgan tomonga siljitishdir.
Pressing — inglizcha so'z bo'lib, hujumchilarni shoshilinch fâoliyat va xato qilishga majbur qiladigan tig'iz, faol himoyadir. O'yinning oxirgi daqiqalarida ko'pincha jamoa bilan qo'llanadi.
O'yin usullari (yoki o'yin texnikasi unsurlari) — basketbolchiga asosiy malakalar, o'yinda faol va samarali qatnashish imkonini beradi. Bunga uzatishlar, ushlash, olib yurish, tashlash, to'psiz va to'p bilan o'tishlar, sakrab qaytgan to'p uchun kurash, raqibni qo'riqlash va boshqalar kiradi.
Probejka yoki to'p bilan yugurish. O'yinchi to'pni olib yurishni boshlab, to'pni qo'lidan chiqarmaguncha u o'ng oyog'ini poldan (maydondan) ko'tarishga haqi yo'q. O'yinchi harakatda to'pni olib qo'lida to'p bilan ikki qadamdan ortiq yurish qila olmaydi, bu yoki u vaziyatda qo’ldani bo’zish probejka sifatida qayd qilinadi va to'p boshqa jamoaga beriladi. O'tish — o'yinchining to'psiz va to'p bilan harakatlanishi. Chalishtirma o'tish deb, hujumchilarning guruhli o'zaro faoliyatiga aytiladi, bunda ikki o'yinchi har tomondan sherigi yonidan to'p bilan o'tadi. O'yinning taktik chizmasida o'yinchining harakat yo'li yoppasiga ingichka chiziqda belgilanadi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling